O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bu savollarga javob berish uchun o'tmishga qaytish zarurdir…

Bu savollarga javob berish uchun o'tmishga qaytish zarurdir…
26 Kasım 2016 - 6:00 'da yuklandi va 2712 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(3)

1

O'TMISh

Men uydan nima uchun o'g'ri kabi yashirinib chiqdim? Va qanday…? Bu savollarga javob berish uchun o'tmishga qaytish zarurdir…

Men 1915 yili Farg'ona viloyatining (hozirda O'zbekistonning mashhur viloyatlaridan biri) Andijon muzofotidagi “Qayqi” nomli bir kichik qishloqda tavallud topdim. Volidi muhtaramning nomlari Xo'jaxon domla, bobomning ismlari Shayx Izzatulloh edi.

Volidamizning qiblagohlari G'iyosiddin eshon Namangoniy nomi bilan mashhur edi. Bul zotlar o'z zamonasining buyuk din olimlaridan edilar. Ayniqsa G'iyosiddin bobom butun Turkistonda “Ustozul asotiza” (ustozlar ustozi) kunyasi ila shuhrat qozongan bo'lib, nihoyatda ko'p shogirdlari bor edi.

Otamning nasablari to'rt otagacha olimlar va tariqati naqshbandiyaning xalifaligi bilan bog'lanar edi.

Mening nasabim onam tarafidan hazrat Husayn roziyallohu anhuga etar edi. Bobokalonlarim hazrat Qutayba ibni Muslim (rohimahulloh) bilan din ravnaqi uchun Turkistonga hamroh bo'lib kelib shul joyda yashab qolgan ekanlar. O'sha davrdan beri bu xonadondan ulug' shayxlar, buyuk ulamolar etishib chiqqan ekan. Ularning qabrlari men hijrat qilgan vaqtda ham bor edi.

Yovuz rus bosqinchilari Turkiston zaminiga tajovuz etganida bobom G'iyosiddin eshon va onamning tog'asi Botirxon to'ra Namangoniy ul bosqinchilarga qarshi chiqqanlarning avvalgi safida bo'ldilar.

Bu “gunoh”lari uchun ular ushlanib, umrbod zindonband qilindi. Mislsiz etkazilgan azoblar natijasida, bu bevafo imtihon hovlisidan g'olib bo'lib, ochiq yuz bilan Robbimiz huzuriga safar qildilar.

innna

Mening uch tog'am bor bo'lib, birlari Abdulhamidxon to'ra, yana birlari Abdurrashidxon to'ra va Muhyiddinxon to'ra edilar. Nihoyatda taqvodor, zohid va parhezkor buzruglar bo'lib barcha avommu-xos ularga murojaat etishardi.

Xonadonimiz kattagina oila bo'lib 11 nafar aka-uka va opa-singil edik. Besh o'g'il va ikki qiz mendan katta edilar. Xonadonimizdagi ayollar arab va fors tillarining olimalari bo'lib, onam va to'rt xolam ham puxta olimalar edi.

Tirikchiligimiz dehqonchilik va savdo-sotiq bilan bo'lar, taxminan 5 gektar erimiz bor bo'lib, yarmi lalmikor va yarmi suvlik edi. Unda bog'u-rog'lar ham changalzorlar ham topilardi. Xullas, kunlar xushhollik bilan o'tardi. Turkiston dehqonchilik nizomi xususida tushunmovchilikka bormaslik kerak. Dehqon haqiqiy er hokimi va xo'jayini deb sanalardi.

Dehqonchilik rivojlangan, lekin dehqonlar haqqiga ko'z olaytirilmas, ularga mehnatlarining hosili to'liq undirib berilar edi. O'z eri bo'lmagan dehqon kamdan-kam topilardi. Erlar Hindiston va Pokiston singari zamindor boylar tasarrufi ostida emas edi.

Xonadonimiz erkaklari taqriban barchasi shahid bo'lib ketishdi. Onam olima bo'lgani uchun ta'limni onamning rahnomaliklarida boshladim. Ibtidoiy darsliklarni o'z qishlog'imizda, davomini esa Qo'qon, Namangan, Samarqand va Shahrisabz tomonlarda yashirincha davom ettirdim. Chunki bolsheviklar Turkistonni ishg'ol qilgandan so'ng diniy ta'lim o'rganishni man etgan edilar. Din etkazish va tarqatish nihoyatda ulkan “gunoh” hisoblanar, go'yoki diniy ilm o'rganish o'z xohish bilan musibat talab etish ma'nosida edi.

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube