O’zbekiston Xalq Harakati

Yaxshilik va yomonlik

Yaxshilik va yomonlik
16 Mart 2017 - 5:00 'da yuklandi va 906 marta o'qildi.

(essega mavzu)

Bir Darvishga «sen haqda falon kishi g'iybat qilib yuribdi», desalar, u «men u odamga hech qachon yaxshilik qilmagan edim-ku, nega u meni g'iybat qildi ekan?» deb hayron bo'lgan ekan.

Darvishning bu paradoksal fikrini men o'z hayotimga tatbiq qilib, uning naqadar hayotiy ekanini ko'rib, hayratga tushdim: bugun menga dushmanlik qilayotgan kim bo'lsa, hech bir istisnosiz, bir paytlar mendan g'arazsiz yordam ko'rgan shaxslar bo'lib chiqdi. Butun «dushmanlarim»ga – takrorlayman, istisnosiz hammasiga – u yoki bu shaklda, jiddiy yordam ko'rsatgan ekanman. Men buni «faxrlanish» uchun aytayotganim yo'q, bu «qilingan yordamlar», Darvishning hikmatli so'zi bo'lmasa, aslo esimga tushmas va bu haqda gapirish nihoyatda nokamtarlik bo'lardi. Yordam mavzusi bu erda Darvishning gapidagi hikmatning naqadar chuqurligini o'lchaydigan vosita, xolos.

Demak, yordam shu qadar xolis bo'lish kerakki, uning evaziga nafaqat yaxshilik, hatto yomonlik, hatto dushmanlik kelsa, u qilingan yordamdan muslimon kishi pushaymonlik tuymasligi kerak. (Albatta, bu erda yaxshilikka yomonlik bilan javob berayotgan odamlarning Olloh nazdida boshqa hisobi bor, buning mavzuga aloqasi yo'q). Yana ham yalang'ochroq aytsak, yordam berayotgan muslimon yordami qarshiligi muhaqqaq ravishda (insonlar tarafidan) yomonlik bo'lib qaytishini avvaldan bilsa, bu yordam haqiqatan ham Olloh rizosi uchun bo'lishi mumkin, degan fikr kelib chiqmaydimi bundan?

(81)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (236-sahifa.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar