O’zbekiston Xalq Harakati

Inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni yaxshilash ustivor vazifa bo'lishi kerak

Inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni yaxshilash ustivor vazifa bo'lishi kerak
14 Ocak 2017 - 13:12 'da yuklandi va 3492 marta o'qildi.

Qiynoqlarga barham berish, asosiy erkinliklar hurmat qilinishini ta'minlash 2016 yilgi paxta yig'im-terimi mavsumida milliondan ortiq kishi dalaga jo'natildi va og'ir sharoitlarda mehnat qildi.

Hokimiyat almashinuvi masalalarini hal etish va ichki siyosatni belgilashda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatini ta'minlashga o'ta jiddiy e'tibor qaratishi kerak, deya bayonot berdi «H'yuman rayts uotch» 12 yanvarda o'zining 2017 yilgi jahon hisoboti e'lon qilinishi munosabati bilan.

«Markaziy Osiyoda inson huquqlarining ko'pgina jabhalari inqiroz holatidadir, — deydi «H'yuman rayts uotch» tashkilotining Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori H'yu Uil'yamson. — Mintaqa mamlakatlari rahbarlari elitalar o'rtasidagi kurashlar bilan ovora bo'lish yoki o'z hokimiyatini mustahkamlash o'rniga qatag'onlarni bas qilishga intilib, hibsxonalarda qiynoqlarga barham berish, so'z erkinligini ta'minlash va hokimiyatni tanqid qilgani uchun qamoqqa tashlanganlarni ozod etish bilan shug'ullansa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

«H'yuman rayts uotch»ning 687 sahifalik 27-jahon hisobotida 90 dan ortiq mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat tahlil etilgan.

Unda aytilishicha, O'zbekistonda Islom Karimov davrida bosh vazir lavozimini egallab turgan Shavkat Mirziyoevning hokimiyat tepasiga kelishi hozircha mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog'liq ayanchli vaziyat amalda bir qadar yaxshilanishiga umid uyg'otayotgani yo'q. Hokimiyat hali-hamon yig'ilishlar, fikr bildirish va din erkinligini o'ta cheklagan holda fuqarolarni ommaviy nazorat qilmoqda. Siyosiy ayblar bilan qamalgan minglab odamlar panjara ortida qolmoqda, qiynoqlar keng tarqalgan, huquq himoyachilari, muxolifatchilar va jurnalistlar muntazam ta'qib-tazyiqlarga duchor qilinmoqda. 2016 yilgi paxta yig'im-terimi mavsumida milliondan ortiq kishi dalaga jo'natildi va og'ir sharoitlarda mehnat qildi.

Hisobot bilan rus tilida quyidagi ilovada tanishish mumkin: Vsemirnyy doklad 2016: Uzbekistan

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar