O’zbekiston Xalq Harakati

Ot choptirib, bayroq bersak

Ot choptirib, bayroq bersak
11 Ocak 2017 - 7:00 'da yuklandi va 1170 marta o'qildi.

MAXDUMQULI

Birinchi kitob

So'ngi tog'i

Jonu jahon So'ngi tog'i,
Tumanlidir beling sening.
G'anim ko'rsa qarshilashar,
Yovmut, ko'klan eling sening.

Yaylovlarda chodir tiksak,
Ot choptirib, bayroq bersak,
Tom otada o'roq o'rsak,
Osh to'kmak xiyoling sening.

Qorabayir soydan kechar,
Qizilbayir ko'ksin ochar,
Muzdek chashma suving ichar,
Shunda turli moling sening.

Turli-tuman o'tlar bitar,
Har darang bir elga ketar,
Xatarlashib karvon o'tar,
Kechar dara yo'ling sening.

Maxdumquli dur sochganda,
Bu davron sendan qochganda,
Ustingdan eling ko'chganda,
Nechuk bo'lar holing sening?

*****

(davomi bor)

Turkmanchadan Maqsud Qurbon o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar