O’zbekiston Xalq Harakati

Taxtakanalar va bitlar xususida suhbatlashamizmi?

Taxtakanalar va bitlar xususida suhbatlashamizmi?
01 Aralık 2016 - 8:00 'da yuklandi va 3170 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(37-qism)

Kecha tibbiy ko'rikdan o'tgan mahbuslar, zarur jihozlarni qabul qilib olganlaridan so'ng dolonning o'ng tomonidagi kichkina xonaga bir-bir kirib chiqqandilar. Bahrom ham navbati etib o'sha xonaga chaqirilganda, Murodaliga so'roq berdi.

– To'rtko'ldanmisan?

– Ha!

– “Kamaz”ga qora mol ortgan o'g'ri sen emasmi?

Tezkor vakil o'zini vajohatli ko'rsatish uchun qovoqlarini osib olgandi. Bahrom uning serzardaligidan qattiq og'rinsa ham, damini ichiga yutishga majbur edi.

– Yo'q, men emasman! – desa, tezkor vakil jahli chiqib:

– Ko'zimdan yo'qotinglar bu iflosni! – deb yuborgan edi bo'kirib…

Mahbuslar yo'qlamadan o'tgach, elkalaridan tog' ag'darilgandek, shkonkalarga tizilib o'tirib oldilar. Ular hali yo'qlama oldidan bo'lib o'tgan ko'ngilsiz suhbat ta'sirida edilar.

– Qancha xunuk voqealar guvohi bo'libsan, o'zing bir marta ham kaltak emadingmi?

Voqifning muzga bolta solgan kabi dabdurustdan bergan bu savoli Tashanning achchig'ini keltirdi.

– Jinni-pinni emasmisan? Aqling joyidami? – deya baqirib yubordi u. – Otasini ayamaydigan bu maxluqlar nima uchun boshqalarni it kabi kaltaklab, meni ajratib qo'yishlari kerak?

U shunday derkan, sholvorini ko'tarib, oyoqlarini, ko'ylagini ko'tarib ikki kuragini ko'rsatdi. Ko'rsatgan joylari qorayib, tayoqlar zahmidan momataloq bo'lib ketgandi.

Pasha “baxting bor ekan, u joylarni ko'rmading” degandek, Voqifga boshini saraklatdi. Chunki deyarli hamma mahbus ham erto'laga tushib-chiqardi. Erto'la tuzumga qarshi jinoyatda ayblanganlarning uyiga aylanardi. Ular boshidan kechirgan qiynoqlarni aytib ado etib bo'lmasdi. Iqtisodiy jinoyatga qo'l urgan mahbuslar xavfsizlik tashkilotlarining sog'in sigirlari edilar. Ularni qanday sog'ishni laxmachlar o'rinlatardi.

Eshik qulflari shaqirlab ochildi. Mahbuslar damlarini ichlariga yutib, soqchiga tikilib qoldilar. Eshik ochildimi, kimnidir kameradan olib chiqishadi. Ayniqsa, yakshanbada eshik sababsiz ochilmaydi.

– Qurbonov!

O'zini chaqirishlarini xayoliga keltirmagan Bahrom o'rnidan turib:

– Men! – dedi.

– Chiq bu yoqqa!

U qo'llarini orqasiga ushlab, kameradan chiqdi. Hayron bo'lgan mahbuslar bir-birlariga sirli boqib, uning orqasidan qarab qoldilar.

Bahrom chiqqach, o'ng tomonga qayrilib, dahlizning oxiriga qarab yurdi. Oxiriga etib, chap tomondagi eshikni taqillatdi. Soqchining buyrug'i shunday bo'lgandi.

Ichkaridan:

– Kir! – degan zardali tovush eshitildi.

U ichkariga kirib, tezkor vakilni ko'rdi. Eshikni taqillatmasidanoq “Tezkor vakil” degan yozuvni o'qib u o'zini chaqirtirgan odamni hoynahoy Murodali bo'lsa kerak deb o'ylagan edi.

To'rt devor ichiga tushgach, dardingni hech kim tinglamasligini bilasan. Joiz bo'lsa, har bir harakating boshingda kaltak bo'lishi mumkin. Ichingda yashiringan katta dushmaning – qurquv ochiqdan-ochiq tahdid soladi. U endi yashirinmaydi, pistirmada turib hujumga o'tmaydi. Uning davri-davroni etdi, hokimiyat boshida endi u. Sen erking boy berilgan kun – hokimiyatdan mosuvo bo'lgansan…

– Ichki ishlar vazirligida ishlaydigan Jalol akani qaerdan taniysiz? – dedi u Bahromni “siz”lab.

Ustiga osmon qo'pgandek qo'rqib turgan Bahrom Jalolning nomini eshitganda ichi yorishib ketdi.

– Talabalik yillarimizdan bir-birimizni yaxshi taniymiz!

Agar u to'g'risini aytganda, tezkor vakilning kapalagi uchib, uni otib tashlashdan ham toymasdi.

– Nima kamchiligingiz bor?

– Hech qanday kamchiligim yo'q, rahmat!

– O'tirgan kamerangiz yoqmayotgan bo'lsa, boshqasiga o'tkazamiz!

– Shunisi tuzukka o'xshaydi!

Bahromning javobidan qoniqqan tezkor vakil tortmadan to'rt quti sigaret chiqarib, shotaxta ustiga qo'ydi.

– Oling! Nima kerak bo'lsa, aytavering!

– Hozircha hamma narsa bor. Sigaret chekmayman, rahmat!

– Nos chekasizmi?

Mahbuslar orasida kamdan-kam odam sigaret yoki nos chekmasligi mumkin edi.

 – Nos ham chekmayman!

– Demak, chindanam hamma narsangiz bor ekan! – dedi tezkor vakil. – O'zingizga qarang. Boravering, bo'shsiz. Muammo tug'ilsa, oldimga chiqing!

 Tezkor vakilning kechagi do'q-po'pisalari yo'liga ekanini anglagan Bahrom Jalol so'zida turib o'zini qo'llab-quvvatlaganidan cheksiz mamnun bo'ldi.

Eshik qulfi solingach, anchagacha hech kim miq etmadi. Kamerada jimlik hukm surardi. Odatda, yangi kelgan mahbuslar bilan tarbiyachi shug'ullanardi. Tezkor vakil, favqulodda holatlarda chaqirtirmasa, birovni chaqirtirmasdi. Yoinki uning oldiga kirib chiqish uchun laxmach yoxud chaqimchi bo'lish kerak edi.

Halitdan buyon ichini itlar tatalayotgan Voqif axiri yorildi.

– Sizda “maymun”ning nima ishi bor ekan? – dedi u yalang'och tanidagi mushaklarini o'ynatib.

Tezkor vakil jundor bo'lgani uchun mahbuslar uni “maymun” deb atardilar.

– Pullarni qaerga yashirgansan, deb so'rayapti! – dedi tezkor vakil oldiga kirib chiqqanini kameradoshlari qaerdan bilganiga hayron qolgan Bahrom.

– Nima deb javob berdingiz? – deya Irshod gapga aralashdi.

– Hech kimdan pul olmaganman dedim! Erto'laga tushganda barisini aytasan, deya so'kib chiqazib yubordi.

Bahrom to'g'risini aytganda yoki jiddiy bahona keltirganda, unga hech kim ishonmasdi, aksincha, undan shubhalanardilar. Bu yolg'oniga esa hamma chippa-chin ishondi. Chunki erto'la mahbuslarni vahimaga soladigan bir joy bo'lib, barchalari erto'laga tushib qolishdan do'zaxdan qo'rqqan kabi qattiq qo'rqardilar. Yuqoridagi javobdan so'ngra kameradagi iqlim tezda iliqlashib ketdi.

Yomon qarayotgan Irshod iyib:

– O'zim ham o'ylovdim, qanday qilib erto'laga olib tushmasdan sizni bu yoqqa olib chiqdilar deb! – dedi og'zidagi sigaretini bo'shagan gugurt qutisiga ezg'ilab. – Sizni qiynab, joningizga qo'shib pulingizni ham oladilar endi. Laxmachlarning so'roqlariga aniq-tiniq javob berishni miyangizda pishitib yuring.

– Nimani so'rasalar, birinchi so'roqda nima degan bo'lsangiz, har safar o'shani yozib beravering! – dedi Tashan. – Ellik marta yozdirganlarida ham bir xil ko'rsatma bersangiz, ulardan osonroq qutulasiz. Gapingizdan bir marta adashsangiz, boshingizga qora kunlarni solishadi.

Erto'laga tushmasligi aniq bo'lgan bo'lsa ham, erto'laga tushib ketayotganday, Bahromni vahima bosdi.

– Nima bo'lsa bo'lar! – dedi u. – Peshonamdagini ko'raman. Ungacha jilla yozilib o'tiraylik, yomon gaplarni gapirmanglar, iltimos!

Tabiatan sodda va sho'x Voqif:

– Hibsxonada shundan boshqa yana nima haqda gaplashish mumkin! – dedi Bahromning qo'rqayotganidan oshkora kulib. Keyin, bir nima esiga tushganday, ko'zlarini qisib: – Taxtakanalar va bitlar xususida suhbatlashamizmi yoki, o'rtoqlar? – deya qo'shib qo'ydi.

Kamerada taxtakanalar kuppa-kunduz kunlari ham chumolilar singari o'rmalab yurardi. Buning nimaligini uch kun ichida yaxshi anglagan Bahrom shuning uchun shalvori pochasini paypog'iga tiqib, engli ko'ylak kiyib yotdi bu kecha. Yarim yalong'ochlarning tan-badanini taxtakanalar chaqib, yara-chaqa qilgandi. Yigirma to'rt soat chiroq o'chmaydigan kamerada uyquga ketish qiyinligi hisobga olinsa, taxtakana – dard ustiga chipqon edi.

Taxtakanadan hamma arz etib dardini to'kkach, Voqif Bahromga:

– Nimaga indamayapsiz, sizni taxtakana chaqmaydi, shekilli? – dedi.

– Taxtakanaga em bo'lsam, mayli edi, undan beshbattariga uchradim! – dedi u. Taxtakanadan yomonroq yana nima bo'lishi mumkinligini tushunmagan kameradoshlari angrayib qoldilar. – Sizlarga u narsa ta'sir etmayaptimi? – deya u qiziqtirish uchun jumboqni davom ettirdi.

– Nima o'zi u? – deya Irshod ham qiziqsindi.

 Pastida yotgan Allan har el haydaganda miyasi achishib, Bahrom tuni bilan qiynalib chiqqandi. Allanga e'tiroz bildirish foydasiz edi. Cho'chqaga bersa, cho'chqa hazar etadigan ovqatlarni egach, ortiq nima bo'lardi?!

– Qo'lansadan miyaning achishishi kurakda turmaydigan be'mani bir gap! – dedi Bahromni eshitgan Tashan.

Kulaverganidan ko'zlari yasharib ketgan Voqif:

– Bekorlarni aytibsiz, Tashanboy, bu bor gap! – dedi. – Juda qadim zamonda Abdibobo tomonda bitta ayol bo'lgan ekan. Ayol, Allanboyga o'xshab, elini ushlay olmaydigan bo'lib qolipti. Turmushga chiqsa, erlari har safar “rezvasi edirilipdi” deya uni haydab yuboraverarkanlar. Axiri, el bo'lib, kun bo'lib, uni burni hid bilmaydigan, qulog'i kar bir kimsaga turmushga beripdilar. Haligi kimsa yarim kecha o'rnidan turib, “Ko'zlarim achishib, ketyapti”, deya javrashga tushipdi. Ayol, “Bu o'lgur ham bilib qoldi-yov”, deya ko'ch-ko'ronini yig'ishtirib, yarim tunda uyiga qochib ketipdi. Tashanboy, o'zing o'yla, el kuyov bolaning miyasigacha etmaganda, ko'zi achisharmidi? Demak miya ham achishadi!

Latifadan mahbsular ichakalari uzilgudek bo'lib kuldilar. O'sal bo'lgan Tashan lablarini bo'rsillatib, na kulishini, na yig'lashini bilardi.

Xursand bo'lgan Allan:

– Mendan ham rasvosi bor ekan-ku, meni tinch qo'yadigan bo'ldilaring! – deya hazillashib, battar kuldirdi.

Unga dakki berib charchagandilar. Tunda sochiqni burniga bosib yotgan Bahrom bu tuzoqqa boshqalar ham tushib ta'zirini eganini endi sezayotgandi. Allanning o'zini nazorat etolmasligi turmush tarzi bilan bog'liq bo'lib, u besh yasharligida uyidan qochib, daydilar orasida katta bo'lgandi. Barcha ozodlikka chiqish ilinjida yonsa, u o'n yillar shu joylarda qolishni orzulardi. Yotishga joy, eyish-ichishga etarli emish borligini ko'rib, o'zini jannatga tushib qoldim, deb o'ylardi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube