O’zbekiston Xalq Harakati

Azimov Turkiyaga sarmoya istab keldi, turk shirkatlari esa O'zbekistonga pul kiritishga oshiqmayapti

Azimov Turkiyaga sarmoya istab keldi, turk shirkatlari esa O'zbekistonga pul kiritishga oshiqmayapti
28 Şubat 2017 - 16:44 'da yuklandi va 1832 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Anqara rasmiylari va tadbirkorlari bilan uchrashuvlarni davom ettirmoqda. Ushbu muzokaralardan bevosita xabardor shaxsning “Ozodlik” radiosiga aytishicha¸ Mirziëevning katta sarmoya va kredit bilan qaytish topshirig'ini bajarishga kelgan Azimov delegatsiyasi hozircha konkret natijaga erisha olmagan.

“Maqsad – investitsiya¸ investitsiya va yana investitsiya”

“Safar yaxshi davom etayapti. Kecha prezident Erdo'g'on bilan uchrashuv juda chiroyli o'tdi. O'zbek-turk munosabatlari qayta tiklanayapti¸ deyish mumkin”¸ deydi Istanbuldagi muzokaralarga aloqador o'zbek mulozimi.

Ma'lum bo'lishicha¸ O'zbekiston delegatsiyasi Turkiyaga beshta konkret yo'nalishda sarmoya jalb qilish rejasida natija istab kelgan.

“Birinchisi¸ Turkiyadagi yirik farmatsevtika shirkatlari bilan qo'shma korxonalar tuzish taklifi. “Dori-darmon” rahbari shu maqsadda delegatsiyaga kirgan. Qolgan yo'nalishlar¸ teri-galantereya¸ ximiya va aniqrog'i¸ maishiy ximiya¸ shuningdek, to'qimachilik sohasidagi yirik turk shirkatlari investitsiyasini O'zbekistonga jalb qilish taklifi bilan kelishgan. Mirziëev har kun tungi soat 11 da vazir va elchilar bilan selektor qilib¸ bugun qancha sarmoya topding¸ kim kelayapti¸ deb qattiq so'roq-javob qilayapti. Shunga Azimov nima qilib bo'lsa ham turklarni sarmoya kiritishga ko'ndirishga urinmoqda”¸ dedi Ozodlik bilan suhbatda muzokaralardan yaxshi xabardor mulozim.

27 fevral' kuni turk tadbirkorlari assotsiatsiyasida O'zbekiston hukumatining investitsion dasturi taqdim qilingan va Toshkent delegatsiyasi mamlakatda xorij sarmoyasi uchun muhitning yaxshilangani¸ xususan¸ bir qator yangi erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilaëtganini batafsil tushuntirgan.

“Karimovdan qolgan muz tog'lari hali erimagan”

Turk rasmiylari va ishbilarmonlari bilan so'zlashuvlar iliq o'taëtganiga qaramay¸ hozircha na Anqara hukumati va na turk shirkatlari O'zbekistonga kredit berish ëki sarmoya kiritish so'roviga aniq javob bergan.

O'zbekiston rasmiylari¸ turk sarmoyadorlari uchun hech qanaqa muammo bo'lmasligi¸ viza¸ konvertatsiya haqlari kafolatlanishi¸ erkin iqtisodiy hududlarda boj va soliq imtiëzlari berilajagini qayta-qayta ta'kidlashiga qaramay¸ hozircha Azimov Toshkentga quruq qo'l bilan qaytadigan ko'rinadi¸ deydi manbalar.

“Oldingi prezidentdan qolgan juda kuchli stereotiplar bor. Turklar bu gaplardan keyin O'zbekistonga yugurib ketaëtgani yo'q. Bunga hali ancha vaqt – ancha mehmonga borishlar¸ osh eb¸ ziërat qilishlar kerak bo'ladi. Yirik turk shirkatlaridan sarmoya so'rab har hafta qaysidir mamlakatdan delegatsiya keladi. U ëg'i Afrika¸ bu ëg'i Suriya va boshqa arab davlatlari¸ bolqondagilar¸ hammasi ber-ber deb keladi. Bitta farqimiz¸ bular Markaziy Osië¸ O'zbekistonni ota yurtim deb biladi va shunga biroz qiziqishi bor¸ xolos”¸ deydi “Ozodlik” radiosi bilan suhbatlashgan o'zbek delegatsiyasiga yaqin mulozim.

Turk sarmoyadori nega O'zbekistonga qaytishga shoshilmayapti?

2003 yilda O'zbekistonda faoliyat boshlagan Güneş Tekstil shirkati 2011 yilda og'ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanishi ortidan¸ 60 million dollarlik sarmoyasini tashlab¸ mamlakatni tark etishga majbur bo'lgan turk shirkatidir.

Toshkentda Turkuaz supermarketlar tizimi ochgan bu shirkat 2013 yildan beri O'zbekiston hukumati ustidan qator xalqaro arbitraj mahkamasiga arz qilgan va joriy yil oxiriga qadar bu mahkamalarning qaror chiqarishini kutmoqda.

Güneş Tekstil sohibi Vohid Gunesh¸ 27 fevral' kungi turk-o'zbek investitsion forumiga taklif qilingani¸ ammo unga bormaganini ayta turib¸ Azimov safaridan so'ng turk sarmoyasining O'zbekistonga qaytishiga ishonchsizlik bildirdi:

– Bu gapni qayta-qayta aytishim mumkin – turk sarmoyasi O'zbekistonga yaqin orada bormaydi. Ularning hammasi Karimovga ishonib O'zbekistonga pul ëtqizganlarning holi nima bo'lganini yaxshi biladi. Bugun Azimov kelib¸ hamma aybni marhum Karimovga to'nkab¸ buëg'i zo'r bo'ladi¸ deb va'da beraverishi mumkin¸ ammo unga hech kim ishonmaydi. Ishonch qayta tiklanishi uchun¸ Karimovdan qolgan siësat¸ biznes¸ iqtisod tizimi o'zgarishi kerak. Bunaqa o'zgarish esa¸ hozircha ko'rinmayapti¸ dedi “Ozodlik” radiosi bilan 28 fevral' kungi suhbatda Gunesh.

Turk sarmoyasining O'zbekistondagi shonsiz tarixi

1991 yilda O'zbekiston davlat mustaqilligini birinchi bo'lib tan olgan Turkiya hukumati bo'lsa¸ bu mamlakatga birinchilardan bo'lib sarmoya olib kirganlar ham aynan turk shirkatlari bo'lgan edi.

Turkiyadagi eng yirik biznes gurhlaridan sanalgan Koç Holding 1996 yil noyabrida O'zbekiston hukumati bilan qo'shma korxona tuzish kelishuvini imzolab¸ Samarqandda avtobus va yuk mashinasi ishlab chiqaruvchi SamKochAvto zavodi qurishni boshlagan edi.

1999 yil 19 mart kuni 100 million dollarlik turk sarmoyasiga qurilgan bu zavod ochilishida Turkiya Bosh vaziri Sulaymon Demiral va o'shandagi prezident Islom Karimov qatnashgan va har ikkala rahbar o'z ma'ruzasida O'zbekistonda 300 dan oshiq o'zbek-turk qo'shma korxonasi ishlaëtgani¸ 20 dan oshiq yirik turk shirkati sarmoya kiritganini tilga olgan edi.

Ammo 2006 yil oktyabriga kelib¸ jamoatchilikka ochiqlanmagan sabablarga ko'ra¸“O'zavtosanoat” Koç Holding hissasini o'ziga olib¸ zavodni “SamAvto” deb qayta nomlagan va uni boshqa xorij investorlari (yapon¸ koreys¸ nemis) savdosiga qo'ygan edi.

O'zbekistonga sarmoya kiritgan boshqa turk shirkatlarining gullagan davri ham Koç Holdingnikidan uzoqqa cho'zilmadi – Toshkent-Anqara siësiy munosabatlari sovuqlashgan sayin¸ O'zbekistonga kirgan aksar turk shirkatlari ham birin-ketin turli jinoiy ayblovlar bilan ëpilib¸ mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar