O’zbekiston Xalq Harakati

Qirg'iziston muxolifati etakchisi O'murbek Tekebaev korruptsiya va firibgarlikda ayblanib hibsga olindi

Qirg'iziston muxolifati etakchisi O'murbek Tekebaev korruptsiya va firibgarlikda ayblanib hibsga olindi
26 Şubat 2017 - 17:05 'da yuklandi va 2033 marta o'qildi.

Qirg'iziston “Ata-Meken” parlament fraktsiyasining lidieri O'murbek Tekebaev 26 fevralga o'tar tunda Avstriyaga xizmat safaridan qaytganida Bishkek xalqaro aeroportida qo'lga olindi. Qirg'iziston bosh prokuraturasi bir kun oldin O'murbek Tekebaevga qarshi jinoyat ishi qo'zg'atilganini ma'lum qilgandi. Siyosatchi korruptsiya va firibgarlikda ayblanmoqda. Ushbu xabarning rus tilidagi matni chop etilgan paytda uning qamalganiga ikki soatdan oshgan, biroq advokatlar Tekebaevning oldiga qo'yilmagan edi.

O'murbek Tekebaevni javobgarlikka tortish bo'yicha yozma ariza bilan Rossiyaning qator telekommunikatsiya kompaniyalarining egasi Leonid Maevskiy murojaat qilgan. Uning iddaosiga ko'ra, Tekebaev 2010 yilda Qirg'iziston muvaqqat hukumati raisining o'rinbosari bo'lib ishlagan paytda unda bir million dollar olib, biznesda imtiyozlar yaratib berishga va'da qilgan. Bosh prokuratura ta'kidlashicha, keyinchalik Tekebaev Maevskiyga “otkat” evaziga uyali aloqa operatorini sotishga va'da qilgan, biroq va'dasida turmay, olingan pullarni qaytarishdan bosh tortgan.

O'murbk Tekebaevning o'zi mahalliy jurnalistlarga bu ishlarning hammasi siyosiy intiqom deb atadi. U “24.kg” axborot agentligiga hech qachon hech kimdan bir million dollar so'ramaganman va olmaganman, deb bildirdi. Unga ko'ra, oldinroq Qirg'iziston prezidenti 2016 yil konstitutsiyaviy islohotlarga qarshi chiqqanlarni ko'p marotaba “xalq dushmanlari” deb atagan. Endi bo'lsa Almazbek Atambaev bu islohotga qarshi chiqqanlarning hammasini daf qilishga urinmoqda.

“Leonid Maevskiy bilan tanishmisiz?” degan savolga O'murbek Tekebaev “Qirg'izistonga o'sha paytda juda ko'p odamlar kelishgan, juda ko'pchilik muvaqqat hukumat bilan uchrashgan. Ehtimol bu odam ham mening oldimga kirgan bo'lishi mumkin. Esimda yo'q. Biroq men undan va boshqa odamlardan hech qanaqa millionlarni so'ramaganman”, – deya qayd etib o'tgan “Ata-Meken” rahbari.

Biz Tekebaevning sobiq safdoshi, muvaqqat hukumatning a'zosi bo'lgan Edil Baysalovdan vaziyatni sharhlab berishni so'radik.

“Qirg'izistondagi vaziyat nazoratdan tashqariga chiqib ketishi mumkin. Atambaevning bilan Tekebaev o'rtasidagi mojaro avjiga chiqib ketdi. Rostini aytsam, bu ikki eski inqilobiy o'rtoq o'rtasidagi janjal xalqimizni qiziqtirmaydi. Qirg'izistonliklar kuzda o'tadigan saylovlar natijasida hokimiyat tinch yo'l bilan navbatdagi qo'lga o'tishini istaydilar va shuni talab qilmoqdalar. Endi bo'lsa, Putinning tashrifi arafasida Atambaevning maslahatchilari shunaqangi iflos ishni uyushtirdilar. Tekebaevning gunohlardan pok degan fikrlardan yiroqman, agar uning aybi tasdiqlansa, unga qarshi eng qattiq jazo berilishini talab qilamiz biroq, hozirgi fursatda biz prezident Atambaevga murojaat qilib aql bilan ish tutishni hamda vaziyatni izdan chiqishiga yo'l qo'ymaslikka chaqiramiz. Atambaevning asosiy vazifasi – prezidentlik saylovlarini o'tkazish! Tekebaevni uy qamog'iga o'tkazib qo'yishlari kerak!” – dedi siyosatchi Edil Baysalov “Farg'ona” axborot agentligiga.

Manba: “Farg'ona”AA

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar