O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Buxoro voqealari

Buxoro voqealari
17 Aralık 2016 - 7:00 'da yuklandi va 2624 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(10)

1

Buxoro voqealari

Domla Buxoriyning xizmatlarida to'liq bir hafta bo'lganimdan so'ng, Buxoro tarafga ravona bo'ldim.

Buxorodan 7-8 mil uzoqlikda “Kogon” bekati joylashgan edi. Bekatdan shahargacha yo'lovchi ulov-mashinalarda ketilar edi. Bekatda tushib piyoda jo'nadim. Kechasi bir qishloqqa etib bordim. Kechki namozni o'qib masjidda uxlashga tayyorgarlik ko'ra boshladim, lekin imom ikkimiz o'rtamizda bahsu munozara boshlanib ketdi. Imom:

“Masjidda uxlash makruh” — deyar, men esa:

“Musofirga masjidda uxlash makruh emas” — deyar edim. Oxiri imom bahsdan tang bo'lib:

“Firqaning tomonidan qonun bor” — dedi.

“Firqa…” Qanaqa firqa?” — deb so'radim.

“Ey nodon, qishloqi! — Imom na'ra urib qichqirdi. — Firqa nimaligini bilmaysanmi?! Kommunistik partiyada” — dedi.

“Kommunist Allohga munkir, uning masjid nizomiga nima aloqasi bor?!” — dedim.

Sen kimsan, ey nodon bola?! O'zbek? Qirg'iz? Tojik? Qozoq yo turkmanmisan?

O'zbekman.

“Senga bu erga kirishga ham ruxsat yo'q, yaxshilikcha jo'nab qol” — deb imom zo'r berib qichqirdi.

Ehh…! Musulmonlik hayf-e! Dilim behuzur bo'lib masjiddan chiqdim. Kechani masjid qarshisidagi bir daraxt ostida o'tkazib, bomdod namoziga masjidga keldim. Afsuski masjid qulf edi. Namozni o'qib Buxoro tomon yo'l oldim.

Soat sakkizlarda shaharga kirib keldim.

G'ijduvon mahallasida xushsurat bir masjid yaqqol ko'zga tashlanib turar edi. Ichkariga kirdim. To'satdan bir necha kir yuvadigan ayollarga ko'zim tushdi. Yo alhazar! Masjidda bir necha xonadonning ko'chi to'planib turardi.

Keyin ma'lum bo'lishicha, bu yahudiy kommunistlarning xonadoni ekan. Sotsializm hukumati ularga yashash uchun masjidni taqsim qilib beribdi. Tashqariga chiqdim, banogoh uzoqdan xotin-qizlar ovozi eshitilib asta-asta yaqinlashib kela boshladi. Shoyad biror namoyish bo'lsa kerak, deb o'yladim.

Bir necha daqiqadan so'ng, ko'z oldimda to'liq manzara namoyon bo'ldi. Minglab kommunistlar qator-qator bo'lib qizil bayroq ko'targan, har bir qatorda erkagu-ayollarni aralashtirib tashlangan holda ko'rdim.

Qizil askarlar ularni qo'riqlab kelishardi. Ular shaharning qoq markazidagi “Devonbegi” hovuzi oldiga to'planishdi. Aslida bular “hayosizlik” kunini nishonlashar edi.

Bundan bir necha yil muqaddam kommunistlar qizil askarlarning ko'magi bilan musulmon xotin-qizlarning yuzlaridan or-nomus, hayo pardalari hisoblanmish paranjilarini tashlatib o'tga ottirishgan edi. Qaysi bir ayol paranji tashlashdan bo'yin tovlasa, uning oila a'zolarini vahshiyona azoblay boshlardilar. Bunga toqat etolmagan ayollar paranji tashlashga majbur bo'lgan edilar.

O'shandan buyon har yili 8 mart kuni bayram etib nishonlanardi. Miting oxirida dini islomning ziddiga ochiqdan-ochiq razilliklar qila boshlashdi hamda barcha jome' masjidlarga Leninning haykalini o'rnatishga qaror qabul etildi.

Buxoroda uch kun turdim-u, go'yoki uch yil turgandek tuyuldi. Ahvol nihoyatda ayanchli edi. Butun Turkiston zolim bosqinchilar zulmi iskanjasida qolgan edi.

Buxoro musulmonlariga qilingan zulm barcha viloyatdagi zulmlardan ortiqroq edi.

(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muso ;

    Raxmat sizlarga! Bu kitobni yiglab ukiganman!Biz musulmon xalk tariximizdan mosuvo bulib, ulug ota-bobolarimizni xakorat kilib bu dunyodan utiyapmiz!

    17/12/2016 21:23
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube