O’zbekiston Xalq Harakati

Qirg'izistonda Ko'lka hukumat qurildi

Qirg'izistonda Ko'lka hukumat qurildi
27 Ocak 2017 - 11:36 'da yuklandi va 2312 marta o'qildi.

Qirg'izistonda ortib borayotgan siyosiy va iqtisodiy muammolar muxolif partiyalarni birlashishiga sabab bo'ldi. 2 hafta avval Ko'lka hukumat qurgan 3 muxolif partiyaning liderlari o'zlarining ilk ziyoratlarini Turkiyaga amalga oshirdilar. Xalqning 95 foizini bu birlikka ijobiy qarashini ta'kidlagan Ko'lka hukumat Bosh vaziri Marat Imonqulov, “Turkiyaning FETÖ masalasidagi maslahat va ogohlantirishlarini diqqatga olish lozim deb o'ylaymiz”, dedi.

Qirg'izistondagi mavjud iqtisodiy va siyosiy muammolar, muxolif partiyalarni harakatga kechirdi. Qirg'iziston prezidenti Olmosbek Otamboevning bir muddat ko'rinmay qolgani va o'lkadagi chuqurlashgan inqiroz natijasida 12 yanvar kuni muxolif 3 partiyadan siyosatchilar birlashib Ko'lka hukumat qurildi. Oktyabr oyida bo'lib o'tadigan saylovlardan oldin o'z faoliyatini tezlashtirgan Ko'lka hukumat, ilk ziyoratini ham Turkiyaga amalga oshirdi.

FETÖ bizning ham dushmanimiz

Ko'lka hukumatning Bosh vaziri deb e'lon qilingan, Qirg'iziston Xavfsizlik xizmati boshlig'ining sobiq o'rinbosari, sobiq Milliy Xavfsizlik qo'mitasi boshlig'i, Xalqaro Terrorizmga qarshi kurash qo'mitasi boshliq o'rinbosari va Toza Qirg'iziston partiyasi lideri general Marat Imonqulov, “Qirg'izistonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tartibsizliklarning oldini olish uchun kurash olib boramiz. Terrorizmga qarshi kurash ustivor vazifamiz. FETÖ Turkiyaga ham bizga ham dushmandir. Bizga katta zarar etkazmasdan avval oldini olishimiz lozim. Turkiyaning FETÖ masalasidagi maslahat va ogohlantirishlarini diqqatga olish lozim deb o'ylaymiz”, dedi.

Qon to'kilishiga izn bermaymiz

Qatar va Malayziyadagi sobiq Qirg'iziston elchisi, Qirg'izistonning “Erk” partiyasi lideri va Ko'lka hukumatning Tashqi Ishlar vaziri Tursunboy Bakir Ulu esa Qirg'izistonning uchinchi inqilobni ko'tarolmasligini ta'kidlab, “Qirg'iz xalqiga ovozimizni eshittirdik. Xalqning 95 foizi bizga ijobiy boqmoqda. Qirg'izistondagi barcha etnik guruhlar bilan barobar harakat qilamiz. Qo'shnilarimiz bilan ham devorlarni yiqishimiz lozim. Qirg'izistonning Turkiya bilan munosabatlarini rivojlanishiga ishonamiz. Yangi siyosatimizni bir millat mafkurasi ustida quramiz. Shimoliy va Janubiy Qirg'izistonning vakillari sifatida birlashtik”, dedi.

Sanoatdagi hamkorlikni rivojlantirish zarur

Qirg'izistonda uzoq muddat mudofaa sanoatiga xizmat qilgan zavodlarning bosh direktori bo'lgan, Ko'lka hukumatning Sanoat vaziri Jorasul Abduraimov esa, “Teri, poyafzal, gazlama borasida qo'limda 100 dan ortiq loyiham bor. Qaerda qanday ishlar olib borish mumkin. Turk tadbirkorlari bilan hamkorlik qilishimiz lozim. Chunki sanoat qanchalik kuchli bo'lsa, shu darajada qudratli bo'lasan”, dedi.

Ko'lka hukumatning Transport vaziri Nurqul Sulaymonov ham samarali mexanizmlar qurish ustida ish olib borayotganliklarini ta'kidladi. Sulaymonov, “Qirg'iziston faoliyat boshlanishini kutayapti. Turkiya va qo'shnilarimiz bilan birlashishni istaymiz. Xalqaro temiryo'li loyihasi to'xtatildi. Eski Ipak yo'li loyihasi Qirg'iziston va mintaqa uchun juda foydali bo'ladi. Bu kun tartibimizdagi birinchi masala bo'ladi”, dedi.

Qardoshligimizga yo'lboshchi bo'lmoqda

Qirg'iziston “Erk” partiyasi lideri Tursunboy Bakir Ulu Qirg'iziston jo'g'rofiy joylashishi sababidan turli siyosiy va etnik kurashlarga sahna bo'lib kelayotganini ta'kidladi.  “Qirg'izistonda yuz bergan etnik to'qnashuvlarning kelib chiqishida tashqi kuchlarning katta hissasi bor. “qirg'iz o'zbekni, o'zbek qirg'izni o'ldirdi” degan taassurot qoldirish uchun o'zbekni ham qirg'izni ham maxalliy xalq qiyofasiga burkangan tashqi kuchlarning agentlari o'ldirgani bugun bizga ma'lum. Qon-qardosh xalqlarimizning birligini muxofaza etishni istaymiz. Turkistonda bu muqaddas birlikni, chinakam qardoshlikni o'rnatish niyatidamiz. Turkiston xalqlarining birligi uchun bizga o'rnak bo'lib kelayotgan, Turk dunyosi oqsoqollaridan Muhammad Solihning buyuk xizmatlarini aytib o'tmasam bo'lmaydi. Janubiy Qirg'izistonda qirg'iz va o'zbeklarning orasida chinakam qardoshlik munosabatlarining yangidan insho etilishida ham Muhammad Solih biz bilan birga o'zbeklar ichidagi obro'sini ishga solib, o'sha do'stlikni mustahkamlash uchun  g'ayrat ko'rsatmoqda”, dedi.

“Yeni Şafak” muhbiri Hamdi Qo'cho'g'li (Hamdi Koçoğlu)

Manba: yenisafak.com

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar