O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Samarqandga ketishga qaror qildim…

Samarqandga ketishga qaror qildim…
11 Aralık 2016 - 7:00 'da yuklandi va 2663 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(8)

1

To'raxon domlaga “Sharhi aqoidi nasafiyya” kitobini o'qish niyatim borligini bildirdim.

Domla: Bizga hozir “Fiqh akbar”, “Qasidai amaliyya”ga o'xshash kitoblarni o'qitish darkordur, toinki avomni islomning bunyodiy aqoidlaridan ogoh qilib, kommunistlarning moddaparastlik usullarini ham rad qilaylik. Hozirgi kunda yunonlarning falsafasidan biror ish chiqmaydi, unga vaqtni zoe' qilmaslik kerak” — dedilar.

Men: ”Siz nimani ixtiyor qilsangiz, faqir shunga rozidur” — dedim.

— “Xuftondan keyin g'aribxonamizga kelib turing” — dedilar.

Irshodlariga muvofiq xizmatlariga hozir bo'la boshladim. Yigirma bir kunlik tarbiyalaridan so'ng do'ppi bozoridagi masjidga imom qilib tayinladilar. U erda yahudiylar va armanlar yashar, bundan tashqari kommunistlarning idorasi ham joylashgan edi. Bomdod namozidan so'ng Qur'on karimdan dars berardim va xalqqa islomning bunyodiy aqidalaridan ham bayon qila boshladim.

Dars va bayonotlarning foydalik va ta'sirchan bo'layotgani kommunistlarni g'ussaga soldi. Ularning ishorasiga binoan mahallada shunday so'zlar paydo bo'la boshladi: 

“Imom domla balog'atga etganmi?! Soqol-mo'ylabi chiqmabdi-ku!”

To'raxon domlaning huzurlariga borib hamma voqeani so'ylab berdim. 

Domla: “Imomatga biror kishini o'tkazib o'zing darsni davom ettiraver” — dedilar. 

Ustozning maslahatiga ko'ra ish tutdim, bir necha kun xotirjamlikda o'tdi. Shu orada mahalladan yosh bolalar ham kela boshladi. Natijada kichkinagina maktab ham ochildi. Shundan keyin mening fuqarolik ijozatnomam masalasi qo'zg'aldi. (Ma'lum bo'lsinki, sotsialistlar hukumatni o'z qo'llariga olganlaridan keyin, bir joydan boshqa joyga borish uchun pasport sistemasini joriy qilishgan edi). 

Kommunistlardan biri o'zi ijozatnomamni to'g'rilab berdi. Kommunistlar islomni beburd qilish uchun ulamolar bilan hujjat talashib bahslashishar, dinni masxara va mazax qilishib, Alloh taoloning vujudi haqida telba-teskari bahslar yuritishardi.

Madrasai “Bek”ning raisi Muhyiddin Maxdumning va'z-nasihatlari ham nihoyatda ta'sirchan bo'lar, so'zlash davomida odamlarning qalblarida iliqlik paydo bo'lardi.

Kommunistlarning noo'rin harakatlari ulamolarning g'aflat ko'zini ochdi. Ular dinni etkazish borasida dasturlar tuzib dinni targ'ib etish va tarqatish ishlarini boshlab yuborishdi. Bu harakatlarga bardosh etolmagan kommunistlar yana hibsga olish va dorga osish ishlarini kuchaytirdilar.

Haqgo'y ulamolar kechalari g'oyib bo'la boshladi. “Maxfiy nazorat” xodimlari (NKVD) yarim kechasi kelib kerakli odamlarni yopiq mashinaga solib ketishar, uy ahllarini esa “to'rt-besh kundan keyin keladi”—deb tinchlantirishardi.

Bir-ikki haftadan so'ng uning surgun qilingani xabari kelardi. Surgun bu Sibirning zaharli sovuq o'lkalariga jo'natish edi.

Shunga qaramasdan, do'ppi bozoridagi masjidda ta'lim-tarbiya ishlari tartibli joriy bo'lib turdi. Shu orada kommunistlar menga ham ig'vo etishga qaror qilibdilar. Kechasi bir navjuvon yigit kelib meni bu qarorlaridan ogohlantirdi.

Bu yigit komsomol a'zolaridan bo'lib, ko'rinishidan beshafqat kommunist bo'lsa-da, lekin musulmonlarning hozirgi ahvoliga chin dildan nihoyatda g'am-anduhga tushib qolgandi. Men bilan juda qalin do'st bo'lib qoldi, hatto u orqali ijozatnomamni ham hal etgan edim. O'sha majlisdan so'ng meni qochib ketmasligim uchun kuzata boshlashdi.

Kunlarning birida o'sha komsomol do'stimning tog'asi ertalab kelib fiqhiy masalalarni qo'zg'ab savol qila boshladi. Ismi Mir Ayubxon edi. 

Soat o'n birlar chamasida do'stim kelib, eshikni ohista taqillatdi. Turib darvozani ochdim, tog'asi o'tirganini ko'rib, sekin tashqariga imladi, chiqsam u: ”Kommunistlar bugun qaysidir vaqtda sizni hibsga olish uchun qaror qildi, tog'am sizni ular kelguncha chalg'itib turish uchun jo'natilgan. Tezlik bilan bu erdan jo'nang!” — deya maslahat berdi.

Do'stimni jo'natib hujraga kirdim. 

Ayyubxon: ”Kelgan kim ekan?” — dedi.

Men: “Mahalladagi badbaxt komsomollardan biri” — deb javob berdim.

So'ngra onajonim bergan tugunchani olib, asta chiqib, madrasi “Xoshtan”ga bordim. Madrasaning ustozi qori Abdulmalik mening qalin do'stim edi. O'zi Andijondan 3 farsax (1 farsax — 4 km.) uzoqlikdagi Poytuq shahridan edi.

Meni bir hofizi kalomulloh bilan tanishtirdi. U Tojikiston tog'larida kommunistlarga qarshi jihod etayotgan mujohidlarning odami ekan. O'zi yosh bolalarga Qur'oni karimni hifz ettirsada, asl maqsadi yosh yigitlarni kommunistlarga qarshi fikriy aslaha bilan qurollantirish edi. Uning va'zu-nasihatlari juda ta'sirchan va diniy andozada edi. 

Bu erda bir haftaga yaqin turdim. Qo'qonda kuchlik qo'rqinchli voqealar yuz bera boshladi, yuzlab ulamolar surgun qilinib, minglarcha musulmonlar shahid qilindi.

Musulmonlarning javobi ham qattiq bo'ldi. O'n mingdan oshiq rus askari va kommunistlar jahannamga ravona qilindi.

Bu kunlarda Qo'qonda o'lim juda ham arzon edi. Musulmonlar yo kommunistlarni tugatishga yoki o'zlari shahid bo'lishga qaror qildilar. 

Kommunistlarning qisuvi tobora kuchayib borardi. Men Samarqandga ketishga qaror qildim. 

Yo'lga chiqish oldidan qori Abdulmalik 20 kilocha guruch berib: 

“Samarqand bozorida sotib o'z harajatlaringga ishlat” — deb tayinlab o'zining bir tanishi manzilini ham aytib berdi.

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube