O’zbekiston Xalq Harakati

“Vahhobiy” qonini yuvgan Pasha

“Vahhobiy” qonini yuvgan Pasha
29 Kasım 2016 - 8:00 'da yuklandi va 3474 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(36-qism)

Yigirma ikkinchi bob

13 may tongi. Yakshanba. Soqchilarning dahliz bo'ylab “uyg'on”, “uyg'on” degan qiyqiriqlari tongi soat olti bo'lganini anglatdi. Tuman va shahar hibsxonasida tartib boshqacha. Tartib kuchayishi qamoqxonalar tobora yaqinlashayotganidan darak berardi.

Bahrom kecha tunda yostiqqa bosh qo'yganidan keyin, tongacha alahsirab chiqdi. U uxladimi yoki tush ko'rdimi, o'zi ham bilmaydi. Uch kun ichida boshidan kechganlari qozonida qaynadi. Qiynoqlarga tutinish xavfi butun shuurini emirib, uyqusida ham qutqu solib turdi. Uch kun mobaynida eshitgan mudhish mishmishlari ruhini sindirib, yuragini ilondek chaqdi. Xayriyat, uni tunda hech kim bezovta etmadi. Bu laxmachlar va chaqimchilar bo'lmagan kameraga tushganidan darak berardi. Ularsiz ham tahqirlarni, ruhiy va jismoniy azoblarni qayta boshdan kechirmoqlik oson kechmadi. Ammo, har nima bo'lganda ham, kamerada laxmach bilan chaqimchi bo'lmagani quvonarli edi. Boshqa barcha qiyinchiliklarga chidasa bo'lardi.

To'rt kun o'ziga qarashga imkon topmagan Bahrom, hibsxonada yuvinib, birinchi bor soqolini qirtishladi.

Shotaxta atrofida uch mahbus ovqatlanardi. Ular orasida Bahrom ham bor edi. Olti kimsa bir vaqtda shotaxta atrofiga sig'magani bois, ular ikkiga bo'linardilar.

Qaynatib, yog'ga aralashtirilgan makaronni esa bo'lardi. Yigirma sakkiz kundan buyon yotgan Irshodning so'ziga qaraganda, ovqatlar sifati so'nggi haftada bir oz yaxshilanipdi. Ilgari ular og'izga olishga ijirg'anadigan darajada dabdala bo'lgan ekan. “Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tashrifi ahvolni o'zgartirdi”, deyishardi mahbuslar. Bu kabi gap-so'zlar shahar va tuman hibsxonasidagi gap-so'zlarga o'xshardi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi mustaqil tashkilotlar bilan Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatini ko'pchilik chalkashtirardi. Xalqaro tashkilotlar qancha paytdan buyon “Andijon fojealari” bo'yicha mustaqil so'rov o'tkazishni talab qilib keladi. Hukumat qaysarlik bilan bunga ruxsat bermayapti. Sababi, prezident hali o'z qo'li bilan o'ziga go'r kavlaydigan darajada  aqldan ozmagan. Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatilarini qamoqxonalarga kiritishning bosh mezoni ulardan hukumat bir nima undirish payida edi. Shu bois xalq orasida “Biznikilar Qizil xochga pora beripdimish” degan mishmishlar tarqalgandi. Hukumat to'qigan bu uydirma Qizil xochning xalq orasidagi obro'siga putur etkazishga urinish edi. Ammo bir narsa haqiqat edi: Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari vakillari qamoqxonalarga ming marta kirib-chiqqanlarida ham, ayanchli ahvol zig'ircha o'zgarmasdi. Xayriyalar mahkumlargacha etib bormasdan, ularni hukumat vakillari eb bitirardilar.

Ovqatlanib bo'lib, shkonkada o'tirib, shirinchoy ichayotgan Irshod:

– Qizil xochning Toshturmaga kelishi bor gap! – dedi. –  O'tgan kun tarbiyachi Vohid ular oldida o'zimizni qanday tutishimiz, savollarga nima deb javob berishimiz xususida bizlarni mashq qildirdi. Ammo haligacha ulardan darak yo'q.

Qaynatgichni qaynayotgan krujkadan olayotgan Tashan:

– Kechiripsiz, oka! – dedi lablarini ikkiga bo'lingan shaftolidek lorsillatib. – Axborotingiz uchun, ular o'tgan kun kirib-chiqdi.

G'ashi kelgan Irshod:

– Turma boshlig'ining yordamchisiga o'xshab gapirasan-a! – dedi. – O'zing bizga o'xshagan bir mahbus bo'lsang, to'rt devor ichida o'tirib, bu axborotlarni qaerdan olasan, aqlim etmaydi?!

Irshod ataylab ilmoqli gapirdi. U “quloq emasmisan, mabodo” degan shamani qilayotgandi.

– Oka, kameraga kirganimdayoq, ushbu bino erto'lasidagi jahannamdan chiqdim deya sizlarni ogohlantirdim! – dedi jahli chiqqach Tashan ham. – Ikki oydan buyon boshimdan kechirganlarimni o'zingizga so'zlab berdim-ku. Xalqaro tashkilot vakillari kelib-ketganini laxmachlardan eshitganimni ham sizga aytgandim. Bila-ko'ra, tag'in qichiq qilyapsiz!

Uning bo'g'ilib ketayotganini ko'rgan Irshod:

– O'zingni bos, uka! – dedi. – Erta bir kun bu joylardan qutulib chiqsang asablaring kerak bo'ladi. Gaplaring to'g'ri, biroq Qizil xoch haqdagi gapingni anglamasdan qolipman. Yoki o'zing xayolingda aylantirgansan-u, bizga aytish esingdan chiqqan.

Bu gaplarni tinglab, nonushta qilayotgan Pasha:

– Siz noo'rin gapiryapsiz, Irshod aka! – dedi unga burilib. – Tashan barchasini aytgandi. Aksincha, o'zingizning xayolingiz boshqa joyda bo'lgan.

Nomerini o'tkaza olmagan Irshod:

– Voy-bo'y, shunga shunchami? – dedi. – Kelib ketsa, kelib ketipdi-da, bizga issiq-sovug'i yo'q. Biznikilar o'shalarning cho'ntagiga ham ul-bul tiqib, o'zlariga og'diradilar baribir.

 Bahrom kecha tunda, yo'qlamaga yaqin kameraga tashlangan bo'lsa, Pasha bilan Tashan o'tgan kun ushbu bino erto'lasidan olib chiqilgan edilar. Ular ham aslida bir necha kun burun shahar  hibsxonasida edilar. Elakdan o'tkazish uchun ularni tezkor guruh vakillari boshidanoq laxmachlarga ro'para etgandilar. Ularning laxmachlar tomonidan obdan suvi siqilib, quruq po'chog'i qolgandi.

Ularning iqroriga ko'ra, bino erto'lasi o'ng va chap qanotga bo'linardi. Bitta qanot ichki ishlarga, ikkinchisi milliy xavfsizlikka qarashli edi. Nafaqat 4-bino erto'lasi, Toshturmadagi to'rtta bino erto'lasi ham qiynoqlarga moslashtirilgan. Ularda ichki ishlar bilan milliy xavfsizlik hamkorlikda ish yuritadi. Ikki tashkilot nomi har xil bo'lgani bilan vazifalari va maqsad-chegaralari bir xil edi. Ish uslubida ham tafovut yo'q. Mahbuslar fikricha, hibsxona boshlig'i ichki ishlar vakili bo'lsa, uning birinchi o'rinbosari milliy xavfsizlikka ishlardi.

 Tashan etmish ikki kun erto'lada yotdi. Uning yorug'lik ko'rmagan aft-angori arvohniki singari oppoq edi. So'zlariga qaraganda, “Andijon fojealari” etakchilari deb ko'rilgan akromiylar ham 4-bino erto'lasida saqlanayotipdilar. U yotgan kamera laxmachlar yig'ilishib turadigan markaz bo'lgani bois, Tashan ko'p narsaning guvohi bo'lgandi. Akromiylar yo'lboshchisi Akram Yo'ldoshni “Andijon fojealari” ortidan xorijga qochgan hammaslaklariga murojaat qilishga majburlagan edilar. Tashanning so'zicha, hukumat talab etgan murojaatnomani u laxmachlarning ayovsiz qiynoqlari ostida, o'z qo'li bilan ko'chirib yozgandi. Zo'ravonlik bilan yozdirilgan ushbu soxta hujjat dunyo jamoatchiligini chalg'itishga xizmat etishi lozim edi. Keyin Akram Yo'ldosh dunyo ommaviy axborat vositalari xodimlari oldida jinoyatiga iqror etilardi. Bu kichik ishga yillar bo'yi katta tayyorgarlik ko'rilardi. Qiyin-qistoqlar natijasida qachonlardir Muhammad Solihga qarshi ko'rsatma bergan mahkum Zayniddin Asqarov “xato”sini Akram Yo'ldosh takrorlamasligi zarur edi. Milliy xavfsizlik xodimi hojatga chiqqanida avvalgi aytganlaridan tongan Zayniddin Asqarov to'g'risini so'zlab hukumatni dunyo ko'zi o'ngida sharmanda etgani xavfsizlik tashkilotiga ulkan saboq bo'lgan edi. Chuv tushmaslik uchun Xalqaro huquq himoyachilari va jurnalistlar niqobi ostidagi bir necha mahalliy jurnalistlar, “Andijon fojeasi” va yo'lboshchisi ishtirokida o'ndan ortiq ko'rsatuvlar tayyorlagan edilar. Kimning kimligini farqlay olmaydigan bechoralar savollarga xavfsizlik tashkilotlari o'qitganiday qilib javob qaytarardilar. Aslida, hech qanaqangi “akromiychilar” degan tashkilotning o'zi yo'q edi. Hukumat xunrezliklar izini yo'qotish uchun bir guruh ishbilarmonlarni badnom etishga tirishardi.

 Pashaning “shift”ga ko'tarilmasdan bir kun ilgarigi ro'y bergan voqea haqidagi hikoyasi Tashannikidan o'tib tushardi.

…Vahhobiylikda ayblangan dindorni odamxo'r bir mahbus kamerasiga tashlashipdi. Karis millatiga mansub u odamxo'r qurbonlarini qanday bo'laklarga bo'lganini, qaysi a'zolarini xush ko'rib eyishini aytib, maqtanaveripdi. Kamerada oylab yolg'iz o'tirgan odamxo'rning dard aytib yuragini bo'shatgisi kelipdi. Ruhiy xasta yoki shunaqangi yovuzlar kamerasiga vahhobiylar yoxud hizbu tahrirchilarni tashlab azoblash aslida oldindan rejalashtirilgan tadbir edi. 159-modda bilan qamalgan mahbuslarga hukumatning g'azabi xavfsizlik tashkilotlaridan har xil jazo usullari o'ylab topishni taqozo etardi. Buni mahbuslar va mahkumlar juda yaxshi biladilar.

Chunonchi, odamxo'r bilan bir kamerada o'tirishni xohlamagan “vahhobiy” bir necha marta eshikni qoqib, boshqa kameraga chiqish uchun yalinib-yolvoradi. Odamxo'rni o'ldirib qo'yishi mumkinligini aytib, gunohni bo'ynidan soqit etadi.

Buni shunchaki do'q-po'pisa deb o'ylagan mirshablar uning istagini inobatga olmaydilar. Aksincha, uning ruhiy azob tortayotganidan huzurlanib, o'zini masxaralaydilar. Ish chiqmasligiga ko'zi etgan “vahhobiy” odamxo'rning boshini devorga urib o'ldiradi va eshikni taqillatib, “Murdani olib chiqib ketinglar endi”, deydi.

G'azab otiga mingan tezkor vakil soqchilarga “vahobbiy”ni dahlizga sudratib olib chiqartiradi, echintirib, ustidan muzday suv quydiradi. Sholkaltak bilan uradi, tepalaydi, haqoratlaydi, tahqirlaydi. “Vahhobiy”, “Tangrim, sabr ber”, deya uchta so'zni takrorlayveradi. Tezkor vakil “Tangri” nomini eshitgani sayin fig'oni falakka chiqadi. “Vahhobiy” ayovsiz kaltaklardan o'lar holatga kelganda ham, “Tangrim, sabr ber”, deya takrorlayverdi. Tezkor vakil va uchta soqchining to'xtovsiz kaltaklaridan uning bir ko'zi oqib tushib, tishlari to'kildi, ammo haligi uch so'zni aytishdan to'xtamaydi. Oxiri og'zi-burnidan qon otilib, hushidan ketadi…

“Vahhobiy” qonini yuvgan Pasha:

– Erto'la dahlizida xuddi mol so'yilgandek har kuni ertalablari qon oqib yotadi! – deydi.

 Uning so'zlaridan Bahrom chuqur xo'rsindi. Irshod, “bu erda har kun yuzlagan bunaqangi hodisalarni eshitasan, o'zingni yig'ishtir” degandek, unga nazar soldi. Shunda dahliz bo'ylab mirshablarning:

– Yo'qlamaga tayyorlaninglar, yo'qlamaga! – degan ovozlari yangradi.

4-bino ma'muri Ilhom va tezkor vakil Murodali uchta soqchi bilan saf oldida turardi.

Bino ma'muri, sariqdan kelgan, o'rta bo'yli, yosh bo'lishiga qaramasdan, qorni osilgan bir zobit edi. Bu kimsaning ovqatni xush ko'rishi uyqusi o'chmagan chaqaloqniki singari ko'pchigan yuzlaridan bilinib turardi. Ertalab turib, yuz-qo'lini yuvishga ulgurmagani ham kir ilashgan kipriklarida yozilgandi. Tanbal bo'la turib ovqatni xush ko'rishi hisobga olinsa, uning yaqin yillar ichida cho'chqaday semirish ehtimoli bor edi. Boshqa yoqdan, harakatsizlik uni kasalga chalintirib, cho'pday ozdirishi ham mumkin edi. Turmush tarzidagi nuqsonli odatlarini o'zgartirmasa, har ikki holatda ham uning hayoti fojeali tugardi.

Allan bu gal ham, ruschalab:

– 67-kamera, kamerada olti mahbus bor. Ariza va shikoyatlar yo'q! – deya hisobot berdi.

Tezkor vakil hisobatni eshitgach, jun bosgan mushtini tugib:

– Mushtlarim bolg'adan qattiq, kameradan “tiq” etgan tovush chiqsa, bir urib, miyangizning qatig'ini chiqaraman, kiringlar! – dedi.

Bilaklarini qalin jun bosgan yigirma besh yoshlardagi bu yigit Bahromning ko'zlariga masxarabozga o'xshab tuyuldi. Tuzumning jiddiy odamlarni yoqtirmasligi – shog'ollar armiyasi saflarida xizmat etish uchun masxarabozlikka da'vat etardi. Masxarabozlik qo'lidan kelmagan kimsa jamoada masxara bo'lardi. Bu tomonlarini Bahrom hali anglamasdi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube