O’zbekiston Xalq Harakati

Prezident Mirziyoev MXX va IIV rahbarlarining “safarga kuzatish” iltifotlaridan voz kechganmi?

Prezident Mirziyoev MXX va IIV rahbarlarining “safarga kuzatish” iltifotlaridan voz kechganmi?
10 Ocak 2017 - 14:54 'da yuklandi va 4291 marta o'qildi.

Shaxsi noma'lum qolayotgan siyosatshunos Usmon Haqnazarovning bildirishicha, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev MXX va IIV rahbarlarining “safarga kuzatish” iltifotlaridan voz kechgan. Bu ma'lumotni U. Haqnazarov O'zbekiston Xalq Harakati (O'XH) ga taqdim qilgan va O'XH saytining ruscha bo'limida hozirgina e'lon qilingan yangi maqolasida keltirib o'tgan.

“O narastayuщix protivorechiyax mejdu Mirziyaevym i SNB” (“Mirziyoev va MXX o'rtasida avjiga chiqayotgan kelishmovchiliklar haqida”) degan sarlavhali maqolasining “Otkaz prezidenta ot uslug SBP, Ili s chego vsyo nachalos'?” (“PXX xizmatlaridan voz kechish, Yoxud hammasi nimadan boshlangan edi?”) deb nomlangan bo'limida anonim siyosatshunos shunday deb yozadi:

“Posle izbraniya na post prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyaev nachal osuщestvlyat' vizity v regiony strany s tsel'yu snyatiya s doljnosti prejnix i naznacheniya novyx xokimov oblastey. Pered nachalom etix vizitov predsedatel' SNB Rustam Inoyatov predlojil Mirziyaevu organizovat' v tashkentskom aeroportu publichnye provody prezidenta s uchastiem rukovoditeley dvux silovyx vedomstv (SNB i MVD), kak vo vremena Islama Karimova. Odnako nyneshniy prezident otkazalsya ot takix uslug, skazav, chto rukovoditelyam etix struktur “luchshe sidet' v svoix vedomstvax i zanimat'sya svoimi neposredstvennymi obyazannostyami”. Takoy otvet prezidenta stal dlya glavy uzbekskix spetsslujb polnoy neojidannost'yu”.

Ya'ni, Usmon Haqnazarovning bildirishicha, prezidentni milliy va xorijiy safarlarga kuzatib qo'yish bo'yicha MXX raisi Rustam Inoyatov bergan taklifni Mirziyoev rad qilib, MXX va IIV rahbralariga “idorada o'tirib, bevosita vazifalar bilan shug'ullanish kerak”lgini aytgan. Prezidentning bu javobi utszbek maxsus xizmatlari rahbari uchun tamoman kutilmagan hol bo'lgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar