O’zbekiston Xalq Harakati

Qirg'izistonlik “Robin Gud” Madmarov Abdimajid hibsga olindi

Qirg'izistonlik “Robin Gud” Madmarov Abdimajid hibsga olindi
17 Mart 2017 - 18:25 'da yuklandi va 2477 marta o'qildi.

Qirg'iziston xalqiga “Robin Gud” deya tanilgan Qirg'iz inson huquqlari himoyachisi va Qirg'iziston Ko'lka hukumati a'zosi Madmarov Abdimajid kecha tongda hibsga olindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madmarov Abdimajid, Qirg'izistonda qarzlarini to'lamaganligi uchun banklar tarafdan uylari musodara qilingan 50 oilaning ko'chada qolishi xavfi ortidan yordam chodiri tashkil qilgan. Yordam chodirida jabrlanuvchi fuqarolarga oziq-ovqat tarqatishga hozirlik ko'rilayotgan vaqtda, bir guruh politsiya xodimlari yordam chodirga hujum uyushtirgan. Qirg'iziston politsiyasi haddan ortiq zo'ravonlik ko'llash bilan Madmarov Abdimajidni hibsga olgan.

Qirg'izistondan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Madmarov Abdimajid hibsga olinishi paytida politsiya tarafdan zo'ravonlikka uchragan va Bishkekning Sverdlov tuman politsiya idorasida qiynoqlar ostida tergov qilingan.

Samo Sezan (Sema SEZEN)

Manba: gazetebirlik.com

Turkiya turkchasidan o'zbekchalashtirildi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar