O’zbekiston Xalq Harakati

Mirziyoev MXXni guvohnomalardan jetonlarga o'tkazishni ko'zlayapti

Mirziyoev MXXni guvohnomalardan jetonlarga o'tkazishni ko'zlayapti
10 Ocak 2017 - 8:46 'da yuklandi va 2911 marta o'qildi.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil ichida respublika Milliy Xavfsizlik Xizmati (MXX) da xizmat guvohnomalarini bekor qilib, uning o'rniga xizmat jetonlarini joriy qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda O'zbekiston Xalq Harakati (O'XH) ning hukumatdagi manbalari.

Ularga ko'ra, Mirziyoev bu haqida o'tgan hafta oxirida MXX rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan maxsus yig'ilishda aytib o'tgan. “MXXda xizmat guvohnomalarini bekor qilib, o'rniga xizmat jetonlarini joriy qilish payti keldi. Bu jetonlar faqat favqulodda holatlarda faqat harbiy prokuratura yoki prokuratura xodmlarigagina ko'rsatilishi mumkin bo'ladi. Boshqa odamlarga uni ko'rsatish Xizmatning ichki qoidalari bilan jazolanishi kerak bo'ladi”, deya ta'kidlagan Sh. Mirziyoev.

Prezidentga ko'ra, “xizmat jetonlari tizimga o'tish MXX xodimlari orasida avjiga chiqqan bir yomon odat – guvohnomalarni har kimga ko'rsatib, fuqarolarga tahdid qilish, ularning ish faoliyati va hayotiga noqonuniy aralishish illatiga barham berishdagi ilk qadamlardan biri bo'ladi”.

MXX rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Sh. Mirziyoev: “Kechirasizlar-ku, lekin ohirgi paytlarda MXX xodimlari o'z guvohnomalarini ko'chadagi pistafurushlarga ham ko'rsata boshlashdi”, degan. Bundan tashqari, mamlakat prezidenti MXXda ham virtual hamda real qabulxona ochilishi lozimligini aytib, “oddiy fuqarolarga, ayniqsa, tadbirkorlarga jetonlarini ko'rsatgan mxxchilar ustidan shikoyat qilish uchun xalqimizga imkoniyat yaratish lozim”ligini ta'kidlab o'tgan.

Toshkentdagi manbalarimizning xabar berishicha, Mirziyoevning MXXda jeton tizimni joriy qilishdan ko'zlagan asosiy maqsadi ushbu idora xodimlarini haqiqiy mahfiylik va ko'rinmaslik tamoyillariga qaytarib, xizmatning bevosita asosiy vazifasi – milliy xavfsizlikni ta'minlash – bilan shug'ullanishiga erishishdir.

Hukumatdagi manbalarimizning bildirishicha, Shavkat Mirziyoevning ushbu reja va fikrlari majlisda ishtirok qilgan MXX vakillariga unchalik yoqmagan. “Xizmatda jeton tizimi joriy qilinish mumkinligi haqidagi xabar “chekistlar”ni sarosimaga solib qo'ygan. Bu yangilik ularning Karimov paytidagi oltin davriga nuqta qo'yishi mumkinligidan “kontorachilar” qattiq havotirdalar”, – deyishmoqda Toshkentdagi manbalarimiz.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar