O’zbekiston Xalq Harakati

Orifsiz maorif

Orifsiz maorif
16 Mart 2017 - 8:56 'da yuklandi va 761 marta o'qildi.

Kecha maktabda kitobxonlar kechasi bo'ldi. O'quvchilar yodlab olgan va yodlatilgan gap va savollarini «namoyish» qilishdi. Ulardan Aziz Nesin, Mark Tven, Jek Londonni bilasizlarmi?,- deb so'rasam, olti yuz bola bir – biriga hayroon qaradi.

Kim qanday kitob o'qiyapti?, – desam, «Sariq devni minib» va «O'tgan kunlar»dan nariga o'tishmadi.

«G'uncha», «Gulxan»jurnallari o'qiysizlarmi? ,-desam yana dovdirab qolishdi.

«Tong yulduzi» gazetasini-chi?,- desam, ma'lum sukutdan keyin bir ona sekin o'rnidan turib savol berdi. Chunki «kitobxon» ona va otalar ham kelgandi-da.

– «Tong yulduzi» oldingi «Lenin uchquni»mi?..

Yana kimdir luqma tashladi:

– «Gulxan» va «G'uncha» haliyam chiqyaptimi?..

Davlatimiz bolalarimiz o'qisin, deb narxini oshirmay bolalar nashriga e'tibor bersa-yu, bular dovdirasa, tavba!

Ustozlar yoki ota – onalarda ham ayb bordir. Ammo asosiy aybdor xalq ta'limidagi mutasaddi rahbarlardir!

O'qituvchilarn «qayta o'qish»lari uchun majburan, ming bir taziiyqlar bilan ikki yuz, uch yuz ming so'mlab sarflatib, partiya va muallimlar nashrlariga obuna qildirishadi.

Tushunolmayman, biz bolalarni o'qitib, imtihon qilamizmi yoki ziyoli atalmish o'qituvchilarni?!

Bir yilga Toshkentda
«G'uncha» 9 ming;
«Gulxan» 13 ming 400;
«Tong yulduzi» 14 ming so'm.

Bolalar bitta shirin suv va yaltiroq qog'ozli saqichdan voz kechib, o'zlaricha o'z nashrlariga obuna bo'lishni bilmaydi. Chunki tahririyat hodimlari hamma maktabga yalinib borib, ming bir iltimos qilishlariga imkonlari yo'q.

– Bolalardan besh yuz so'mdan pul yig'ib, bir sinfga bittadan yozilganmiz, – dedi bir ustoz.

U ham goh keladi, goho yo'q…

Tavba, gazeta va jurnallardagi jajji xikoya va she'rlarni o'qib kitobxonlikka qadam ranjida qilganimizni nahotki biz kattalar unutib qo'ygan bo'lsak?!.

Umida Abduazimova

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar