O’zbekiston Xalq Harakati

To'rt yuz yillik arosat

To'rt yuz yillik arosat
03 Aralık 2016 - 8:00 'da yuklandi va 3318 marta o'qildi.

Safo Urganji

TANAZZUL
(To'rt yuz oltmish ettinchi kameradagi mahbus xotiralari)

XaZiNA KaBi
Qo'RiQlAyDiLAr
Cho'ChqA KaBio
BoQaDiLAr
IT KaBi
taHqirlAyDiLaR 

TUZOQ

Birinchi kitob

(Roman muallif bevosita boshidan kechirgan voqea-hodisalarga asoslanadi)

 Qo'rqoqlik xorlikka, mardlik oldinga boshlaydi.
Ikkilanish (hafsalasizlik) taqdir  hukmidan olib qololmaydi.
Muhammad (s.a.v)ning qilichiga o'yib yozilgan hikmat 

(38-qism)

Bahrom, har safar qovurg'alari lorsillab og'riganda, Musurmonni eslardi. U Toshturmaga kirganidan buyon Musurmon mahbuslarning tilidan tushmasdi. Uning tutqunlarga bergan jabr-zulmlari mahbuslar orasida afsonaga aylanayozgandi. U tuman hibsxonasida bir yosh yigitni urib o'ldirgani sabab uni va Farhodni homiylari shahar boshqarmasiga tortgandilar. Ishlari bosti-bosti bo'lgach, u tumaniga qaytardi. Mishmishlarga ko'ra, u katta halqa yo'li atrofida joylashgan Limonariyada turardi. Qing'ir qilmishlari uchun uni otasi oq qilgandi.

Sahar soat to'rtdan boshlab kechki o'n sakkiz-o'n to'qqizgacha bo'tqaboqar to'rt marta dahlizda aravasini surib, kameralarga bo'tqa tarqatardi. Bo'tqani ortiqcha narsalardan tozalab, suvda yuvmasa, og'izga olib bo'lmasdi. Yuvganda, loyqa yog'ni ko'rgan odamning ko'ngli aynib, qusgisi kelardi. Birpasdan so'ng esa, ko'zini yumib, ko'ngli tusamagan narsasini eyishga majbur bo'lardi. Non kishi boshiga bittadan tarqatilardi. Caharda osh qoshiq bilan har kimga bir osh qoshiqda bir marta shakar berilardi. Shakarni va nonni tarqatadigan mahbus bo'tqaboqardan alohida edi.

Tushgacha o'n-o'n besh daqiqaga mahbuslar sayrga chiqardilar. Mahbuslar tilida “maymunxona” deb ataladigan “sayrgoh” bino tomida joylashgan bo'lib, sayr xonalari kameralar singari katalaklarga bo'lingandi.

Yakshanba kun bo'lgani uchun mirshablar siyraklashib qolgandi. 4-bino ma'muri Ilhom bugun mas'ul edi. Sayrga chiqqan olti mahbus ikki qat panjarani kesib o'tganda, chap tomondagi soqchilar xonasida u soqchilar boshlig'i bilan ovqatlanyotgandi.

Ochiq havoga chiqib qaytganda, Bahromning o'z-o'zidan bahri dili ochilib ketdi. Uch kunlik mashaqqatlardan so'ngra bu joylarda uzzukun tik oyoqda turish ham rohat edi. Odamzot fe'li o'zi shunaqa. U qancha qiyinchilik tortsa, azoblarga shunchalik ko'nikadi, shart-sharoit qancha engillashsa, shunchalik noziklashaveradi. Shu bois mo''tadil qonunlar hukumronligi inson uchun nisbatan qulay muhitni vujudga keltiradi. Demokratiyaning afzalligi fuqarolarning  xohish-istaklari doirasida jamiyatni idora eta bilishda ko'rinadi. Risoladagi jamiyat uchun risoladagi qonunlar qanchalar zarurat bo'lsa, ularga amal qilish shunchalar yaxshi yashamak deganidir.

Qonunlar qabul qilish barcha hukumatlarning qo'lidan keladi. Chiqargan qonunlariga amal qilish kamdan-kam hukumatlarga nasib etadi…

Yigirma uchinchi bob

Bahrom Jalolning sharofati bilan g'animlar nazaridan o'chirilib, nisbatan tinch kameraga joylashtirildi. Daqiqalar o'tgan sayin buning ta'siri yaqqol namoyon bo'layotgandi. U xatolarini obdan o'ylab, tushgan tuzog'idan qutulish uchun tafakkur qilishga imkon tug'ildi. Bunaqangi istab-istalmagan sharoit inson hayotida kamdan-kam hollarda paydo bo'ladi. Shu kungacha ko'rgan ko'rguliklari va amalga oshirgan ishlari xususida u shu paytgacha o'ylab ko'rishga harakat etib ko'rmagan edi. Mirshablar ko'zidan yashirinish, bola-chaqaning g'am-tashvishi xohlaganida ham unga imkon bermasdi. Avvallari esa millatga xos mayda-chuydalar va keraksiz narsalar bilan o'ralashish uning ham umri mazmuniga aylangan edi. Maqsadsiz va rejasiz yashash to'rt yuz yillik arosatdan unga ham meros qolgandi. To'rt devor ichida o'tirib, bola-chaqasini ming o'ylasin, endi uning qo'lidan bir ish kelmasdi.

Mirshablardan qochishga hojat qolmadi. Ularning o'zlari, sham atrofidagi parvonalardek, uni kecha-kunduz asrab-avaylaydilar. Uxlaganida ham, ustidan qush uchib o'tmasin deya nazzoradan mo'ralaydilar. Ularning “mehribonlik”larini su'istimol etish noshukrlik bo'ladi. Mirshablar ko'ksida urayotgan yuragi singari unga yaqin bo'lib qoldilar. Endi uning xotiri jam, asablari joyida.

Darhaqiqat, xayol kengliklarida – kechib o'tilgan yo'llardan orqaga qarab yuradigan lahzalar etdi. Ayni choqda, u qirq olti yillik umrning chang bosgan va xotiradan tamoman o'chgan sahifalarini titkilash bilan kelajak sari tashlanadigan qadamlarga poydevor qo'yadigan yo'llar boshida turipdi. Hayotning o'zi azalda saboq uchun dasturlangach, ne uchun qiynoqlardan, tahqirlar va zulmlardan hikmat qidirmaslik kerak? Nima uchun inson depsingan har bir toshidan xatosi yozilgan sahifalarni varaqlamasligi kerak?!

14 may, dushanba. Tong qushlarning Yaratganga hamd-sanolar aytib chug'urlashlari bilan hamohang oqardi. Odatdagiday, nonushtadan so'ng yo'qlama boshlandi. Yo'qlamadan o'tgach, mahbuslar shkonkalarga o'tirib, kechagi voqealarni qayta-boshdan gapira boshladilar. Umuman olganda, kameradagi hayot – bitta kino filmni qayta-qayta siyqasi chiqquncha tomosha etishday bir gap edi.

Bahrom uchun yangilik bugun xotini va o'g'illari orqasidan oziq-ovqat va zaruriy buyumlarni kiritgani bo'ldi.

Kameradoshlari buzuq plastinkaga o'xshab bir joyda aylanaversinlar, u endi reja bo'yicha harakatlanadi. Maqsad sari yo'lida sobit qadamlaydi. Ular bilan davra qurib, ko'zlariga boqib tursa ham, ularning siyqasi chiqqan so'zlarini quloqlari eshitmaydi, tuturiqsiz harakatlarini ko'zlari ko'rmaydi, u ular uchun jisman mavjud esa-da, ruhan yo'q endi. Shunday qilmasa, u o'zini taftish qila olmaydi, gunohlari va xatolarini ilg'amaydi. Pushaymon bo'lmaydi, tavba-tazzaru etmaydi, dunyoga quruq qo'l bilan kelib, quruq qo'l bilan ketadi…

Uning bu holati 31 may, payshanbagacha davom etdi. Advokati Shamshod Sanginov uni yo'qlab, Toshturmaga kelgan kungacha u o'zi bilan o'zi olishdi, o'zi bilan o'zi urishdi. Goh qo'li baland kelsa, goh engildi, goh qoqilsa, goh chuv tushdi. Shunday qilmasa, kameradoshlari kabi berilgan imkoniyatni ko'kka sovurardi. Yaratgan oldida, millat oldida u o'zini hech qachon kechira olmasdi…

2009 yil. Toshkent. 

Birinchi kitob tugadi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube