O’zbekiston Xalq Harakati

“Ata Meken”: Bishkek yaqinida qulagan samolyotdagi yuk Atambaevga tegishli bo'lgan

“Ata Meken”: Bishkek yaqinida qulagan samolyotdagi yuk Atambaevga tegishli bo'lgan
01 Mart 2017 - 15:01 'de eklendi ve 1746 kez görüntülendi.

(Suratda: “Ata Meken” partiyasi yuristi aytgan hujjatning tarjima nusxasi. 2017 yil, 1 mart.)

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha. Qirg'izistondagi parlamentidagi «Ata Meken» fraktsiyasi rahbari O'murbek Tekebaevning qo'lga olinishi Kiprdan topilgan ma'lumotlar bilan bog'liq. Bu haqda “Ata Meken” partiyasi yuristi Taalaygul Toktakunova Bishkekda bo'lgan matbuot anjumanida bayonot berdi.

Uning so'zlariga qaraganda, Kiprga qilgan safari chog'ida Tekebaev Bishkek yaqinida qulab tushgan «Boing-747» yuk samolyotiga daxldor muhim hujjatlarni qo'lga kiritgan. Uning aytishicha, Tekebaev bu ma'lumotlarni e'lon qilishga ulgurmagan. «Ata Meken»ning huquqshunosiga ko'ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu hujjatlarni Tekebaevdan birinchi bo'lib olish uchun uni aeroportda qo'lga olishgan. Unga hatto advokatni ham yaqinlashtirishmagan. Hujjatlarda Turkiyaning “O'ta maxfiy” degan maxsus yozuvi bo'lgan.

Toktakunovaning xabar qilishicha, hujjatlarda 16 yanvar' ertalab qulab tushgan samolyotdagi yuk Almazbek Atamboev va uning turmush o'rtog'iga tegishli ekanligi aytiladi. U erda elektronika, qimmatbaho metallar va toshlar bo'lgan.

Uning aytishicha, bu hujjatlar faqat deputatlar komissiyasiga taqdim etiladi. Huquqshunoslarga ko'ra, Tekebaev Kipr va Venaga qilgan safari mobaynida qulab tushgan «Boinga-747» samolyotidagi yuk haqida ma'lumotlarni olgan.

Qirg'iziston prezidenti ma'muriyati axborot-siyosat bo'limi mudiri Almaz Usonov “Ata Meken” partiyasi yuristining bayonotini g'irt yolg'on, deb baholadi. Bu haqda Azattiq radiosi xabar qildi.

Eslatib o'tamiz, 13 fevral' kuni Tekebaev prezident Almazbek Atamboevning Kipr sohillaridagi mulki haqida ma'lumot topganligini aytgan edi. Siyosatchi yaqin kunlarda jamoatchilikka batafsil ma'lumotlarni taqdim etishini aytgan. Shu kunning o'zidayoq Atamboev Bosh prokuraturaga Tekebaev tomonidan aytilgan ma'lumotlarni tekshirish va chora ko'rish uchun buyruq bergan.

O'murbek Tekebaev 27 fevral' kuni Pervomayskiy tuman sudi qarori bilan DMXQ izolyatoriga ikki oyga qamalgan. U rossiyalik tadbirkor Leonid Maevskiy arizasiga binoan qo'lga olingan. Maevskiy o'z arizasida 2010 yili Tekebaevga “Megakom” kompaniyasining aktsiyalarini sotib olishda yordam berishi uchun bir million dollar berganligini yozgan.

Tekebaev 26 fevral tongida Istanbuldan uchib kelgan chog'da “Manas” aeroportida qo'lga olinib, 48 soatga hibsga olingan edi.

1 mart kuni Qirg'iziston parlamentida Davlat milliy xavfsizlik qo'mitasi (DMXQ) rahbari Abdil Segizbaev va bosh prokuror Indira Joldubaevalarning «Ata Meken» fraktsiyasi rahbari O'murbek Tekebaev ishi bilan bog'liq holat yuzasidan ma'lumotlarini tinglandi.

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER