O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonga o'tkazilayotgan pul miqdori 11,18 foizga kamaygan

O'zbekistonga o'tkazilayotgan pul miqdori 11,18 foizga kamaygan
19 Aralık 2016 - 12:42 'de eklendi ve 3502 kez görüntülendi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, joriy yil uchinchi choragida Rossiyadan O'zbekistonga o'tkazilgan pul o'tkazmalari hajmi 644 million dollarni tashkil etdi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 11,18 foizga kamdir.

Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga ko'ra, uchinchi chorakda Rossiyadan O'zbekistonga o'tkazilgan bir tranzaktsiya miqdori o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6 dollarga kamaygan.

Joriy yilning birinchi choragida O'zbekistonga Rossiyadan 256 million dollar, ikkinchi choragida esa 474 million dollar o'tkazilgandi. Vaholanki, 2015 yil birinchi choragida Rossiyadan O'zbekistonga 463 million dollar, ikkinchi choragida esa 686 million dollar o'tkazilgan.

Rossiya Markaziy banki bu pullar Anelik, BLIZKO, Contact, InterExpress, UNIStream, Western Union, Kolibri, Zolotaya Korona, LIDER, Rossiya pochtasi kabi tizimlar orqali o'tkazilganini qayd etadi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER