O’zbekiston Xalq Harakati

Tay qabilasi elchilari

Tay qabilasi elchilari
15 Mart 2017 - 9:00 'de eklendi ve 979 kez görüntülendi.

Alixonto'ra Sog'uniy

TARIXI MUHAMMADIY — 153
(davomi)

TAY QABILASI ELChILARI

Tay qabilasi elchilarning raislari ersa Zaydulhayl degan kishi edi. Shoirlik, xatiblik, juvonmardlik, shunga o'xshash fazl-sharaflar bilan arablar ichida atog'i chiqqan edi.

Shuning uchun buning haqida Rasululloh aytdilar:

— Ko'rishmasdan ilgari maqtalgan ko'p odamlarni ko'rdim, maqtalganlaridek chiqmadilar. Ammo Zaydulhayl ersa maqtalgandan ortiqroq chiqdi.

So'ngra Rasululloh aning qo'lini tutib:

— Oting nimadur? — deganlarida ul:

— Otim Zaydulhayl. Ashhadu alla ilaha illallohu va annaka abduhu va rasuluh, — deb darhol iymon keltirdi.

So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

— Ey Zaydulhayl, oting Zaydulhayr bo'lsin, — dedilar.

Boshqa elchilarga besh uqiya (bir uqiya — qirq misqol) kumushdan in'om qildilar ersa, bu Zaydulhayrga o'n ikki uqiya kumush sovrun berdilar va o'zi xohlagan joydan o'z mulki uchun er kesib olmoqqa Rasulullohdan xat oldi. Lekin umri unga vafo qilmay, shu yo'lda ketayotib vafot topdi.

(davomi bor)

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER