O’zbekiston Xalq Harakati

Sirtidan, shunaqa ko'rinar bari

Sirtidan, shunaqa ko'rinar bari
10 Ocak 2017 - 6:00 'de eklendi ve 923 kez görüntülendi.

Komil O'tar

XAYoL ETMAS MANZILLAR
(26)

Umidsizlik

Sadaqa so'ramas, qo'li yo'q odam,
Soqov qo'shiq aytar, ko'zlari bilan.
Hidsiz gulga o'xshar har ikkisi ham,
Nochorlar dardlari yurakda aslan.

Sirtidan, shunaqa ko'rinar bari…
G'amsizga muhimroq har vajning tashi.
Joyidan yo'qolib qolsaydi zari,
Majruhdan ortardi, uning tashvishi.

Davlatin qaytarib olishlik uchun,
Ko'zini garovga qo'yardi, darrov.
Tilidan kechardi, mol uchun butun,
Qo'lini berardi, ustiga siylov.

Majruhda bo'lsaydi, Qorunning moli,
Bahridan o'tardi, bir tirnoqni deb.
Biroq o'zgarmasdi, taqdir-a'moli,
Dunyoga aldanmas edi andalib…

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

So'nggi xabarlar
İLGİLİ HABERLER