O’zbekiston Xalq Harakati

Mirziyoev ikki kuyovini katta ishlarga joylashtirdi

Mirziyoev ikki kuyovini katta ishlarga joylashtirdi
08 Ocak 2017 - 13:02 'da yuklandi va 7600 marta o'qildi.
(Suratda: Shavkat Mirziyoevning kuyovlari, chapdan Oybek Tursunov va Otabek Shaxanov)
Shavkat Mirziyoev ikki kuyovini hayotlaridagi eng yirik yangi yil sovg'asi bilan siyladi.

Katta kuyov Oybek Tursunov prezident ma'muriyati rahbari Zelimxon Haydarovning o'rinbosari etib, kichigi Otabek Shaxanov esa prezdent xavfsizlik xizmati boshlig'ining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda Eltuzga Shavkat Mirziyoev oilasiga yaqin ikki manba ma'lum qildi.

Karimov o'limidan baxti chopgan kuyov

Mirziyoevning to'ng'ich qizi Saidaning eri Oybek Tursunov haqida turli ziddiyatli fikrlar yuradi.

Mirziyoev bosh vazir ekan davlat zahiralarini boshqarish qo'mitasida mulozim bo'lgan Oybek Tursunov ayni idoradagi kamomadi hamda valyuta qora bozoridagi faoliyati tufayli katta muammoga duch kelgan.

Jazodan omon qolish umidida Oybek Moskvaning eng hashamatli “Rublyovka” mavzesida yashashga majbur bo'lgan va faqat Islom Karimov o'limidan keyingina O'zbekistonga qaytgan.

Uning otasi O'zbekiston Ichki Ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi sobiq boshlig'i, iste'fodagi polkovnik Botir Tursunovdir.

Oybekning bojasi Otabek Shaxanov haqida ma'lumotlar nihoyatda oz.

2010 yili IzRus portali Otabekning xotini Shahnoza Mirziyoeva Isroilning «Ixilov» kasalxonasida qiz farzand ko'rgani haqida yozgandi.

Bojalar davri

Shavkat Mirziyoev marhum prezident Islom Karimov izidan borishini baralla e'lon qilgan esa-da, amalda mutlaqo boshqacha siyosat yuritayotgani oxirgi paytlarda tobora yaqqol ko'zga tashlanmoqda.

Shu jumladan uning oila a'zolariga bo'lgan munosabatida ham mutlaqo o'zgacha yondashuvni ko'rish mumkin.

Marhum prezident o'z kuyovlarini hokimiyatdan qancha yiroq tutgan bo'lsa, joriy prezident o'z kuyovlarini hokimiyatga shuncha yaqinlashtirmoqda.

Shamsiddin To'laganov

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar