O’zbekiston Xalq Harakati

Mehnat muhojirlari pul jo'natmalarining O'zbekiston YaIM hajmidagi ulushi 5 foizdan oshmaydi

Mehnat muhojirlari pul jo'natmalarining O'zbekiston YaIM hajmidagi ulushi 5 foizdan oshmaydi
30 Kasım 2016 - 14:33 'de eklendi ve 3447 kez görüntülendi.
O'zbekiston iqtisod vaziri Shuhrat Ismailov bildirishicha, mehnat muhojirlar pul jo'natmalarining  O'zbekiston YaIM (yalpi ichki mahsulot) hajmidagi ulushi 5 foizdan oshlmaydi, deya xabar beradi Sputnik Uzbekistan.
Unga ko'ra, so'nggi paytda bu ulush o'zga mamlakatlardagi inqiroz bois qisqarib bormoqda, biroq O'zbekiston rasmiylari bu samarani barobarlashtirmoqqa urinmoqdalar.

“Negativ ta'sir iqtisodiyot ahvolida sezilmoqda. Bunaqangi negativ ta'sirlarni bartaraf etish uchun O'zbekistonda aholi, birinchi navbatda o'zga yurtlardan qaytib mamlakatda ish izlayotgan mehnat muhojirlarini bandligini ta'minlash dasturi qabul qilingan. Har yili ushbu dastur qabul qilinadi, O'zbekistonda 200-300 minggacha ishchi o'rinlari yaratiladi”, – deya qayd etib o'tdi Ismailov.

O'zbekistonda iqtisodiyotning eksportga yo'naltirilgan sektorlarini rivojlantirish hisobiga mehnat muhojirlari yuborayotgan valyuta miqdorining qisqarishi qoplanmoqda. “Shu jumladan, Rossiyadan ham pul jo'natmalari hajmi qisqarayotganiga qaramay, eksport hajmi o'sishi bois biz hech qanaqa salbiy alomatlarni kuzatmayapmiz. O'zbekiston eksporti hajmi ijobiy trendga ega”, – deya bildirdi Ismailov.

Eslatib o'tamiz, Rossiya Markaziy banki ma'lumotiga ko'ra, 2016 yilning birinchi yarmida Rossiyadan O'zbekistonga $952 mln jo'natildi, holbuki o'tgan yilning shu davrida bu ko'rsatkich $1,149 mlrd edi.

Manba: “Farg'ona” AA

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER