O’zbekiston Xalq Harakati

Inqiroz nima bilan yakunlanishini bugungi kunda xech kim bilmaydi…

Inqiroz nima bilan yakunlanishini bugungi kunda xech kim bilmaydi…
16 Mart 2017 - 11:00 'da yuklandi va 1402 marta o'qildi.

O'zbekiston      Respublikasi
Oliy Majlis Senati kengash
Raisi N. Yuldashevga

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bank
boshqaruv raisi F.Mullajonovga

Toshkent sh. Uchtepa tuman O'rikzor maxallasi
4 bositxon 23 uyda yashovchi
fuqaro. J.Shosalimovdan

OChIQ XAT

Xurmatli N.Yuldashev janoblari! Aziz vatanimiz va qudratli xalqimiz shu kunlarda o'ta chuqur va keng qamrovli moliyaviy, iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Inqirozning asosiy va bosh sababi birinchi prezidentimiz I.Karimov va uning rejimi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ishlarini tashkil etish va boshqarishda yo'l qo'ygan o'ta xatarli xatolar xisoblanadi. Markaziy Bankga qonunan berilgan vakolat monetor siyosat olib borish jarayonida, qastdan qora-qing'ir va yashirin ishlarni amalga oshirish maydoniga (makoniga) aylandi. Ushbu xolat Davlatimiz va xalqimizni og'ir kunlarga etaklab olib keldi. I.Karimov davlatga raxbarlik davrida 1994-2016 yillarda O'zbekistonda valyuta-dollar chayqov-qora bozori xosil bo'lib tug'ildi, o'sdi, mamlakatga keng tarqab rivojlandi.

Chayqov-qora valyuta bozori davlat boshqaruvidagi korruptsiyani vujudga keltirdi va uning asosiy ozuqa va kuch-qudrat olish manbaiga aylandi. Xozirgi kunda bir milliard ( 1.000 000 000) AQSh dollari qora bozorda etti trillion (7.000.000.000.000) so'mga ayirboshlanmoqda. Yurtimizda AQSh dollarining qora bozordagi yillik aylanishi taxminan 25-30 milliard dollarni tashkil etadi. Shu xisobdan qora bozordagi O'zbek so'mini bankdan tashqari yillik oboroti ikki yuz trillion (200 000 000 000 000) so'mdan oshadi. Xurmatli N.Yuldashev janoblari! Endi tasavvur qiling Davlat boshqaruvidagi korruptsiyani vatanimizdagi kuch va qudratini.

Davlat va jamiyat (axoli) manfaatlarini, o'z manfaatlari yo'lida chetga surib qo'ygan amaldorlar yaratgan Davlat boshqaruvidagi korruptsiya bugun Davlatimiz va axolimiz tinchligiga raxna solayotgan birinchi dushmanga aylanib qoldi, Respublikamizda ijroiya xokimyati tomonidan turli yo'llar bilan qonunchilik va sud xokimiyatini bosib olish xolati sodir bo'ldi. Yaqin tariximizning mazkur yuqoridagi achinarli va qora kunlari, ramkaga solingan (cheklangan) to'rtinchi (4) xokimyat ommaviy axborot vositalarida aks etmadi.

O'zbek so'mini bir ming olti yuz (1600) barobar qadrini yo'qotishiga etiborsizlik, Asosiy oziq-ovqat va xizmatlar chakana narxlarini 4000-7000 barobar o'sishiga beparvolik, Tovarlar va xizmatlar chakana narxlarini qora bozor belgilab berayotganini faximlamaslik qonunchilik va sud xokimyatini kimlar boshqarayotganini yaqqol ko'rsatib beradi. Yuqoridagi vaziyatni qonunchilik xokimyati, sud xokimyati va ommaviy axborot vositalari tomonidan bilib-bilmaslikga, ko'rib-ko'rmaslikga olinayotgani yuqoridagi fikirlarimni isboti, dalili va xujjati deb bilaman. Mamlakatimizni birinchi prezidenti I.Karimov markaziy bank tomonidan yangi chiqarilayotgan pullarni, xukumat qarzga olayotganini juda yaxshi bilar edi.

O'ylaymanki ikkinchi Prezident Sh.Mirziyoev janoblari xam markaziy bankdan muomalaga chiqariladigan yangi pullarni xukumat qarzga olayotganini juda yaxshi biladilar. Markaziy bankdan ichki qarz sifatida xukumat olgan kredit xisobiga kelajagi buyuk davlat qurish istak-xoxishi I.Karimovni butun umr tark etmadi.  Amerikaning xukumati mamlakatni ichki qarzlari sabab AQSh davlatida bubk depressiya yuz berib besh million (5 000 000) AQSh fuqarosi nobut bo'lganligiga etiborsiz bo'ldi.

Shuningdek Germaniyaning ichki qarzlari muammolari sababli A.Gitler xokimiyatga qonunan kelganligini yoddan chiqardi. Va nixoyat kommunizm qurish istagida mamlakatni ichki qarz balosiga duch qilgan N.S.Xrushchevni agrar soxaga ajratgan ulkan kreditlarini SSSR bankiga qaytarilmaganligi sababli Sovet Ittifoqi moliyaviy inqirozga uchraganini faxmiga etmadi. Bu gaplarni Sizga gapirishdan asosiy maqsad O'zbekiston qonunchiligiga binoan Siz O'zbekiston Markaziy bankining monetor siyosatiga ya'ni pul bosib chiqarish siyosatiga ta'sir etish saloxiyatiga egasiz.

Yangi muomalaga kiritilayotgan o'n ming (10 000) so'mlik pul-banknotlari Sizning imzoingiz bilan muomalaga kiritilmoqda. Tariximizning bugungi o'ta jiddiy davrida, Siz qonunchilik xokimiyatini yuqori palatasi O'zbekiston Senati kengashini boshqarmoqdasiz. 1994 yil 1 iyulda uch milliard (3 000 000 000) so'mdan ziyod xajmda muomalaga kiritilgan o'zbek so'mini xozirgi kundagi umumiy xajmi qanchaligi, uning qancha qismi Markaziy Bankning oltin-valyuta zaxiralari bilan ta'minlanganligi jamoatchilikdan sir saqlanmoqda.

Yangi muomalaga kiritilayotgan o'n ming (10 000) so'mlik pul-banknotlari qancha miqdorda chiqarilayotganligi va uni ja'mi pullarning necha foizini tashkil etish to'g'risida biron-bir ma'lumot, xabar, gap gapirilmayapti. To'rt (4) oydan beri nisbatan o'zgarmayotgan Dollar qora bozor kursini keskin o'sishiga o'n ming (10 000) so'mlik pul-banknotlari chop etilishi xaqidagi xabarning o'zi sabab bo'ldi. Shundoq xam muomalada saloxiyati Shaytoniy quvvatga ega taxminan yuz trillion (100 000 000 000 000) qog'oz pullarni borligi vaziyatida, yangi o'n ming (10 000) so'mlik pul-banknotlari chiqarilishi oqibati chuqur o'ylanmagan bo'lsa, Davlatimiz va axolimiz xayoti uchun o'ta xavflidir. O'zbekistonimizning yigirma besh (25) yillik tarixiy tajribamizga ko'ra, Dollar qora bozorida  bir (1.) AQSh dollarining baxosi  o'n ming (10 000) so'mdan oshib ketish extimoli juda katta. Bu esa bozorlardagi tovarlar va xizmatlar chakana narxlarini keskin ko'tarilishiga olib kelishi tarixiy tajribamizdan bizga ma'lum va aniq.

Davlat byudjetini xarajatlarini moliyalashtirishda kuch ishlatar tizimlarini xarajatlarini moliyalashtirishda, shuningdek pensiya jamg'armasi xarajatlarini moliyalashtirishda o'ta jiddiy xolat-vaziyatiga kelishi turgan gap. Inqiroz nima bilan yakunlanishini bugungi kunda xech kim bilmaydi. Biz uchun eng muximi, ortidan ojizlik, za'iflik, xorlik iqtisodiy va siyosiy qaramlik keltiruvchi, o'zaro ichki nizolarga, qarama-qarshiliklarga to'qnashuvlarga bormaslikdir.

Sizga xurmat bilan

Mustaqil iqtisodchi J.Shosalimov
12.03.2017 yil.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar