O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonga vizasiz kirish kechiktirildi

O'zbekistonga vizasiz kirish kechiktirildi
09 Ocak 2017 - 21:42 'da yuklandi va 1252 marta o'qildi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev yangi farmoni bilan 27 mamlakat fuqarolariga O'zbekistonga vizasiz kirishga ruxsat berish borasidagi o'zining avvalgi farmonini bekor qildi.

Rasmiy ma'lumotga ko'ra, vizaning bekor qilinishi 2021 yil bahorigacha kechiktiriladi.

Prezident Mirziyoev o'tgan dekabrda qabul qilgan farmoniga binoan joriy yilning 1 aprelidan boshlab 15 mamlakat, hamda yana 12 mamlakatning yoshi 55dan oshgan fuqarolari O'zbekistonga vizasiz safar qilishlari yo'lga qo'yilishi kerak edi.

Yangi farmonda aytilishicha, vizasiz rejimni kechiktirish qaroriga O'zbekistondagi turistik sohani moddiy va texnik jihatdan rivojlantirish, xorijiy sayyohlar va mamlakat fuqarolari xavfsizligini ta'minlash, hamda xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadlari sabab bo'lgan.

2021 yilgacha Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlarida xorijiy sayyohlar uchun ochilishi mo'ljallangan “yashil dahlizlar” va elektron vizalarni tadbiq qilish qarorlari ham kechiktiriladi.

Prezidentning avvalgi qaroriga binoan, 1 aprelidan e'tiboran Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveytsariya va Yaponiya fuqarolari O'zbekistonga bir oy muddatga vizasiz kela olishi ko'zda tutilgandi.

Shuningdek, Bel'giya, Indoneziya, Xitoy, Malayziya, AQSh, Frantsiya, V'etnam, Isroil, Pol'sha, Vengriya, Portugaliya va Chexiya fuqarolari agar 55 yoshga to'lgan bo'lishsa, viza olmasdan O'zbekistonga safar qila olishiga yo'l ochilishi kerak edi.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar