O’zbekiston Xalq Harakati

Karlov o'ldirilgan joyda o'zbek elchisi ham bo'lgan

Karlov o'ldirilgan joyda o'zbek elchisi ham bo'lgan
19 Aralık 2016 - 21:42 'da yuklandi va 3606 marta o'qildi.

Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida rus fotosuratchilarining «Rossiya turklar nigohida» ko'rgazmasining ochilish marosimida va'z o'qiëtgan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib o'ldirildi.

Voqea joyida O'zbekistonning Turkiyadagi elchisi Ulfat Qodirov ham bo'lgan. Qotil ilk o'qni uzgan paytda Qodirov birinchilardan bo'lib zalni tark qilgan.

Ko'rgazma bo'laëtgan zalga «politsiyadanman» deya kirgan zamonaviy kostyum shimli kishi avvaliga osmonga o'q uzib «daf bo'ling hammangiz» deya baqirgan. Keyin esa elchining elkasiga o'q uzgan.

Qotil elchiga qarab ketma-ket o'q uzarkan, «Halabda o'ldirilgan norasida go'daklar uchun qasos olaman. Ollohu Akbar» deya hayqirgan.

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov qotillik sodir etilgan payt Tsar' pushka va uchta zambarak o'qi aks etgan rasm fonida nutq so'zlayotgan edi.

Odamlar zalni tark etganidan keyin qotil elchiga qarab yana o'q uzgan.

Asnoda qotil turk maxsus kuchlari tarafidan o'ldirilgan.

Rossiya rasmiy manbalari rus elchisi Andrey Karlovning o'lganini tasdiqladi.

Rossiyaning Suriyada olib boraëtgan harbiy harakatlariga javoban qurolli hujum uyushtirilgani iddao qilinmoqda.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Fazliddin Yokub ;

    Bu kotil Gulanchi bolishi mumkin …

    20/12/2016 06:14
    • Sultan Beybars ;

      Fazliddin sen kimni qotil deyapsan qotil aslida yajuj majuj bo’lgan ruslaring bo’ladi shu kofir ruslar Shom diyorida qanchadan qancha birodarlarimiyni bombardimon qilyapti? Bir fikr qil!
      Shu joyda o’zbek elchisini ham otib tashlash kerak edi

      20/12/2016 14:51