O’zbekiston Xalq Harakati

“Karimov avvaliga O'zbekiston mustaqilligi tarafdori bo'lgan emas”

“Karimov avvaliga O'zbekiston mustaqilligi tarafdori bo'lgan emas”
17 Mart 2017 - 18:34 'da yuklandi va 1864 marta o'qildi.

17 martda O'zbekiston doxil sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi respublikalarda SSSRni saqlab qolish haqidagi referendum o'tkazilganiga 26 yil to'ldi.

1990 yil yozida Sovet Ittifoqi tarkibidagi avval Boltiqbo'yi respublikalari, so'ngra boshqa respublikalar, shu jumladan O'zbekiston, milliy suverenitet haqidagi deklaratsiyalarni qabul qilishdi.

Mazkur deklaratsiyalar asosida umumittifoq miqyosida qabul qilingan qarorlar ustuvorligi o'z kuchini yo'qotdi.

1991 yil 17 martida Sovet Ittifoqida ilk va yagona referendum o'tkazildi.

Sovet Ittifoqi vatandoshlari oldiga bir savol qo'yildi: “Sovet Ittifoqini saqlab qolish zarur, deb hisoblaysizmi?”.

Ayni savolga O'zbekistonliklarning 93,7 foizi “ha” deya javob bergan.

O'zbekiston suvereniteti deklaratsiyasining muallifi, muxolifatdagi “Erk” partiyasining kotibi Otanaza Oripov OzodNazar ruknida chorak asr muqaddam yuz bergan tarixiy voqealar haqida so'zlab berdi.

Professor Otanazar Oripov o'z xotiralarida bugun O'zbekistonning tarix kitoblarida aks etgan talqindan o'zgacha manzarani chizadi.

Manba: “Ozodlik” radiosi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar