O’zbekiston Xalq Harakati

Rejim qizigan chuqur

Rejim qizigan chuqur
14 Mart 2017 - 5:00 'da yuklandi va 1249 marta o'qildi.

Qirg'iziston janubida ikki oy davomida O'zbekistonga o'tish uchun harakat qilgan qurolli guruh haqida O'rta Osiyo va rus matbuotida chiqqan maqolalarni o'qib, odamning ko'ngli behuzur bo'ladi. Avvalambor, matbuotning og'zidan chiqayotgan terminologiyaga bir e'tibor bering: vahhobiylar, fanatiklar, fundamentalistlar, banditlar, jangarilar. Bu iboralar orqasida robot bor. Qo'liga Kalashnikov avtomatini olgan, yuraksiz, qalbsiz, mehr-shafqatsiz bir robot bor. Bu robot kim chiqsa, hech hayajonlanmasdan robotchasiga sovuqqon bir shaklda o'ldiraveradi.

Matbuot Qirg'iziston janubida jon olib, jon berayotgan o'zbek yoshlarini shunday robot qilib tasvirlamoqda. Holbuki, bu qo'liga qurol olgan har bir yoshning o'z taqdiri bor. Birorta gazetachi yoki jurnalist shu qurollangan yoshlar qaerdan paydo bo'ldi, ularni kim qurollanishga majbur qildi, degan bir savolni o'rtaga qo'ygani yo'q.

Bunday savolni o'rtaga tashlamadilar, chunki bunday savol ularning manfaatiga to'g'ri kelmasdi. Shunday savol o'rtaga tashlanganida, bu qurollangan yoshlarning O'zbekistondagi mustabid rejimning qurbonlari ekani ma'lum bo'lgan bo'lardi. Bu yoshlarning yagona gunohi Ollohga ishonganlari va shuning uchun yurtidan quvg'in qilingani fosh bo'lardi. Va yurtga qaytish uchun qo'liga qurol olishdan boshqa choralari qolmagani ma'lum bo'lardi.

Moskvada chiqadigan «Kommersant» (25.09.1999) gazetasi bitta o'zbek desantchisi tilidan shunday deb yozadi: «Bu haqiqiy urush – oddiy urush emas, fanatiklar bilan urush».

Bu o'zbek desantchi og'aynimizdan so'ramoqchimiz: Sizni Ollohga ishonganingiz uchun o'z vataningizdan quvsalar, mol-mulkingizni musodara etsalar, o'zingizni eng xavfli jinoyatchi deb, dunyoga e'lon qilsalar, siz fanatik bo'lmasmidingiz? Bu ham etmaganday, aka-ukalaringizga hujum qilsalar, ularning ham mol-mulkini musodara etib, o'zlarini zindonga tashlasalar, qiynoqqa solsalar, siz fanatik bo'lmasmidingiz? Xotiningizni, bolalaringizni iflos tahdidlar bilan qo'rqitsalar, oqsoch onangizni, mo'ysafid otangizni so'roqqa tutib, kaltaklasalar, siz bu tubanlikka qarshi nima qilgan bo'lardingiz? Siz bu bedodlikdan, zo'ravonlikdan dod deya, qaerga, kimga murojaat qilgan bo'lardingiz? Mirshabgami, prokurorgami, KGBgami? Prezidentgami – bu maqomlarning qaysi biriga shikoyat qilib borgan bo'lardingiz? Men aminmanki, hech biriga borolmagan bo'lardingiz, chunki zulm o'tkazayotganlar o'sha maqomlarning o'zlaridir. Bu holat normal inson uchun bitta al'ternativ, bitta yo'l qoldiradi. Bu ham fanatiklar yo'lidir. Zolim rejimga fanatiklarcha nafrat, unga qarshi fanatiklarcha kurash yo'li bu.

Shunaqa, desantchi oshna, sizning qarshingizda fanatiklar turibdi, ehtiyot bo'ling. Ularni sizning orqangizda turgan hukumat shu nuqtaga keltirdi. Bu odamlar sizning yolg'onchi matbuotingiz tasvirlagani kabi johil fundamentalistlar emas, balki nima uchun kurashayotganini bilgan ongli insonlardir.

Qirg'izistonlik inson huquqlari himoyachisi Tursunboy Oxunovning gapiga qaraganda, bu odamlarning 60 foizi oliy ma'lumotli kishilar. Demak, intellektual jihatdan ham sizdan yuqori martabadagi odamlar qarshingizda turibdi.

2000

(79)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (229-231-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar