O’zbekiston Xalq Harakati

Turkiya turkcha so'zlashuvchi mamlakatlarning iqtisodiy ittifoqini tuzishni taklif qildi

Turkiya turkcha so'zlashuvchi mamlakatlarning iqtisodiy ittifoqini tuzishni taklif qildi
26 Aralık 2016 - 13:20 'de eklendi ve 4612 kez görüntülendi.

 

Turkcha so'zlashuvchi mamlakatlar haskorlik kengashi iqtisodiyot vazirlarining Baku shahrida bo'lib o'tgan VI-majlisi doirasida Turkiya Iqtisod vaziri Nixot Zaybakchi jurnalistlar bilan bo'lgan suhbatda, Turkcha so'zlashuvchi mamlakatlar hamkorligini kengaytirish uchun ular o'rtasida iqtisodiy ittifoq tuzish, erkin savdo rejimiga o'tish va bojxona imkoniyatlarini kengaytirish lozimligini aytgan.

Vazirning so'zlariga ko'ra, turkcha so'zlashuvchi mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mavjud salohiyat darajasiga mos kelmaydi.

«Turk ittifoqiga kiruvchi mamlakatlar aholisi soni umumiy 115 million kishidan iborat, ushbu mamlakatlarning milliy daromadlarining umumiy hajmi esa 1,2 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi. Turkcha so'zlashuvchi mamlakatlarning tashqi savdo aylanmasi hajmi umumiy 600 million dollarni tashkil etishiga qaramay, bu mamlakatlarning o'zaro savdo aylanmalari bugungi kunda faqatgina ikki foizdan iborat. Biz ushbu ko'rsatkichni 5-10 foizga qadar etkazishimiz kerak. Qolaversa, o'zaro savdo aylanmasida, Turkiya va Ozarbayjondan tashqari, biz hech qaysi mamlakat bilan tashqi savdo hamkorlarning birinchi o'ntaligiga kirmaymiz»,- deydi Zaybakchi.

Uning so'zlariga ko'ra, Turkcha so'zlashuvchi mamlakatlar hamkorlik kengashi Iqtisodiyot vazirlari majlisi kengashning siyosiy ahvolini mustahkamlash va a'zo mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini kengaytirilishiga qaratilgandir.

«Agarda turkcha so'zlashuvchi mamlakatlar iqtisodiy aloqalarini mustahkamlasalar, shu bilan birgalikda siyosiy va boshqa masalalarda ham aloqalarini kengaytiradilar», – deydi vazir.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

So'nggi xabarlar
İLGİLİ HABERLER