O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Kimki bu uch so'zga amal etsa g'aflatda qolmaydi…

Kimki bu uch so'zga amal etsa g'aflatda qolmaydi…
23 Kasım 2016 - 6:00 'da yuklandi va 2747 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(2)

1

Muallif borasida qisqacha tanishtirish

1971 yili Karochi dorulfununiga aloqasi bo'lgan ulug' shaxsiyat A'zam Hoshimiy bilan muloqot etib qoldim. Ul zot mening marhum volidi muhtaramim Pokiston Muftiy A'zami hazrat muftiy Muhammad Shafi' (rohimahulloh) sohibning huzurlariga bir necha yildan buyon kelib turar ekan. Lekin bu mening u zot bilan bo'lgan avvalgi muloqotim edi.

Mening butun a'zolarimni junbushga keltirib yuborgan, 1970 yili Lohurda chop etilgan “Samarqandu Buxoroning qonlik kechmishlari” nomli kitob shu zotning kechinmalari ekanligi ma'lum bo'lgandan keyin, tasavvur etib bo'lmaydigan darajadagi qalbiy bog'lanishning paydo bo'lishi Alloh tomonidan bo'lgan g'ayrioddiy bir holdir.

Bu bog'lanish bir necha bor muloqotimizga bois bo'ldi. Oxirgi muloqotimiz taqriban 1972 yillarning oxirida bo'lgan edi. Shu yaqin orada eshitishimizga qaraganda, ul zotning vafot etganiga bir qancha yil bo'libdi. Allohga hamdlar bo'lsinki, ul zotning farzandlaridan ba'zisi Karochida, ba'zisi Islomobodda va ba'zilari Saudiya Arabistonida istiqomat etmoqdalar.

O'zbekiston sovet bosqinchilaridan ozod bo'lgandan buyon sovet bosqinchiligi davrida bexabar qoldirilgan bu qonli dostonni u erning yangi unib kelayotgan farzandlari xabardor bo'lsinlar uchun ushbu kitobni o'zbek tiliga tarjima etilishini dildan xohlab yurar edim.

Karochi “Dorul-ulum” jome'asining iste'dodli navnihol tolibi Abu Hafs mening taklifimga ko'ra ushbu kitobni joni dili bilan tarjima etdi.

Alloh taolo bu kitobni hamma uchun manfaatli, tarjimon uchun esa oxirat zaxirasi etib o'z dargohida maqbul etsin.

Alloh yordam so'raluvchi zotdir.

Muhammad Rafi' Usmoniy
21.04.1420 hijriy-qamariy,
04.08.1999 yil (melodiy)

* * *

Hijrat

U kecha mening yodimdan o'la-o'lgunimcha unutilmaydi. O'sha voqeaga ham 38 yil o'tib ketibdi.

Hozirgacha o'sha kechaning har bir lahzasi xotiramga naqsh kabi o'rnashib qolgandir. Minglab kecha- kunduzlarni o'tishi ham u kechaning yorqin xotiralaridan biron narsani kamaytirmaydi. Ba'zi vaqtlar shunday holatni his etamanki, go'yoki hozir ham onam o'sha tunda devorning yonida turib meni kuzatayotgandek va “O'g'lim! Alloh seni saqlaguvchidur! Mening nasihatlarimni unutma! Agar unutsang, men sendan rozi emasman” — deyayotgandek tuyuladi.

Bu voqea 1931 yilning taqriban fevralning oxiri yoki martning boshlaridagi hodisalar xotirasidir.

Men o'zimning krovatimda uxlab yotar edim. Onajonim meni ohista ovoz bilan uyg'otdi. Men uyg'onib ko'zlarimni ishqalab o'tirdim. Tezda hamma narsaga tushundim. Ona-bola bir necha kunlardan beri qilib yurgan maslahatimizning amalga oshish vaqti etgan edi.

– Tur, o'g'lim tahorat qil — dedilar onam va ko'zaga suv to'ldira boshladilar.

Turib tahorat oldim. So'ngra ona-bola ikkovimiz dargohi ilohiyga egilib ikki rakaatdan namoz o'qidik.

Onam avrod va vazoif (maxsus oyat va duolar) o'qib dam soldilar. Keyin oshxona tarafga ketib o'n besh-yigirma daqiqalardan so'ng dasturxon ko'tarib kirib keldilar, bir qo'llarida sixlik kabob bor edi. Kabobni o'z qo'llari bilan edirdilar.

Taomdan so'ng onam:

– Jigargo'sham tur! Begunoh uka va singillaringning diydorlariga oxirgi marta to'yib ol — dedilar.

Asta yurib ularning krovatlariga yaqinlashdim. U ma'sum “farishta”lar dunyoi jahondan bexabar uxlashardi. Beg'ubor pokizalik ularning chehralarida yarqirab barq urardi. Men qayta-qayta ularning peshonasiga qo'limni qo'yib ularning haqqiga Alloh taolodan xayru-ofiyat tiladim.

Bu mening sabrimni imtihon etilish vaqti edi. Muhabbat va mehri-shafqat sarchashmalari yuraklarimda qaynay boshladi. Ehtimol men bundan so'ng ularni qayta ko'ra olmasman. O'ylagan sari ko'z yoshlarim quyila boshladi. Lekin ko'z yoshlarimni kipriklarimda quritishga tirishardim. Onam 65 yoshlarda edi, lekin himmatlari navqiron yigitlardan ham ziyoda edi.

Onam bir zum menga qarab turib: “buyoqqa yur, o'g'lim!” — dedilar. Ovozlarida ozgina titroq bor edi. Onamning bu holatlaridan o'z tuyg'ularini yashirmoqchi ekanlari sezilardi. Kichikroq tugunchani ko'tarib hovli tomon yurdilar. Hujradan chiqib hovli sahniga etdik. Darvozani ochdim, hovli sahnidan bog'cha tarafga o'tdik. Ona bola musaffo osmon ostida xilma-xil mevalar o'rtasida turardik.

Onajonim peshonamdan o'pib: “O'g'lim! Sen hamma orzu-umidlarim tayanchisan. Lekin ko'rib turganingdek, aziz vatanimizda yashab, sidqidil musulmon holatingda menga xizmat qilolmaysan. Shuning uchun senga bu aziz vataningda iymonsizlik ta'sir etmasidan avval, boshqa bir dinu diyonatlik ozod mamlakatga hijrat qilishingga ijozat beraman. Ammo bir shartim bor, mumkin qadar dunyo musulmonlariga Turkiston musulmonlarining quvvatsizligi va dini islomning oyoq-osti qilinib, xorlanayotganini etkazasan. O'g'lim, men seni biror marta ham betahorat emizmadim. Agar bu so'zlarni unutsang, men sendan hech qachon rozi bo'lmayman. Va'daga vafo etish va sobitqadamlik insonning sharofati va ulug'lik belgisidur” — deb, qo'llaridagi yostiqsimon kichkina tugunni berib:

– Buni yaxshilab saqla, xususan buning ichidagi Qur'oni karimni o'z ruhingning bir hissasi qilib ol. Maqsad etgan manzilingga etgandan so'ng, hozirgi jildini o'z qo'ling bilan ko'chirib, yangi muqova qilgin. Eski muqovani o'z qo'ling bilan ko'chir-da, so'ngra uni yoqib kulini biron daryo yoki quduqqa tashlab yubor — dedilar.

Ushbu so'zlarni alohida ta'kidladilar:

– Ogoh bo'l! Seni ona vataningdagi biron narsa g'aflatda qoldirmasin. Hamdardlarga hamdardlik qilishni unutma! Allohning dushmanlari va mulkni zo'ravonlik ila tortib olguvchi bosqinchilar senga hech qachon do'st va xayrixoh bo'la olmaydilar.

– “Qo'rqoq inson o'z maqsadiga eta olmaydi”,

– “Iymondan ortiq ulug'roq ne'mat yo'qdur”,

– “Yigit o'z so'zidan qaytmas”.

Kimki bu uch so'zga amal etsa g'aflatda qolmaydi… Onam uzoq nasihat qildilar.

Bu vahimali kechaning oxirgi qismida goh-gohida xo'rozlarning ovozi eshitilar edi. Oy yorishib, daraxtlarning soyasi yoyilib qolgandi. Bog'chadan chiqib devorning quyi tomonidagi qismiga etdik. Onam qo'l ko'tarib duo qildilar. So'ngra qo'llari bilan boshimni silab, elkamga qoqib:

– Qani, jo'na o'g'lim! Alloh sen bilan, o'zi senga madadkordir — dedilar.

Men oxirgi marta uy va bog'imizga nazar soldim. Bu bog'dagi qanchadan-qancha nihollarni o'z qo'lim bilan o'tqazib, parvarish etib o'z mehnatim va peshona terlarim bilan sug'organ edim.

Ushbu uyda tug'ildim, unib-o'sdim, ulg'aydim. Xonadonimiz bizlarning ajdodiy tariximiz guvohi edi. Hattoki, har bir toshlari o'tmishning dostonlari va mening bolalik xotiralarim payvastasi edi.

Bularni eslab, chuqur nafas olib xo'rsindim. Onajonim bilan xayrlashib devordan oshib ko'chaga chiqdim. Bog'imiz va katta ko'chaning o'rtasida qabriston bor edi. Qabristonga sukunat cho'kkan, men esa buzilgan qabrlarni va tuproqlardan bunyod qilingan past-baland gumbazlarni ko'rib qalbimga qo'rqinch tushdi. O'zimni qo'lga olib qabristonga kirdim. Qo'limda onam bergan tuguncha bor edi. Bir necha qadam bosgan ham edimki, bog'imiz tarafdan onamning g'ayritabiiy qichqirgan ovozi keldi. Tezda burilib boqqa qaytdim. Nogahon, onamni devor ostida behush bo'lib yotganini ko'rdim. Og'zilariga suv tomchilatgan edim ko'zlarini ochdilar va meni ko'rib:

— Sen nimaga qaytib kelding? O'z manzilingga etishda behimmatlik qilma! Bizning himoyachimiz har narsaga qodir zotdur, uning mavjudligiga iymon keltirish har bir aqllik ilm egasining hayot sarmoyasidir! — dedilar.

Onamni shu holda tashlab, noma'lum manzil tarafga ravona bo'ldim.

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube