O’zbekiston Xalq Harakati

O'z tuproqlarimizni o'zimiz fath etaylik

O'z tuproqlarimizni o'zimiz fath etaylik
17 Mart 2017 - 6:00 'da yuklandi va 813 marta o'qildi.

(Dunyo Ozorboyjonlari Qurultoyida so'ylangan nutq)

Qiymatli do'stlarim, Sovetlar Birligining yiqilishi Turk Dunyosi uchin buyuk bir imkon paydo bo'ldi. So'nggi 400 yil davomida birlasha olmagan Turk qavmlari uchun bir integratsion imkoni tug'ilgandi. 80 yillarning so'ngida biz idelaistlar Yagona Turkiston va Turk davlatlari konfederatsiyasi haqida tushlar ko'ra boshlagandik. Ammo buning bu qadar qiyin bo'lishini tasavvur qilmagandik to'g'risi.

Endi shu manzaraga boqing, Turkiston davlatlarining bir biriga yaqinlashuvi u yoqda tursin, vaqt o'tgan sari biri biridan uzoqlashmoqda, bir biriga begonalashyapti. Chegaralarga tikanli simlar tortilib, pasport nazorati va gumruk (tamojnya) to'g'onlari qo'yilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, ular o'rtasida xitoy devori yuksalmoqda, bir Temir Parda bosqichi boshlanmoqda. Ovrupo davlatlari o'z oralarida yagona pul birligi va yagona iqtisodiy maydon strategiyasini hayotga tadbiq etar ekan, bizning aqllilar o'z o'lkalarini dunyodan yanada ko'proq izolyatsiya etmak uchun g'ayrat ko'rsatmoqdalar.

Hatto Sovet davrida o'z oralarida biri biriga iltifot ko'rsatgan liderlarimiz endi bu xushmuomilalikni bir biriga ravo ko'rmayaptilar, xuddi dushman davlatlarning liderlari kabi bir biriga hujum qilmoqda va haqorat etmakdalar.

O'lkalarining chegaralarini tikanli sim bilan o'rganlari kabi ularning qalblari ham bir biriga nafrat bilan o'ralgandir.

Har biri bitta zolim, bir diktator – zulm bobida bir birlari ila musoboqa etadilar guyo. Na inson haqlari, na da boshqa bir qadriyat ularni bezovta qilmaydi, aksincha, bu so'zlarni so'ylagan kishilarnini masxara qiladilar. Iqtisodiy jabhada poraxo'rlik va korruptsiya bu rejimlarning umurtqa suyagiga aylangandir. Bunga Turkistonni o'z t'asir doiralarida tutishni istagan buyuk qo'shnilarimizning o'yin va intrigalarini ilova qilsak, shunday manzara o'rtaga chiqadi. Siz 55 milyonlik och va yalong'och bir jamiyatning fuqorolar urushi tomon shitob bilan yurayotganinin ko'rasiz. Holbuki, bizning orzularimiz boshqa edi. Biz Turkistonda besh mustaqil davlat qurulajak, besh bayroq Birlashgan Millatlar Tashkilotida hilpirayajak, qardosh Ozarboyjon va Turkiyaning qo'shilishi bilan biz ham dunyoda so'z sohibi bo'lajakmiz, deb hayol qurgan edik. Ammo bo'lmadi. Dunyo u yokda tursin, o'z mintaqamizda hatto so'z sohibi bo'laolmadik.

Xitoy hukumatining uyg'ur qardoshlarimizga ko'zimizning oldida qatliom uyg'ulamoqda, yosh farzanlarimizni terrorist deya qatl etmoqda, bizning mustaqil davlatlarimiz rahbarlari esa ovozini chiqarmaydi, aksincha, bu zo'rovon bilan ittifoq qurib, qotilga dasturxon yozyaptilar, qadah urishtirayaptilar.

Iroq diktatorining turkman qardoshlarimizga qarshi uyg'ulashga davom etayotgan terror Turk Dunyosining yana bir qonagan yarasidir. Bu mavzuda bizning Turkistonli liderlerdan hamdardlik kutmangiz, ular Iroqda turklarning mavjudiyatini ham bilamaydilar. Iroq turkmanlariga real ko'makni Turkiya berishi mumkin. Bugunga qadar ham b'azi yordamlar qilganini bilamiz, ammo bu etarli emas. Turkiya, Tashqi siyosatda Kerkuk masalasini Falastin masalasidan muhimroq hisoblamaguncha mintaqada o'z missionini bajargan hisoblanmas. Butun bu omadsizlkilar ichida bizning Ozarbayjon nisbatan omadliroq ko'rinmoqda.

Albatta, ozari turklari rafohga qovushdi deyaolmayman, iqtisadiy bo'hron u erda ham davom etmoqda, korruptsiya va poraxo'rlik u erda ham avjda, faqat Bakuda Tashkentdagi kabi professorlar yo'qsillikdan farroshlik qilmaydilar, xotinlar bolalarini bozorda qul kabi sotmaydi, sota olmas, o'zlariga o't qo'ymaydilar. Ozorbayjonda demokratiya bor demayman, ammo u erda davlatdan mustaqil bir necha gazeta borligi haqiqat. Muxolifat faoliyatlari ta'qiqlanmagan, O'bekistondagiday hokimiyatni tanqid qilgan muxolifatchi kaltaklanib o'ldirilamydi, muxolifat hatto saylovlarga ham qatnasha oladi. Bu jabhada mustaqil Ozarboyjonning ilk Prezidenti, og'amiz, do'stimiz rahmatlik Abulfayz Elchibeyning mehnatlari behuda ketmadi, bugun Ozorboyjon bir ozgina demokratik bo'lsa, bunda mutlaqo u buyuk insonning hisasi bordir. Olloh unga g'ani g'ani raxmat aylasin! Turk dunyosi senden rozi, sen da undan rozi bo'l, ey buyuk idealist! Bir og'iz so'z Qorabog' xususida.

Qorabog' muhaqaqdirki, Turk Dunyosining uyatidir. Bu mavzuda endi xayolparatslikdan voz kechish lozim, haqiqatning ko'ziga tik boqish kerak. Haqiqat esa shudir, qurol bilan ishg'ol qilngan tuproqlar faqat qurol bilan qayta olinishi mumkin. Qorabag' tugunini echish yo'lida bugunga qadar qilingan turli darajadagi uchrashuvlar va aloqalar siyosiy yo'nalishdagi butun say xarakatlar hech bir natija bermadi. Aksincha, armanilarga ishg'ol etgan tuproqlarda yanada mustahkamroq joylashuv uchun vaqt qozontirdi. Qorabog' ortiq siyosiy emas, harbiy masaladir. Qaror bunga ko'ra olinishi kerak. Qarorni ham siz olishingiz kerak, boshqalarning istagiga ko'ra emas, mulliy manfaatlarimizdan kelib chiqib olinishi kerak bu qaror. Bu sohada va boshqa sohalarda ham G'arbning, bir Super Kuch yoki uning raqibining marhamatini kutish behuda vaqt yo'qotishdir. Falonchi yordam etmapti deb shikoyat etmak ham ma'nosizdir.

Bir millatning mustaqilligini boshqa bir millat himoya qilmaydi, qila olmaydi. Bir millatning kafolati uning o'zidir, uning istiqlolga bo'lgan iroda quvvatidir. Bu quvvat, bu iroda Turk millatida mavjutdir. Boshimizni ko'taraylik, o'zimizni taniylik nihoyat va o'z tuproqlarimizni o'zimiz fath etaylik.

(10.08.01, Shvetsiya, Malme. Turkiya turkchasidan tarjima)

(83)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (239-241-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar