O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Tahqirlash va kamsitish shu darajaga etgan edi…

Tahqirlash va kamsitish shu darajaga etgan edi…
02 Aralık 2016 - 8:00 'da yuklandi va 2593 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(5)

1

Kommunistik partiyaning tashviqot idoralari har bir mahallada ochilib, dinning xilofiga fasod so'zlarni tarqatishar, dinni masxaralab uni yo'qotish yo'llarini o'rgatishar edi.

Ular “Odamlarning biror ish qilishlari uchun hukumat tarafidan ijozatnoma olishlari zarur” — deya yangi qaror chiqardilar. Ijozatnomasiz dehqonchilik, kosibchilik, hunarmandlik va savdogarlik, hattoki mardikorchilikka ham ruxsat yo'q edi. 

Diniy, milliy va qavmiy an'analarni hurmat qiluvchi kishilar uchun bu ijozatnoma olish tobora qiyin bo'la boshladi. Uni olish uchun din va iymondan yuz o'girish lozim edi. Avval boshdan sallani, keyinroq esa do'ppini, soqolni, paranjini, keyinroq esa iffat, hayo va ornomus, so'ngra iymonga tajovuz qilish kommunistlar hiylalaridan biri edi.

Bir tomondan qotillik, zo'ravonlik va bosqinchilik avjiga chiqdi. Dindor, namozu ro'zaga mustahkam kishilarga qotilona hamlalar boshlandi. Lekin shunday “adolatlik” hukumat tomonidan biror qotil ushlanib jazo berilmas edi. Musulmonlarni esa qilgan ishlaridan qiyiq axtarib vahshiyona jazolar edilar. Shu tariqa minglab musulmonlarni qatl etdilar.

1927 yildan keyin bu qotillik va xunrezliklar islom kishilariga nisbatan dushmanchilik tarzida yanada avjiga chiqdi. Kommunistlar islomga qarshi bo'htonlar uyushtirishar, Qur'on, hadis, din va din peshvolarini masxaralab suratlar chizishar, bu suratlarni yo'l bo'yiga va masjid devorlariga yopishtirishar edi. 

Nabiy karim sollallohu alayhi va sallamning nomi muboraklariga loy chaplashar, teatr va kinolarda masxaromuz dramalar ijro etishar edi. Bu tahqirlardan yuz o'girish, nazarni saqlash “jinoyat” hisoblanar edi. 

Kommunistlarning zulmusitami va haqoratlarining intihoiy darajasi shundan iborat ediki, ular Payg'ambar alayhissalomning faraziy haykallarini yasab chorrahalarga o'rnatib qo'yardi va o'tgan-ketgan yo'lovchilarni ushlashib, majburan unga qaratishar edi.

Bunday zulmlar musulmon holatida umr kechirishni xohlovchi insonlar uchun hijratdan (yoki jihoddan) boshqa yo'lni ko'rsatmas edi.

Misol uchun bir voqeani zikr qilaman: 

Kunlarning birida qishlog'imizning jome' masjidida kommunistlarning majlisi tashkil qilindi. Tamom qishloq ahlini yig'ilishga qatnashish uchun hukm etib, ishtirok etmaganlarga jazo berilishi e'lon qilindi.

Odamlar majburan to'planishdi. Masjid limmolim to'lgandan keyin, majlis boshlandi.

Majlis raisining birinchi e'loni: “Ruhoniylar majlisdan chiqib ketsin” — degan so'zi bo'ldi. Turkistonda din va mazhabga e'tiqodlik kishilarni “ruhoniylar” deb atashar edi. Bu e'londan so'ng ko'pchilik turib, chiqib ketdi. 

Masjidda faqat zaif musulmonlar, ba'zi fosiq-fojirlar va yosh bolalar qoldi. Chiqib ketganlarning nomlari yozib olindi. Masjid ozgina vaqt sukunatga cho'mdi. So'ngra qattiq tovushda qo'ng'iroq chala boshladilar.

Ha, ha… Masjidning ichida shunday qilardilar. Tahqirlash va kamsitish shu darajaga etgan edi. Qo'ng'iroq chalingandan keyin majlis yanada jonlandi. Bir kishi minbarga yaqinlashdi, uni islom faylasufi deya tanishtirdilar. U shaxs bir soatcha islomning ziddiga og'zidan ko'piklar sochib noo'rin, bo'lmag'ur tuhmatlar qildi. Uning bunday behuda, qabih so'zlarini yozishga kimning ham toqati etardi?! Qisqacha xulosasi shunday edi:

Diniy mazhablarning, xususan islomning maqsadi avomning diliga xudoning tasavvurini kiritib, ularni o'zlariga bo'ysundirishdir.

Bu tasavvurni kiritish sarmoyadorlar va mullolarning o'z manfaatlari uchun ko'zlab chiqarilgan ixtirolaridir.

Alloh, Rosul, jannat, do'zax, Qiyomat, hashr, nashr, farishta va boshqa barcha e'tiqodlar uydirma va xurofotlardir (Alloh saqlasin!). Kommunistlar partiyasi bu tasavvurotlarni yakson qilib avomu mehnatkashlarni “ruhoniy”larning makr hiyla to'rlaridan xalos qilishga qat'iy qaror qildi — degan mazmundan iborat edi.

Bu kommunistlar sodda, ilmsiz musulmonlar uchun qo'llagan qabih rejalari uzoqqa etmay, oddiy bir supurgi o'rgimchak uyasini vayron etganidek vayron bo'lib, ularning haqiqiy basharalari ochildi. Ular o'zlarining yovuz basharalarini mehnatkashlarga homiy, vahshiyona maqsadlarini xaloskorlik yordami, deya niqoblardilar. 

Ammo xalqimiz aytganidek: “Haq egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi”.

“Notiq” o'z bayonotidan junbushga kelib: “Birorta savol beradigan bormi?” — deb qichqirdi.

Bu darrandaning bo'htonlarini eshitib mening qonim qizib ketdi. Hayajon bilan o'rnimdan turdim va ularning basharalariga tik qarab baralla ovozda: “Sening bu bo'htonlaringga javob beradiganlarni chiqarib, endi ularning ruhlaridan javob so'rayapsanmi?!” — dedim.

Hayajonlanganimdan nimalarni so'zladim bilmadim, lekin shuni sezdimki, masjidga vahimali sukunat cho'mgan, bu sukunatda faqatgina mening ovozim baralla yangrardi.

To'satdan: “Ushla, ushla” — deb baqirib qolishdi. 

To'rt tomondan qurshab olib tepki va mushtlar yog'dira boshlashdi. Kamzulim yirtilib, ko'ylagim pora-pora bo'ldi. So'ngra “nazorat xodim”lari urib so'kib tashqariga quvishdi. Uyga bordim. Onam, opa- singillarim holatimni ko'rib nihoyatda parishon bo'ldilar.

Onajonimning parishonligini tasavvur etib bo'lmas edi. Parishonligi haqli edi. Ko'z o'nglarida (o'g'illari emas) ummati musulmonning hashri bo'layotgan edi. Bu hashrdan bizning xonadonimiz ham mahfuz emas edi.

Xavfsizlik xodimlari (NKVD) amakim, ikki tog'am, pochcham, ikki xolavachcham va bir necha aziz qarindoshlarimni “diniy peshvo” degan nom bilan uylaridan ushlab ketishgan edi. Hozirgacha ularning qismatlari ma'lum emas.

Onam so'radilar: “O'g'lim, onang senga qurbon bo'lsin, seni kim bu ko'yga soldi?” Men harchand hiyla qilib aldashga uringan sayin, onamning qistovlari ziyoda bo'lardi. Oxiri majbur bo'lib, hamma voqeani so'zlab berdim. 

Onajonim eshitib yig'ladilar. Mojaroning hammasini tinglagach, menga qarab: 

“Ko'zimning nuri bolam! Bu insonlar, johil va bedindurlar. Hukumat shularning qo'lidadir. Bu behuda safsatabozlar haqiqatning “ho”siga ham etmagandirlar. Ularning xurofotu tuhmatlari dini-islomga qilingan ochiq bo'htondan boshqa narsa emas! Yaxshi…! Endi, sening to'g'ringda o'ylashga to'g'ri kelyapti. Yur, hozir taom egin” — dedilar.

Qalbim shunchalik bezovta va siqilgan ediki, taom eyishni ham xohlamas edim.

Onajonim o'z qo'llari bilan majburan bir necha luqma edirdilar. Kechaning aksari o'tib ketgan edi. Onam va ukalarim mening orqamda xufton namozini o'qishdi. Onajonim meni o'z hujralariga olib ketdilar va bir kitob berib:

“Ol o'g'lim, mutolaa qil”— dedilar.

Men kitobni ochib qaradim, u Qozonda chop etilgan “Siyratun nabiy” ning avvalgi jildi edi. Onam ketganlaridan keyin, mutolaaga sho'ng'ib ketdim. Tun bo'yi shu holda o'tdi. Subhidamda onam kelib kitobni qo'limdan oldilar-da, “o'g'lim, endi ozgina dam olgin” — dedilar.

Bir necha daqiqa uxlaganimdan so'ng, onajonim ikkinchi bor kelib namozi bomdodga uyg'otdilar. Subh namozini ham jamoat bilan ado etdik. Kun chiqishi bilan, bog' ishlariga mashg'ul bo'ldim. Ikki ukam maktabga ketdi. Ular peshindan keyin uyga kelib, onamdan so'ray boshlashdi:

— Aytingchi onajon, kommunistlar dinning dushmanimi? Oshkora dushmanchilik qilishyapti-ya!

Keyin ma'lum bo'lishicha, maktabda teatr qo'yishib, unda namoz, ro'za va boshqa diniy an'analarga hamla qilib masxaralashgan ekan. Onam ukamlarning gapini eshitib qattiq g'azablandi va kommunistlarni qarg'ay boshladi. 

Ertasiga maktabda ukamlardan drama haqidagi ota-onalar fikrini so'rashibdi. Shu sababdan onamning “huquqi shahriyat” (fuqarolik huquqi)dan mahrum etdilar.

Shu o'rinda onam: “Endi bizlarning iymonimiz sinaladigan vaqt keldi. Bu iflos, razil tabiat, fosiq insonlar ushbu zaminda diniy hissiyotli biror kishini tirik qo'yishmaydi” — dedilar. So'ngra meni chetga chorlab: 

“O'g'lim! Dushman meni qachon qatl yoki surgun etishi ma'lum emas. Bu erda musulmon bo'lib yashash imkoni qolmadi. Senga hijrat etishing uchun ruxsat beraman. Biror musulmonobod mamlakatga borib islomiy hayot kechirgin” — deya ijozat berdilar.

Shundan so'ng ko'pincha vaqtimizni maxfiy maslahat bilan o'tkazar edik. Menga ota-bobolarimdan qimmatbaho va noyob kitoblar meros qolgan edi. Onamning maslahatlari bilan marhum otamning olti gaz qalinlikdagi mehmonxonalari devorini o'yib tokcha qildim-da, hamma kitoblarni tokchaga terib, loy bilan suvoqlab chiqdim. Hukumat bizdan bu imoratlarni tortib olib, buzmasdan biror korxonaga tortiq qilishiga ishonchimiz komil edi. Onamning “huquqi shahriy” (fuqarolik huquqi)dan mahrum etilganlaridan 23 kun keyin, hijrat safariga ravona bo'ldim.

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube