O’zbekiston Xalq Harakati

Prezidentining davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganovga birinchi o'rinbosar tayinlandi

Prezidentining davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganovga birinchi o'rinbosar tayinlandi
10 Ocak 2017 - 11:38 'da yuklandi va 2428 marta o'qildi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 4 yanvar'dagi qaroriga ko'ra, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bog'liq ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha davlat maslahatchisi (Tursunxon Xudoyberganov) ning birinchi o'rinbosari lavozimiga Ruslan Quroltoevich Davletov tayinlandi.

Huquqshunos va iqtisodchi Ruslan Davletov 1980 yil 1 iyun' kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug'ilgan. 2001 yilda Britaniyadagi Varvik universitetini, 2003 yilda Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini, 2007 yilda – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bo'limini va 2010 yilda – O'zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

2001 yildan 2015 yilgacha turli idorlarda, xususan, Monopolyaidan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasida etakchi mutaxassis va bo'lim boshlig'i, Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar Boshqarmasida bosh mutaxassis, Respublika Oliy sudi qoshidagi Sud qonunchiligini liberallashtirish va demokratlashtirish Ilmiy markazida direktor lavozmilarda ishlab kelgan. 2016 yildan joriy yilning 1 yanvarigacha O'zbekiston Adliya vazirining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlab kelayotgan edi.

Prezident devonida tuzilgan yangi tuzilma – Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bog'liq ishlarni muvofiqlashtirish xizmatiga 34 yoshli Ruslan Davletovning birinchi o'rinbosar qilib tayinlanishi O'zbekistonning yangi rahbari Shavkat Mirziyoev e'tiborini nafaqat keksa va tajribali kadrlarga, balki yosh mutaxassislarga ham qaratayotganidan dalolat bo'lishi mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bog'liq ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha davlat maslahatchisi xizmati Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 28 dekabr'dagi farmoni bilan tashkil qilingan edi. Yangi tuzilmaning ilk rahbari qilib 66 yoshli Tursunxon Xudoyberganov tayinlangan edi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Furaro ;

    Ruslan Quroltoevich Davletov 1980 yil tugilgan bulsa 34 yoshmas 36/37 yosh bulishi kerak

    11/01/2017 13:28