O’zbekiston Xalq Harakati

Zimom ibn Sa'laba voqeasi

Zimom ibn Sa'laba voqeasi
04 Mart 2017 - 9:00 'de eklendi ve 1133 kez görüntülendi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 150
(davomi)

ZIMOM IBN SA'LABA VOQEASI

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan Madina masjidida o'ltirgan edilar. Shu orada sahro badaviylaridan sochlari xurpaygan bir kishi kelib masjid oldida to'xtadi va tuyasini cho'ktirdi. Uning tovushi g'o'ng'irlab chiqib tursa ham, nima degani tushuniksiz edi. U masjidga kirdi va:

— Abdulmuttalib o'g'li Muhammad qimdur? — deb so'radi.

Sahobalar Rasulullohni ko'rsatdilar ersa, yaqin kelib o'ltirdi. So'ngra:

— Ey Muhammad, men sendin bir necha so'z so'ramoqchidurman, so'zimni suyakka etkizib qattiqlik bilan so'rayman, yana ko'nglingga og'ir olmagil, — dedi.

Rasululloh:

— Nima xohlasang, shuni so'ragil, — dedilar.

— Xudoning haqqi seni barcha insonlarga Payg'ambar qilib Alloh yubordimi? — dedi.

Rasululloh:

— Shundoqdir, meni Alloh taolo butun insonlarga Payg'ambar qilib yubordi, — dedilar.

Yana ul aytdi:

— Alloh haqqi, bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz o'qimoqqa Alloh buyurdimi?

Rasululloh:

— Albatta shundoqdur, Alloh buyurdi, — dedilar.

— Yana ul Alloh haqqi-hurmati bilan so'rayman, zakot bermakni, bir yilda bir oy ro'za tutmakni va haj qilmoqni Alloh buyurdimi, — dedi ul.

— Ha, Alloh buyurdi, — dedilar Rasululloh.

So'ngra u kishi darhol Rasulullohga iymon keltirib:

— Sening Payg'ambarligingga ishondim, La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh, — dedi-da, tashqariga chiqdi.

Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

— Bu kishi ersa ongli ravishda iymon keltirdi, Islom dinini aniqlab yaxshi tanidi, — dedilar.

So'ngra bu kishi Rasulullohdan ruxsat olib o'z qavmiga borib, ularni dinga undadi.

Buning yo'lboshchiligida ulug' bir qabila dinga kirdilar.

(davomi bor)

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER