O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Jasorat yoki xijrat sababi

Jasorat yoki xijrat sababi
29 Kasım 2016 - 6:00 'da yuklandi va 2609 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(4)

1

Jasorat yoki xijrat sababi

Rus inqilobidan oldin, chor Rusiyasi davrida zamonaviy ta'lim-tarbiya faqat nomigagina bo'lardi. Chunki ta'lim rus tilida bo'lar, ikkinchidan bu ta'limiy idoralarning boshqaruvi va intizomi katolik poplarning qo'lida bo'lib, aksar vaqt ustozlar ham ulardan tayin etilardi. Ularning ta'lim berish maqsadlaridan biri musulmonlarning farzandlarini nasroniylashtirish hamda bu ta'limgohning har bir bitiruvchisini o'z dinidan mahrum etib, dinsiz ruslarning iflosona hayot tarzini himoya qiluvchi etib tarbiyalash edi.

Shuning uchun aksar musulmonlar bu idoralar bilan o'z aloqalarini uzishgan edi. Turkiston bo'ylab esa minglarcha diniy ta'lim markazlari mavjud bo'lib, u erda turkiy tilda ta'lim berilar edi. Biror shahar yoki qishloq bu diniy darsgohlardan xoli emas edi.

Saxovatlik boy-badavlat musulmonlar madrasalarning ta'minoti uchun o'z erlarini vaqf etishar, ta'lim esa tolibi ilmlarga bepul o'rgatilar edi. Lekin oziq-ovqat, o'quv darsliklari toliblarning o'z yonlaridan bo'lib, 12-16 yillik ta'lim xarajatlarini o'z zimmalariga olishar edi. Bitiruvchi talabalar viloyatlarda muftiylik etishar, musulmonlarning shaxsiy qonunlariga aloqalik adolat markazlarida biror vazifada qoim bo'lar yoki tijorat ishlari bilan shug'ullanar edilar.

Bu ta'limgohlar o'zi bir olam bo'lib siyosat maydoni butunlay tark qilingan, ulamolar bu maydonni dinsizlar qo'liga topshirib qo'ygan edilar. Turkistoniy muoshara olami islomdan uzib qo'yilgan edi. Har bir shaxs shoir va havaskor edi. Yilning yarmi sayru-xursandchilik, ovchilik bilan o'tkazilar, obro' orttirish uchun mol-dunyoni behisob sarf qilish bizning faxrimiz va imtiyoziy sha'nimiz xisoblanar edi. 

Ko'p ulamolarimiz tor nazar bilan far'iy masalalarda nizolashishar, bu bilan islom haqida chuqurroq mulohaza etishdan g'aflatda qolishar edi. Tasavvuf ilmi rivojlangan bo'lib, ba'zi bir mashoyix va so'fiylar muoshara va xalqning amaliy masalalaridan yuz o'girib, xonaqohlarga sho'ng'ib ketishgandi.

Muroqaba, kashfi qubur, uzlat, riyozat, chilla va vahdatul vujud borasidagi bahsu-munozaralar ularning mashg'ulotiga aylanib qolgan edi va muridlarga ham shular talqin etilardi. Agar biror kishi ularning o'zaro masala talashishlari va xalqdan yuz o'girganlarini tanqid etsa, ular:

— Bizga biror dushman hamla etyaptimi?! Agar hamla etsa, biz jihod maydoniga tayyormiz. Xonaqohlarimizning tarbiyatidan haqiqiy maqsad jihodga tayyorlashdir, — deya javob berishardi.

Turkiston musulmonlarining kecha-kunduzlari shu tarzda davom etardi.

1917 yil fevralida Rusiyada inqilob yuz berdi. Oq podshoh hukumati ag'darilib, Kerenskiy rahbarligida erkparastlar muvaqqat hukumat qoim qilishdi. Bundan foydalanib Turkiston ham o'z ozodligini e'lon etdi.

Qo'qon Turkiston poytaxti qilindi. Muvaqqat hukumat rahbarlari ham Turkiston ozodligini qabul qildi. Lekin muvaqqat hukumati qo'l ostida “Milliy muhofiz”lardan boshqa quvvatlik armiya yo'q edi. Turkiston hukumatining rahnamolari ozodlikni mustahkamlash uchun kecha-yu kunduz tinimsiz mehnat qilishdi. Ulamolar ham bu ishda katta yordam ko'rsatishdi. Qonunshunoslik majlisi barpo etilib, qonunchilik dasturi tezlik bilan tuzila boshladi.

Shu vaqtda Lenin boshchiligidagi kommunistlar Kerenskiy hukumatini ag'darib, butun Rusiyani o'z qo'llariga olishdi. 1918 yilning fevralida Turkistonga yovuzona hamla etishib, uning bir necha kunlik ozodligini o'lim jariga qulatdilar. 1918 yilning dekabrida Buxoro va Xivaga changal solindi. Kommunistlar Turkistonni qo'lga kiritishi bilan bog'lar, erlar, do'kon va korxonalarni zo'ravonlik ila tortib ola boshlashdi. Bu talonchilik va qaroqchilikning yangicha “madaniyatlik” uslubi va dindorlarni Allohni itoatidan o'z itoatlariga bo'yinsundirish hiylasi edi. 

Dehqon, savdogar, ulamo va mazhabga taalluqi bor kishilarni agarchi o'qish-yozishni bilmasalar ham, barchasini “huquqi shahriyat” (fuqarolik)dan mahrum etishdi. Islomning buyuk arkonlari namoz va ro'za ulkan “jinoyat” deb hisoblandi. Hajga borish man etildi. Masjidlar berkitila boshlandi. Masjidlarni berkitishga bir necha hiyla o'ylab topishdi:

1.Avval masjid va madrasalarning vaqf erlari tortib olinib, ular o'z ta'minotlaridan mahrum etildi.

2.Masjidlarni ochiq qolishiga shart qilib katta miqdorda soliq solindi. Ular saxovatlik kishilar xayru-sadaqa yig'ib soliqni ado etishayotganini ko'rishgach, xayriya etuvchilarga ham soliq sola boshladilar. Oshkora bunday e'lon qilishdi: “Kimki masjid soliqlarini ado etar ekan, biz ularni o'z xazinalarini yashirib qo'yishda ayblaymiz va ulardan mol-mulkini tortib olamiz. (Birovning mulkini zo'ravonlik bilan tortib olish haqiqiy qaroqchilikdur).

3.Agar bu soliqlar o'z vaqtida ado etilmasa, bir haftadan so'ng masjidga yana ziyoda soliq solinardi. Shu shaklda kundan kunga soliq miqdori ko'payib borar edi.

4.Hattoki, namozxonlarga “Namoz solig'i” solindi.

Natijada, odamlar uylarida namoz o'qishga majbur bo'la boshlashdi. Buning oqibatida masjidlar huvillab qoldi.

Masjidlar bu holatga tushgandan so'ng kommunistlar to'planib: “Falon masjid bekor qoldi, u erda hech kim namoz o'qimaydi, hukumat uni biror korxona ixtiyoriga topshirish kerak” — deb qaror qabul qilishardi. 

Ertasiga ularning bu qarori o'z gazetalarida chop etilar edi. Natijada ular masjidni egallab, otxona, klub va madaniyat uylariga aylantirishar yoki buzib tashlab shahid etishardi.

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube