O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qo'qon voqealari

Qo'qon voqealari
08 Aralık 2016 - 8:00 'da yuklandi va 2583 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(7)

1

QO'QON VOQEALARI

Qo'qon Turkistonning buyuk va tarixiy shaharlaridandur.

Oq podshoh hukumati ag'darilgandan bir necha kun keyin ozod hukumat qoim etilib, Qo'qon shahrini uning poytaxti deb qabul etilgan edi.

Qishlog'imiz Qo'qondan 152 mil uzoq edi. Qo'qonda kommunistlar zulmi avjiga chiqqan, bundan tang bo'lgan musulmonlar yashirincha guruhlar tuzib dini islom ziddiga masxara va haqorat etuvchi hamda olimlarga, din peshvolariga zulm-sitam qiluvchi kommunistlarning kallasini maxfiy ravishda kesib, ichki ishlar idorasiga biror ulov orqali olib borib tashlab kelishardi.

O'lganlarning yonlaridan bu mazmundagi maktublar topishardi:

“Senlar dinimizni haqoratlab bo'hton va tuhmat etyapsanlar. Lekin bu tuhmat va bo'htonlarning yolg'onligini isbotlovchi haqgo'y ulamolarga so'zlashga yo'l bermayapsanlar. Farzandlarimizni islom haqida noto'g'ri fikrlashga o'rgatyapsanlar. Ushbu gunohlaring uchun senlarga shunday hukm etamiz”.

Kommunistlar musulmonlarning bu javoblaridan qo'rqinch va dahshatga tushib, kechalari ko'chaga chiqa olmay qoldilar. Oxiri, majbur bo'lib, masjid va bozorlarda shunday e'lon qilishdi:

“Hech kimni kommunistlikka majbur etilmaydi. Partiyaga kirish, kirmaslik har kimning o'z ixtiyoridadur. Har kim o'z xohishiga binoan “ruhoniy” bo'ladi. Hech kimni majbur etish yo'qdir”.

Agarchi bu kommunistlarning vaqtinchalik bir hiyla to'ri bo'lsa ham, menga o'xshagan soddadil insonlar xotirjam bo'lishdi.

Men esa bu erda qolib ilmi-din hosil etishga qaror qildim. Shayx Muhammadjon domla Qo'qonning mashhur olimlaridan edi. Bobomning shogirdi, qiblagohimga hamsaboq bo'lgan ekanlar. Kommunistlar u kishini “uy hibsi”ga hukm etishgan edi. Yuqoridagi e'londan so'ng huzurlariga borib, o'zimni tanishtirdim va islomiy ta'lim hosil qilish maqsadida ekanimni arz etdim. Ozgina fursat xomush bo'ldilar, so'ngra: ”O'g'lim! Diniy ilm olish qat'iy man qilingan, lekin bir yo'li bor. Kunning yarmida shaharda kasb qilasan, yarmida esa o'qiysan” — dedilar.

Men bu maslahatni bajonidil qabul qildim. Kun bo'yi mehnat mashaqqat chekib, kechalari ilmi-din hosil eta boshladim.

Shayx Muhammadjon domla kommunistlarning dahriyona g'oyalariga chuqur e'tibor qaratardi. Dars asnosida, kommunistlarning da'volarini va islomga qilgan bo'htonlarining chok-chokidan yirtib tashlardi.

Uch oydan so'ng ular yana o'z muxolifatlarini boshlashdi. Bu vaqt mobaynida, o'z dinini himoya etayotgan musulmonlarni parchalab tashlash uchun yovuzona rejalar o'ylagan edilar.

1.Mahallalardagi har bir shaxs ro'yxatga olinib islomsevar shaharliklarni qattiq nazorat eta boshladilar.

2.“Mirshablik nazorati”ga shaharning o'g'ri-kissavur, qaroqchilari xizmatga olinib, ular vositasi bilan ahli dinni qo'rqitish joriy qilindi.

3.Hibsga olish, yo'q aybiga iqror qildirishning vahshiyona, shaytoniy usullari qo'llana boshladi.

Har kuni kechasi 70-80 kishi g'oyib bo'la boshladi. Qo'qonning katta-kichik ulamolariga bu holatni bayon etib, ulardan rahnamolik qilishlarini so'radim, illo ularning barchasi noumidlikka tushib bo'lishgandi.(“Al ya'su minash-shayton” — noumidlik shaytondandur). Ularning ko'pchiliklari: ”O'g'lim, bizlar o'lim va shahodat jarligini yoqasidamiz” — deya javob berishardi.

Kommunistlar butunlay yugansiz bo'lib qolishgandi. Maxfiy guruhlarning jihodiy amaliyotlari sababidan qilgan ahdlarini tokchaga qo'yib qo'yishdi. Ular xalqni o'z yo'lboshchilaridan mahrum etgandilar. Shuning uchun ehtiyotga ham hojatlari qolmagandi.

Butun musulmonlarning diliga g'ayrat-shijoat o'rniga qo'rquv va dahshat yoyilgan edi.

4

Rosululloh dedilar: ”Yaqinda kofirlar har tarafdan sizlarning ustlaringizga taomxo'rlar o'z tovoqlariga bir-birlarini chaqirgandek to'planadilar.   

Shunda bir sahoba so'radilar:

”Kofirlar qanday jur'at etadi? Nima biz oz bo'lamizmi?”

Rosululloh:

“Yo'q! Sizlar juda ko'p bo'lasiz, lekin sizlar sel ustidagi xas-xashak kabi bo'lasiz, Alloh taolo dushmanlaringiz qalbidan sizlardan qo'rqishni olib, sizlarning dilingizga “vahn” solur”.

Sahobalardan biri: 

“Bizlarning haybatimiz yo'qolishi sababi bo'lgan “vahn” nimadur, yo rosululloh? — dedi.

Dedilar:

”Dunyoga muhabbat va o'limdan nafratlanish”.

Boshqa rivoyatda:

”Dunyoga muhabbatingiz va Alloh yo'lida jang qilishdan nafratlanishingiz” deb kelgan.

Tarjimondan.

Musulmonlarning hafsalalari pir bo'lib o'zlarini himoya etishga ham hollari qolmagan edi. Hech kimning moli, obro'-izzati e'tiborga olinmay tajovuz etildi.

Qur'onimning bir necha varaqlari yirtilib ketib, bir jildsozning oldiga bordim. Bu do'kon Qo'qon jome' masjidining shimoli-g'arbiy qismidagi do'ppi bozorda joylashgandi. Jildsoz Qur'oni karimning varaqlarini sozlayotgan vaqtda, bir kommunist kirib kelib:

-Kitoblarimning jildi tayyormi? — deb so'radi.

-Bir soatlik ishi qoldi tayyorlab, o'zim etkazaman — dedi jildsoz.

-Qo'lingdagi nima? — deb u Qur'onga ishora qildi.

-Bu… Bu… — jildsoz qo'rqib ketdi. Bu Qur'oni sharifdur! Bir necha daqiqalik ishi qoldi, so'ngra sizning ishingizni bitiraman — dedi titragan ovozda.

Kommunist g'azablanib, ko'zi qonga to'ldi. Bir changal solib jildsozning qo'lidan Qur'oni karimni tortib olib:

Bu xurofot uchun mening ishimni to'xtatib qo'ydingmi? — deb qichqira ketdi. (Ey Alloh! Qandoq ham sabrliksan!) So'ngra Qur'onni tashqariga uloqtirdi.

Uff…! Ey Allohim! Qonim qaynab ketdi. Lekin qandaydir bemajollik qo'l-oyoqlarimni egallab oldi. Qonim ham asta-sekin bosildi, sekingina turib borib Qur'oni Karimni erdan olib, qaytaqayta o'pib ko'zimga surtdim. Biz musulmonlarning beg'ayratligimiz va iymonimiz zaifligi shu darajaga etdimi?! Dushman ochiqdan-ochiq ko'z o'ngimizda kitobi ilohiyni xorlasa-yu, biz esa uning himoyasiga jonimizni qurbon eta olmasak,—degan xayoldan dilim larzaga keldi. Shundan so'ng ul badbaxt do'kondan chiqib keta boshladi.

Jildsozning haqqini ado etib, uning orqasidan asta bordim. Ozgina uzoqlikda mirshabxona bor edi. U erga yaqinlashganda, uning qo'lidan tortib mahkamaga boshladim. Nazoratchiga hamma voqeani so'zlab, bu badbaxtning qilmishidan norozi ekanimni izhor etib: ”Bu shaxs hukumat qonuniga xilof ravishda shariatni haqorat etdi. Qonunda e'lon etilganki: “Hech bir kommunist dini islomning ziddiga noo'rin harakat qilmasin! Hech kimsani majburan dahriy qilinmasin!” Va bu shaxsning noqonuniy harakati uchun jazo berilsin” — dedim.

Nazoratchi mening shikoyatimga quloq solish o'rniga menga tahdid sola boshladi:

-Bizning oldimizga nimaga kelding?! Xudoning oldiga bor, uning uchun senlar joningni ham berasanlar-ku! — dedi.

Mahkamadan chiqib jome' masjidiga keldim. Hozirgi kunda bu masjid bormi yoki yo'qmi, biror narsa deya olmayman. U vaqtda bu masjid shaharning qoq markazida joylashib, hujralari bilan taxminan 16 gektar edi.

Masjid son-sanoqsiz ustunlar ustiga qurilib, nihoyatda xushsurat edi. Masjidning shimoliy qismida katta yo'l bo'lib uning yoqasida masjidga qarashli, qatorlashgan vaqf do'konlari joylashgandi. Mashriq tarafida esa katta hammom binosi bor edi. Imomlikka Qo'qon amirining o'zi yoki uning noibi shayxulislom o'tardi. Oxirgi vaqtdagi shayxulislom To'raxon domla haftada bir marta va'z va nasihat qilardi.

Hozirgacha kommunistlar ul kishiga qo'l solishmasada fursatni kutib turishar, ul kishi uchun ham fitna-fasod rejalarini boshlab qo'yishgandi. Bir kishi tayinlanib, unga shayxulislomning har bir hatti-harakati va u kishining oldiga keluvchilarni kuzatish topshirilgan ekan. Bu shaxs afg'on bo'lib, nihoyatda gapga usta va xushchaqchaq, ko'rinishdan taqvodor edi. Uzun soqollik, peshonasida katta sajda alomati bo'lib, namozni biror marta ham jamoatsiz o'qimas edi. Bomdod namoziga hammadan oldin kelib, ustunlar orqasida uzun qiroat bilan sunnat o'qirdi. Namoz ichida esa, kelguvchilarni kuzatib turar, masjidda afg'oniy libos, tashqarida esa milliy kiyim kiyar edi.

Men uning hatti-harakatlaridan shubha qilib, kuzata boshladim. Keyin ma'lum bo'lishicha, u nafaqat To'raxon domlani balki u kishining ziyoratlariga keluvchilarni, hamda Afg'onistonga hijrat qilayotganlarni ham ro'yxatga olar ekan.

Men Qo'qonning mahallalaridan bo'lgan, “Ospra” guzar mahallasiga ko'chib o'tdim. Bu mahallaning masjidi ham nihoyatda xushsurat va hujralari juda purviqor bino qilingan edi. Menga istiqomat uchun bir hujra tayin qilindi. Shunga qaramasdan, namozni jome' masjidida ado etardim.

Kunlarning birida, jum'a namozidan so'ng bir necha odamlar To'raxon domlaning madrasasiga yig'ilishdi.

Afg'oniy gumashta ham ular bilan birga edi. Ularning orqalaridan men ham borar edim. Ittifoqo, To'raxon domla meni ustozlari G'iyosiddin eshonning nabirasi, hamsaboq do'sti Xo'jaxon domlaning o'g'li ekanimni eshitib, istiqbolimga chiqdilar. Hamda peshonamdan o'pib uzoq vaqtgacha uy-ahllarimizning ahvollarini so'radilar. Namangandan ba'zi mashhur olimlarning hozirgi kundagi holatlaridan ogoh etishni so'ragan edilar, men ularning kommunistlar tomonidan shahid yoki surgun etilganlarini aytdim. Shunda majlisga og'ir xomushlik cho'mdi.

Men ketishga ijozat so'radim.

Shayx: “Hozir qaerda istiqomat qilasiz?” — dedilar.

Afg'oniy josus borligi uchun manzilimni yashirib: “Madrasai “Mir Olim”dan bir hujra oldim” — deya arz qildim.

Madrasai “Mir Olim” o'z davrida minglarcha talabalar ta'lim oladigan shonu shavkatlik ulug' bir dorululum bo'lib, ustoz va talabalar uchun madrasaning o'zida yotoqxona mavjud edi. Hozirgi kunlarda bu madrasa va yotoqxonalarni kommunistlar partiyasi xodimlariga yoki tashqaridan kelgan ruslarga taqsim etilibdi.

To'raxon domla ko'pincha meni o'z uyiga olib ketar va menga nihoyatda mehribonlik qilardi.

Kunlarning birida afg'oniy gumashta ham meni zo'rlik bilan uyiga mehmondorlikka olib ketdi. Turkistonda uylar ikki qism bo'lib bir qismi mehmonxona bo'lar edi. Meni mehmonxonaga o'tirgizib, o'zi kiyim almashtirgani ichki uyga kirib ketdi. Ittifoqo, xontaxta ustidagi qog'ozlar nazarimni o'ziga jalb etdi, qarasam unda To'raxon domlaning nomlari yozilgan edi. Qog'ozni ko'tarib tuzukroq qaradim. Unda ulamolarning ro'yxati yozilgan edi. Darrov cho'ntagimga soldim. Shul vaqt afg'oniy qo'rqqan holda kirib keldida tez-tez qog'ozlarni yig'ishtirib chiqib ketdi. Ko'rinishda nihoyatda muhabbat va ixlos bilan suhbatlashar va menga ko'r-ko'rona tavoze' qilardi.

Uning borasida shubhalarim to'g'ri ekan. Qog'ozlarni To'raxon domlaga ko'rsatdim. Qog'ozlarga bir nazar qildilarda, yonlariga qo'yib meni haqqimga duo etdilar.

Ikki-uch kundan so'ng afg'oniy g'oyib bo'lib qoldi. Taxminimcha mujohidlar uni toqqa olib ketib saranjomlashgan edi.

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube