O’zbekiston Xalq Harakati

Bani Hanifa qabilasining elchilari

Bani Hanifa qabilasining elchilari
12 Mart 2017 - 9:00 'da yuklandi va 1174 marta o'qildi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 152
(davomi)

BANI HANIFA QABILASINING ELChILARI

Bani Hanifa qabilasidan kelgan elchilar ichida Musaylama nomli bir kishi bor edi. Bular Madinaga kelgach, Rasululloh bilan ko'rishgani keldilar. Ular ichida Musaylama o'zi kelmasdan qo'shxonada ajrab qoldi. Alar Rasulullohni ko'rgach, dillari ochilib iymon kelturdilar, ammo Musaylama kazzob (yolg'onchi) kelmasdan ilgari shunday aytur edi:

«Muhammad meni o'z Payg'ambarligiga sherik qilur ersa, unga tobe bo'lurman. Yo'q ersa, unga iymon keltirmagayman».

Ul o'zi kelmagach, Rasululloh uning ila ko'rishgani keldilar. Qo'llarida tutgan bir xurmo butog'i bor edi, anga qarab:

— Ey Musaylama, agar iymon kelturmasang, senga shu xurmo shohini ham bermagayman, — dedilar.

So'ngra yo'ldoshlari Sobit ibn Qaysga qarab aytdilarkim:

— Bir kuni uyqumda Alloh taolo er usti xazinalarini menga ko'rsatdi. Shu chog'da qo'limga solingan ikki oltin bilaguzuk ko'rdim. Mundan xafalik paydo bo'lib, dilimga tashvish tushdi. Shul holda menga ilhom bo'ldi. Bu narsalarni pullab yuborgin, mundan qutilursen. Pulladim ersam, ikki qo'limga solingan oltin bilaguzuklar g'oyib bo'ldi. Shu ko'rgan tushimning yo'rimi shuldurki, mendan keyin ko'p o'tmayoq ummatlarim ichidan ikki yolg'onchi payg'ambar chiqqay.

Rasululloh aytganlaridek, u ikki yolg'onchining birisi shu Musaylama kazzob edi. Bu ersa Yamomadan chiqdi.

Ikkinchisi, Tulayha San'o-Yamandan xuruj qildi. Bir necha yil ilgari ko'rgan tushlari ersa bu ikki kazzobga to'g'ri keldi.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar