O’zbekiston Xalq Harakati

Navoiydan Navoiygacha

Navoiydan Navoiygacha
15 Mart 2017 - 16:28 'de eklendi ve 597 kez görüntülendi.

BOYSUNQUR

Fikrlashni cheksizlik orqali bo'yniga olgan har qanday shaxs uchun narsalarga nom berish eng qiyin hisoblanadi. Agar nom berdingizmi yoki tasvirladingizmi demak, g'ayb pardalari ko'tarilib ketadi, yo'llar ochilib ketadi, voqelikdagi muammolar echilib ketadi va xokazo. Mutafakkirlar shunday deyishadi.

Navoiy bir g'azalida bunga urg'u beradi:

Ey Navoiy, ista ma'ni olamikim, keldi dun,
Har kishikim mayli ushbu dunyoi dun saridur.

Oxirgi 500 yil haqida gurung ketganda mutaffakkir shoir Rauf Parfi “balki biz o'lgan millatdirmiz”, degan jumlani aytgan ekan. Oxirgi 500 yillikning bo'shlig'ini Navoiy obrazi kompensasiya qilib to'ldirmoqda, albatta. Hozir ham. Orada va hozir ham irreal dunyoda yashayotgandaymiz: mavhumlik orqali- psixologik qarashlarimiz bilan dunyoga, voqelikka nom bermoqchi bo'lamiz, shu asosda yashaymiz, shu asosda jamiyatni qurmoqchi bo'lamiz. Teskarisi bo'lishi kerak edi.

Navoiy zamonidan keyin Turkiston irreallik davriga qadam qo'ydi. (Aslida Navoiy zamonidan oldin bu kasallikning alomatlari ko'rina boshlagandi.) Din boshqa, hayot boshqa, jamiyat boshqa, davlat boshqa, siyosat boshqa shaklidagi fikrlash tarzi odamlar onggini egallab qo'ydi. Hozir ham shunday. Davom etmoqda. Irrealizm davri.

G'arb dunyosi jamiyatda demokratik konstruksiyalar yaratgani bois irrealikdan reallik dunyosiga qadam qo'ydi: jamiyatdagi o'zaro teng munosabatlarda reallikning-tiriklikning sifatlari namoyon bo'la boshladi. Bu boshqa mavzu, albatta.

Navoiy islom madaniyatiga turkiy til orqali eng katta hissa qo'shgan shaxs hisoblanadi, albatta. Ungacha fors tilida insonga hayot berguvchi reallikni ko'p va xo'p tasvir etishgan, nom berishgan edi.

Navoiy zudlik bilan fors tilida yaratilgan shakllarni olib ma'no olamiga turkiy til kiydiradi. Yana o'tkan yo'ldoshlari kelib qolgan joydan cheksizlik tomon yolg'iz bir o'zi safar qiladi. Kundaliklarida- g'azallarida ushbu safarlarini qayd etadi, nom beradi. Lekin u borayotgan, kezayotgan manzillarda dunyodagi bir ulug' Odam otining changgi qolgan edi.

Ul quyosh vaslin tilarsen, bo'l mujarrad, negakim,
Ko'kka Ruhullohni etkurgan aning tajrididur.

“Dunyo madaniyati bu kollektiv mehnat.”- degan edi bir shoir. Faqat ushbu mehnat egalari hayotda bir-birlarini umuman ko'rishmagan, vaqt uzunasida bir-birlaridan uzoq yashashgan. Lekin ularni bog'lovchi bir narsa bor- reallik. Mutafakkirlar nazdida Reallik Jannat, do'zax tushunchalarini beruvchi sarhadlarni ham qamrab oladi. Navoiy ham, masalan, “Xamsa” boshlanishida osmonlarning sifatu fe'llarini tasvirlab beradi. Navoiy reallik orqali atrofida kechayotgan voqelikni doston shaklida tasvir etganda qanday bo'lardi degan savol odamni qiynaydi. Bu aslida har qanday ijodkorning eng, eng orzusi hisoblanadi. Navoiydan sal oldinroq yashagan Dante bunga unnab ko'radi. Lekin nom berishda adashib ketadi. Voqelik bilan reallik chegarasini o'rnatolmaydi, chalkashib ketaveradi, natijada ziddiyatli, bir- biri bilan o'rni almashtirilgan tasvirga duch kelamiz.

20 asr boshlarida reallik ko'zi bilan dunyoga qaraydigan ijodkorlar paydo bo'ldi. Ayniqsa, A.Fitrat asarlari zalolatga ketib qolgan, ya'ni tiriklikdan uzilib qolgan voqelikni tasvirga oladi, nom beradi. Cho'lpon “Uyquda ul pari” deb Navoiy zamonidan keyingi jamiyatda kechib kelayotgan tragizmni absolyut nuqtalardan aytadi: uyg'onish odamning qo'lidan keladi ham qo'lidan kelmaydi deydi.

(Orada Mashrabning harakatlari –yozgan g'azallari irreal hayotda yashovchilar uchun alahsirashdek tuyuladi.)

Voqelikka cheksizlik orqali aniq tashxis qo'yilsa, o'lik jamiyatni tiriltirish mumkin ekan. Irrealikdan realikka qaytarish mumkin ekan. Buning uchun o'zbek badiiy tafakkuri Navoiydan Navoiygacha yo'l yurishi kerakdir, ehtimol.

Manba: ADABIYOT MANZARALARI

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER