O’zbekiston Xalq Harakati

Vaqt imillar

Vaqt imillar
12 Ocak 2017 - 6:00 'de eklendi ve 944 kez görüntülendi.

Bek Murod

Yillar azobi

To'qsoninchi yillar she'riyati

Dorning ostida

Iymon xavfda qoldi dorning ostida,
Vaqt imillar, musulmonlar qasdida,
Qonli qilich Yurtboshining dastida,
Eshitmaslar, mazlumlarning zorini.

Onalar, boladan ayrilib, yig'lar,
Xotinlar, eridan tul qolib, yig'lar,
Bolalar otasin, so'roqlab, yig'lar,
Tinglamaslar, etimlarning zorini.

Yigitlarda shijoat yo'q, olov yo'q,
Mo'ysafidda siyosat yo'q, siylov yo'q,
Mullolarda to'g'ri so'z yo'q, yalov yo'q,
Eshitmaslar, musulmonning zorini.

Islomdan orqada qoldi, musulmon,
Masofa o'rtada kim necha karvon,
Ayta olmay buni, qiynalar zabon,
So'ramaslar, yuraklarning zorini.

Tili bo'lsa, aytsin, qamoqxonalar,
Qonlar qusdi, bolasin deb onalar,
To'rt yuz yildir, o'zgarmas zamonalar,
Haq tinglamas, o'zbeklarning zorini.

Murod, daryolar ham turg'un bo'larmi?
Cheksiz zulm, tinmas buzg'un bo'larmi?
Qavm-qavmga dushman, g'ash, kin bo'larmi?
Hech kim uqmas, murdalarning zorini.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER