O’zbekiston Xalq Harakati

Oramizdagi devorlarni yiqaylik!

Oramizdagi devorlarni yiqaylik!
26 Ocak 2017 - 13:08 'da yuklandi va 2275 marta o'qildi.

Turkiyaning “YeniBirlik” gazetasi muhbiri Samo Sezen (Sema SEZEN) reportaji

Qirg'izistonni siyosiy, iqtisodiy va jamiyat sohalarida inqirozga etaklagan mavjud hukumatning o'z ishini etarli darajada bajarmayotganligi sababidan qurilgan Ko'lka hukumatning Tashqi Ishlar vaziri Tursunboy Bakir Ulu, turk davlatlari orasida Turkiya Jumhuriyatining yo'lboshchi ekanligini bildirib, “Turkiya bilan ittifoq qurishga harakat qilayapmiz”, deya ta'kidladi.

Qirg'isiton Ko'lka hukumatining Tashqi Ishlar vaziri Tursunboy Bakir Ulu, Sanoat vaziri Jorasul Abduraimov, Bosh vazir Marat Imonqulovlardan iborat hay'at muzokaralar uchun Turkiyaga keldi. Tashqi Ishlar vaziri Tursunboy Bakir Ulu jurnalistlarga bergan intervyusida, “Ko'lka hukumatni qurgach ilk bayonotimiz shu bo'ldi: Biz Qirg'iziston hukumatiga muxolif emasmiz, hukumatga kamchiliklarni ko'rsatish niyatidamiz. Biz ular uchun ishlashni istaymiz deya o'z taklifimizni kiritdik. Agarda iqtidorga kelmoqchi bo'lsak, huquqiy yo'l bilan, shunga loyiq holda kelishimiz kerak. Hozirda hukumat o'z vazifasini bajarmayapti, kamchiliklar juda ko'p”, deb ta'kidladi.

“Qon to'kilishining oldini olishni istaymiz”

Tursunboy Bakir Ulu hozirgi mavjud Qirg'iziston hukumatining, professionallar tomonidan boshqarilmayotganligini aytib siyosatchilarning o'z klanlari ichidagi kishilardan iborat ekanligi aytgan Bakir Ulu, “Qirg'iziston xalqi va davlati 3-inqilobni ko'tara olmaydi. Qirg'iziston bunday bir yukni ko'taraolmay, hatto o'z mustaqilligini ham yo'qotishi mumkin. Qirg'iziston davlati misilsiz yo'qotishlarga duch kelishi mumkin. Qon to'kilishining oldini olishni istaymiz. Shu sababdan Qo'lanka hukumatini quraroq tidbir olishni afzal bildik. Ko'lka hukumatimizda har sohadan siyosiy mutaxassislar bor. Ayirmachilikka qarshimiz. Ko'lka hukumati bitimini imzolagach vatansevarlarga saslanib, har kimga eshigimiz ochiq ekanligini bildirdik.

Mavjud hukumat bilan Qirg'izistonning taraqqiyotga erishish mumkin emas. Hukumat vaziyatdan chiqish yo'lini bilmaydi. Xalq o'z hukumatiga ishonmaydi. Bu qo'rqinchli bir holat. Biz qo'shnilarimiz va avvalo Turkiya bilan ittifoq qurishga harakat qilayapmiz. Qirg'iziston uzoq o'lkalarga vizasiz, yaqin qo'shni davlatlarga esa viza bilan bora oladi. Bu holatni eng avvalo bartaraf qilishimiz kerak. Oramizda ham qardoshlik bog'i bor ham-da viza… Oramizdagi devorlarni yiqaylik!”, dedi.

TURSUNBOY BAKIR ULU
(Qirg'iziston ko'lka hukumatining Tashqi Ishlar vaziri)

“Bu muqaddas birlikni tiklaymiz”

Markaziy Osiya turk jumhuriyatlari jo'g'rofiy o'laroq ikki buyuk davlat Rusiya va Xitoyning orasida va ularning bevosita ta'sir maydonidagi o'lkalardir. Shu bois, bizning mintaqamiz turli siyosiy o'yinlar va siyosiy fitnalarga sahna bo'lib turadi.

Tashqi kuchlar uchun qon qardosh xalqlarimiz o'rtasida nizo keltirib chiqarish juda oson. So'nggi 30 yil ichida Qirg'izstonda yuz bergan etnik to'qnashuvlarning kelib chiqishida o'sha tashqi kuchlarning katta hissasi bor.

Bugun hech ikkilanmay shuni aytish mumkinki, “qirg'iz o'zbekni, o'zbek qirg'izni o'ldirdi” degan taassurot qoldirish uchun o'zbekni ham qirg'izni ham maxalliy xalq qiyofasiga burkangan tashqi kuchlarning agentlari o'ldirgani bugun bizga ma'lum.

Biz qurgan “Ko'lka hukumat” birinchi navbatda ana shunday fitnalarning oldini olish uchun va qon-qardosh xalqlarimizning birligini muxofaza etish uchun qurildi.

Keng ma'noda bu hukumat butun Turkiston jug'rofiyasida yashayotgan butun qavmlarning bir yoqadan bosh chiqarib Turk Dunyosi integratsiyasiga ilk odimlarni otib, ilk tashabbuslarni boshlash niyatida qurildi.

Ularda bugungiday maxalliychilik yo'q edi

Bu ishda biz Turkiston tarixidan, xususan Qo'qon Muxtoriyati quruvchilari bo'lgan ajdodlarimizdan ilxom olmoqdamiz. Bilasiz, 1917 yil noyabrda qurilgan ilk davlatimiz Turkiston (Qo'qon muxtoriyati) hukumati a'zolaridan bir qozoq turki (Mustafo Cho'qay), ikkinchisi o'zbek turki (Mahmydxo'ja Behbudiy), uchunchisi qirg'iz turki (Muhamamadjon Tinishbaev) edi.

Ularda bugungiday maxalliychilik yo'q edi. Jadidlardagi birlik ruhi bugun bizning qalblarimizni isitmoqda. Va inshaolloh, biz o'z vatanimiz Turkistonda bu muqaddas birlikni, chinakam qardoshlikni o'rnatamiz deb qurdik bu «Ko'lka hukumat»ni.

Muhamad Solihning tajribasidan foydalandik

Shu qatorda men shaxsan Turkiston xalqlarining birligi uchun yillarcha o'z maqolalari va siyosiy chiqishlari bilan bizga o'rnak bo'lib kelayotgan Turk dunyosi oqsoqollaridan Muhammad Solihning buyuk xizmatlarini aytib o'tmasam bo'lmaydi.

Muhammad Solih hayotidagi butun mashaqqatlariga qaramay o'z g'oyalaridan zarracha chekinmagan bir idealist o'laroq, kitoblari bilan juda ko'p yoshlarni Turkiston ruhida tarbiyaladi. Faqat O'zbekistonda emas, balki butun G'arbiy Turkistonda.

Janubiy Qirg'izistonda qirg'iz va o'zbeklarning orasida chinakam qardoshlik munosabatlarining yangidan insho etilishida ham Muhammad Solih biz bilan birga o'zbeklar ichidagi obro'sini ishga solib, o'sha do'stlikni mustahkamlash uchun  g'ayrat ko'rsatmoqda. Holbuki, uning Janubiy Qirg'iziston aholisi o'rtasidagi obro'si judda katta.

Turkiston ruhi bilan yo'g'rilgan “Ko'lka hukumatimiz” qurilishida ham Muhamad Solihning maslaxatlari va tajribasidan keng foydalandik.

MARAT IMONQULOV
Qirg'iziston Ko'lka hukumati Bosh vaziri

“Turk yotirimchilarini (investorlarini) biz himoya qilamiz”

Qirg'iziston Ko'lka hukumati Bosh vaziri Marat Imonqulov, toza siyosatchilardan iborat bir hukumatga ehtiyoji borligini ta'kidlar ekan, Turkiyadan keladigan yotirimchilarning jon va mol xavfsizligini shaxsan Ko'lka hukumat himoya qilishini aytdi.

Imonqulov, “Biz uchun eng muhimi yotirimchilarni himoya qilish bo'ladi. Yotirimchilar bo'lmasa iqtisod rivojlanmaydi. Biz ularning ishlashi uchun qulay sharoitlarni yarataylik-ki yotirimchilar daromad olsin va bizning jamiyatga foyda keltirsin. Ishonamanki Ko'lka hukumatning sa'y-harakati bilan ishonch ortadi va yotirimchilar Qirg'izistonga yanada ko'proq kelishadi”, dedi.

NURQUL SULAYMONOV
Qirg'iziston Ko'lka hukumati Transport vaziri

“Temiryo'l loyihasi chegaralarni ochadi”

Ko'lka hukumatning Transport vaziri Nurqul Sulaymonov, O'rta osiyoni bir-biriga bog'lagan temiryo'l loyihasi haqida so'zlab, bu loyihaning iloji boricha tezroq  amalga oshirilishi kerakligini ta'kidladi.

Sulaymonov, “Ipak yo'li o'tgan mintaqalarda chala qolgan temiryo'l loyihasi bor. Bu temiryo'li Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Eron, Turkiya va Xitoyni transport bilan bir-biriga bog'lay oladigan bir loyihadir. Bu loyiha bilan mamlakatlar orasidagi transport aloqasini osonlik bilan yo'lga qo'yish va import-eksport jarayonini engillashtirish mumkin. Bu masala bir muhokama mavzusiga aylandi. Mamlakatlar temiryo'li borasida faqatgina muhokama holidalar, ammo loyihani bitirish tomon qadam qo'yilgani yo'q. Xitoy va Eron bu loyihaga mablag' ajratishini aytdi, lekin masala muhokamadan nari o'tmadi. Biz bu masalada ish olib borish niyatidamiz. Qo'shnilarmiz bilan birgalikda ish oqimini yo'lga qo'yish uchun eng muhim loyihalardan biri bo'lgan temiryo'li qurilishini tezlashtirishimiz kerak”, dedi.

JORASUL ABDURAIMOV
Qirg'iziston Ko'lka hukumati Sanoat vaziri

“Keling Qirg'izistonni birgalikda quraylik”

Qirg'iziston Ko'lka hukumati Sanoat vaziri Jorasul Abduraimov, “Hozirgi hukumat odamlarining sanoat bilan hech qiziqishi yo'q. Bizning maqsadimiz Turk mafkurasini shakllantirib, sanoatda birgalikda ilgari qadam qo'yishdir”, deb, shunday davom etdi.

“Ko'lka hukumatning shunday samarali mexanizmlarini qurish kerakki muammolarni echa olish salohiyatiga ega bo'lsin. Turkiyaning qurilish, qishloq xo'jaligi va sanoat sohasida juda kuchli shirkatlari bor. Judayam ilg'or texnologiyalarga sohib. Iqtisod sohasida qo'limda yuzdan ortiq loyiha bor. Qirg'izistonning qaysi erida qanday ishlarni amalga oshirish mumkinligi saralab qo'yilgan, faqatgina yotirimchisini kutayapti. Ko'lka hukumat sifatida Turk tadbirkorlari bilan bitim tuzib, ularni ish bilan ta'minlay olamiz. Boshqa tarafdan xalqimiz bilan bir qatorda Turk yotirimchilarining ham ishonchini qozonishimiz kerak. Bir o'lkada iqtisodning yaxshi bo'lishi uchun sanoat rivojlanayotgan bo'lishi kerak. Ammo Qirg'izistonda 25-26 yil davomida sanoat qariyb vayron qilindi. Bu sohada juda ham zaifmiz. Yangi yotirimchilar yordamida qaytadan sanoatni tiklashni istaymiz va ustuvorlikni albatta Turk yotirimchilariga beramiz. Ko'lka hukumati uchun muhim vazifa esa yotirimchilarning jon va mol xavfsizligini ta'minlashdir. Turk yotirimchilariga murojaat qilaman: Keling Qirg'izistonni birgalikda kuraylik, birgalikda rivojlantiraylik. Qirg'izistonda yuzlab kilometr erlar va loyihalar amalga oshirilishni kutyapti.”

Qirg'iziston Ko'lka hukumati a'zolari bilan Turk yotirimchilari, biznesmenlar uchrashuvi

Turkiyaning “YeniBirlik” gazetasi muhbiri Samo Sezen (Sema SEZEN) reportaji

Manba: YeniBirlik

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar