O’zbekiston Xalq Harakati

Jizzaxda energiya ta'minotidagi uzilishlarga qarshi norozilik bildirgan ayollar ta'qib ostiga olinmoqda

Jizzaxda energiya ta'minotidagi uzilishlarga qarshi norozilik bildirgan ayollar ta'qib ostiga olinmoqda
21 Aralık 2016 - 11:34 'da yuklandi va 3872 marta o'qildi.

Energiya ta'minotidagi uzilishlarga qarshi norozilik bildirgan ayollar rasmiylar tomonidan ta'qib ostiga olinmoqda. 2016 yil 4 dekabr' kuni o'tgan mamlakat prezidenti saylovlaridan so'ng Jizzax viloyatida uylariga gaz etkazib berilishi talabi bilan chiqqan ayollar har kuni so'roqqa tutilmoqda.

“Farg'ona” agentligining Jizzaxdagi manbasi ma'lum qilishicha, 2016 yil 24 noyabr' kuni Koroguyli va Oviz qishloqlaridan 200 nafarga yaqin ayollar magistral ko'chada transport harakatini to'xtatib qo'yib, tabiiy gaz ta'minotini o'nglab qo'yilishini talab qilishgan. Tez orada bu erga tuman hokimi va IIB boshlig'i etib kelib, aholiga ko'mir va gaz ballonlari bilan ta'minlashni va'da qilishgan. Bu ishlaring hammasi videokameraga olingan.

Ertasi kuni har bir uyga narxi 5000 so'mdan bir qop ko'mir berilgan. Lekin ko'mir maydalanib qumga aylanib bo'lgan, sifati pastligi uchun ko'pchilik olishdan bosh tortgan.

Ikki-uch kun o'tib qishloqqa Jizzax viloyatining hokimi Sayfiddin Ismoyilov kelib aylanib ketdi. Bir yarim hafta o'tib, ya'ni prezident saylovlari o'tib bo'lganidan keyin esa G'allaorol tumani jinoyat qidiruv bo'limining xodimlari kechqurunlari kelib, piketda ishtirok etgan ayollarni IIBga zo'rlik bilan olib ketib, so'roqqa tutishgan. Militsiya xodimlari har kuni 3-5 ta ayolni olib ketib, ularga baqirib haqorat qilyaptilar va magistral ko'chani to'sib qo'yish fikri kimdan chiqqanini aniqlamoqchi bo'layaptilar. Ular norozilik aktsiyasining tashabbuskoriga qarshi ko'rsatma to'playaptilar.

Shunday qilib, muammoni hal qilib, elektr va gaz ta'minotini yo'lga qo'yish o'rniga rasmiylar norozilik bildirgan odamlarni bosim ostiga olishni boshladilar.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda har yili qish mavsumi boshlanishi bilan gaz va elektr taqchilligi boshlanadi. Bu muammo haqida “Farg'ona” agentligi ko'p marotaba yozib kelgan va bu mavzu aftidan xali ko'p yillar davomida o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Rasmiylar bu muaamoning sababchisi sifatida aholining kommunal xizmatlar uchun to'lovlardan qarzdorligini ko'rsatib keladi. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarga tabiiy gaz eksportining hajmini oshirishga intilaveradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoev kelayotgan 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilgan. Hozircha muloqot bo'layotganga o'xshamayapti.

Manba: “Farg'ona” AA

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar