O’zbekiston Xalq Harakati

Mujohidlar qishlog'i

Mujohidlar qishlog'i
10 Ocak 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1004 marta o'qildi.

Muallif: A'zam Hoshimiy
Tarjimon: Abu Hafs Turkistoniy

Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari
(18)

1

Mujohidlar qishlog'i

Do'stlarimdan ikkitasi Shahrisabz tomonga jo'nadilar. Men qolgan birodarim bilan Sariosiyo tomon safar etdim.

U erda marhum bobom G'iyosiddin eshonning qabrlari bor edi. Borib qabrlari yonida duo-fotiha qilganimizdan so'ng, kelishgan rejamizga ko'ra tog' tarafga yo'l oldik.

Birmuncha mehnat-mashaqqatlar chekib dara va jarliklardan o'tib bir kattagina qishloqqa etib bordik.

Qishloq ahli pahlavonsifat, bo'ydor va haybatlik kishilar ekan. Qishloq shahardan faqatgina uch kunlik yiroq bo'lsa-da, uning zaminu-osmoni musaffo, islomning nuri jilvalanib turar edi.

Qishloqdagi barcha erkagu-ayol, yoshu-qari namozxon, odoblik va kamgap hamda, avval salom berar edilar. Ayollarga masjidning bir hissasi ajratib qo'yilgan bo'lib, farz namozlarini bojamoat ado etib uylariga tarqalib ketishar edi.

Kunduzi esa bironta ayol ko'zga tashlanmas edi. Masjidning oldida kattagina bir mehmonxona bo'lib, bunda qishloqqa kelgan musofirlar istiqomat etishar, hammalari birgalashib taom eyar edilar.

Yashash sharoitlari nihoyatda sodda bo'lib, ro'zg'or buyumlarini ko'paytirmay bemashaqqat yashardilar.

Masjidning imomi shu qishloqning amiri edi. Namozlardan so'ng yoshu-keksaga ta'lim va tarbiya berishga mashg'ul bo'lar, bemorlarni ko'rgani borar, muolaja ishlarini tartibga solar, ularning issiq-sovug'idan xabar olib turgani odam tayinlar edi. Hayotlari islomiy nizom va tartibda edi. Jinoyatdan esa nomu-nishon ham yo'q edi. Ma'lum bo'lishicha, bu qishloq ahli bobom G'iyosiddin eshonning diniy da'vatlariga qattiq rioya etishar, hozirgi kunda tog'am bilan aloqa qilib turar ekanlar.

10-11 yildan buyon jihod qilib kelayotgan mujohidlarning qarorgohi ham shu erdan boshlanar edi. Qishloqning himoyasi uchun biron-bir aslaha ko'zga tashlanmas edi. Shuning uchun qachon kommunistlar hujum qilsa uylarini tashlab tog'larga chiqib ketishar ekan.

Mujohidlarning haqiqiy qarorgohi “Taxta Qoracha” ning osmono'par tog'lariga joylashgan bo'lib, bu erdan juda uzoq edi.

Ikkalamiz mehmonxonaga tushdik. Kechga yaqin 200 nafar yoshu-keksa kishilar mehmonxonaga yig'ildilar. Yoshi taqriban yuzlarga borib qolgan bir keksa kishi bir quticha ichida varaqalari eskirib yirtilib ketgan bir necha sahifa chiqaradi.

Avval oyati so'ng surai “Falaq” va surai “An-nas”ni so'ng kalimai toyyiba va shahodatni baland ovoz bilan o'qidi. Qolganlar ham bir bo'lib baland ovoz bilan takrorladilar. Qariya eskirgan varaqdagi yozuvlarni turkiy tilda o'qiy boshladi. Uning bir necha satri hozirgacha yodimda saqlanib qolgan.

-“Ey Alloh, biz seni elching Muhammad sollallohu alayhi vasallam vositasi bilan tanidik. Rosuling marhamat etdilarki: ”Faqat seningina hukmingni qabul etamiz, sendan boshqa hech kimga bo'yin egmaymiz, musulmonlarga ozor etkazmaymiz, seni qabul qilguvchilarni, “Robbim” deb bilguvchilarni ehtirom etamiz, kattalarni izzat-ehtirom etamiz, kichkinalarga mehru — shafqat ko'rsatamiz, qo'ni-qo'shnilar haqqini ado etamiz, rizqimizni halollab eymiz, haromdan parxez qilamiz. Ey Alloh, biz rosulingning do'stlarini do'st, dushmanlarini dushman deb bilamiz, o'zimizni esa senga topshiramiz”.

Mehmonxonaga butunlay sukunat cho'mgan edi. Hamma tin olmay eshitib o'tirar edi. Qariya varaqani o'qib tamom qilgandan so'ng hamma o'tirganlar o'rinlaridan turib buzrukka qo'l berib ko'rishib chiqib ketdilar.

Bu yig'in islomiy yashashga ahd etish yig'ini bo'lib, har oyning boshlarida shu kabi majlis qilib to'planishar va biror yoshi ulug' buzrukvorga bu ahdnomani o'qitib eshittirishar, ahdlarini yangilab, haqiqiy musulmon bo'lishga qasd etishardilar.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar