O’zbekiston Xalq Harakati

Soxta advokat – Qodirov To'ra sud zalidan quvildi

Soxta advokat – Qodirov To'ra sud zalidan quvildi
18 Mart 2017 - 10:00 'da yuklandi va 1623 marta o'qildi.

Narzullo Oxunjonov 

MAMLAKATNI KIM BOShQARAYaPTI?
(qirq to'rtinchi maqola) 

SOXTA ADVOKAT – QODIROV TO'RA SUD ZALIDAN QUVILDI

“Qudratli” Qodirov To'ra deganlari qaerga borsa o'zining eng yaqin lavozimdor odamlari ekanligini pesh qilib tanishtiradigan sobiq Bosh prokuror Rashitjon Qodirov, bosh prokuraturada ishlayotgan Vladimir Norovning ukasi Botir Norov va Ichki Ishlar Vazirining o'rinbosari Sayfullo Ochilovich Nurmatovlar haqiqatdan ham eng mustahkam tanish-tirgaklaridan ekanligiga shubha qilmasa ham bo'ladi. Chunki u shu suyanchlariga ishonib o'zini har erda qo'rqmasdan advokatman deya muddati o'tib ketgan hujjatini ko'rsata oladi. Birov unga mushugini pisht deya olmaydi. Sababi orqa bor, orqasi zo'r. Talabalar tili bilan aytganda “tanka”si bor.

Buni qarangki, odam etmish yoshdan oshganidan keyin ham surbet bo'laman desa surligicha qolaversa bo'larkan. Uni o'zgartirish o'ta mushkul ish ekan. O'zingiz o'ylab ko'ring. Buyog'i o'zi etmaganidek, kamlik qilayotgandek yana bir dumchani ham qo'shib mening ustimdan bunday besh yil ilgari falon miqdorda mablag'nimni olgandi, deb yozib tergovga kelmasdan allambalo ishlar bilan mashg'ul  bo'lib yuribdi.

Ikkinchidan, Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo'limining boshlig'i Usmon Azizovning xotini Shoira Hasanovaning pulini olib uni qaytarib bermasdan aldab yurganligi uchun uning ustidan Shoira hamma instantsiyalarga shikoyat xati yuborgan.

Uchinchidan, esa men advokatman deya nafaqat oddiy odamlarni, balki huquq sohasi xodimi bo'lgan jinoyat ishlari bo'yicha Mirobod tumani sudining raisini ham laqillatmoqchi bo'lib sudda ko'rilayotgan ishda qatnashganligiga nima deysiz? Sababi u bir vaqtning o'zida parallel ravishda mana shu ishlarning hammasini amalga oshirishga urinib o'zini ko'p qirrali faoliyatni har tomonlama namoyish etib borayotgan edi. Qodirov T. bundayin keng ko'lamli va keng tarmoqli faoliyatini Toshkent shahrida olib borayotgandi.

To'rtinchidan esa Qoraqalpog'istonlik jabrdiydalardan ham ancha-muncha mablag'ini olib mening zemlyagim, ya'ni Qiziltepalik Salom Saamadov sizlarning prokurorlaring u bilan ishlaringni hallab beraman deya ularni ham laqillatib poytaxtda qochib yurgan. Ular esa pulini qaytarib ololmasdan Buxoro-yu, Navoiyning Qiziltepasidan soxta advokatni ovora-yu sarson bo'lib qidirib yurishibdi.

Alabatta, bu kabi amaliyotlarni bir o'zi yakka holda olib borayotgani yo'q. Kim bilan deysizmi? Kim bilan bo'lardi. Yana o'sha o'zining sadoqatli eski do'sti Bo'ldieva Sobira bilan-da. Chunki, bu orada Sobira ham milliy teleradiokompaniyadagi “O'zbekiston”radiosida o'zi ishlayotgan muxbirlar tarmog'ining bosh muharriri, ya'ni o'zining bosh muharriri Shodiyor Hazratqulov bilan sudlashishayotgan edi. Xuddi shu protsess Toshkent shahar jinoyat ishlari bo'yicha Mirobod tumani sudida ko'rilayotgandi.

Unda O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining faqat “O'zbekiston” radiosidan vakillar qatnashgan. Kompaniya miqyosdagi rahbariyatdan esa hech kimsa kelmagan. Sudni ochiq deb e'lon qilgan va bu haqdagi tafsilotlarga qisqacha to'xtalib o'tgan raislik etuvchi dastlab o'zini jabrlanuvchi deb ko'rsatgan Sobira Bo'ldievaga so'z bergan. Ellikdan oshib yoshi oltmishga qarab borayotgan Sobira esa o'z rahbari-o'g'li tengi bo'lgan yigit unga ancha vaqtdan beri intim aloqa qilishni taklif etib kelayotganini qaltirab, tili aylanmay kalovlanib qolib gapirishni eplay olmay qoladi. Shu payt birdan he yo'q be yo'q sud zalida o'tirgan boyaqish “advokat” atalmish To'ra Qodirov sakrab o'rnidan turib uning o'rniga bodillab gapira boshlaydi. Shu onning o'zida sudga raislik qiluvchi uning kim ekanligi, avvalo ruxsat so'rab o'zini tanishtirishi lozimligi va hali so'z berilmasdan nimaga buncha sakrab o'rnidan turib birdaniga gapirib ketayotganligi haqidagi savollarni yog'dirib tashlaydi. Har tomonga alang-jalang bo'lib boqarkan Qodirov To'ra o'zini Sobira Bo'ldievaning advokati ekanligini aytib tanishtiradi. Shunda sudya undan litsenziyangiz bormi va marhamat qilib orderingizni taqdim qilsangiz deb so'raydi. Bu kutilmagan savoldan dovdirab qolgan soxta advokat nima deyishini bilmay kalovlanib qoladi. Yana bir marta sudya undan litsenziyangiz bormi va orderni taqdim etsangiz deb murojaat qiladi. Qodirov esa litsenziya ham order ham hozircha yo'qligini faqat jamoatchi himoyachi sifatida qatnashayotganligini aytadi. Qani jamoatchiligingizni tasdiqlaydigan hujjat bormi deyilganda ham uning tili lol bo'lib bunga ham javob berolmasdan bu haqdagi hujjatni ham taqdim etolmay tizzasi qaltiray boshlaydi. Ushbu talablar bajarilmagach, Qodir To'ra sudya tomonidan uning soxta advokat ekanligi e'lon etilib sud zalidan majburiy tarzda quvib chiqariladi. Bunday soxtakorligi bilan sudda zalida o'tirganlarning oldida kulgiga sabab bo'ladi.

Shunday qilib sudga raislik qiluvchi tomonidan sud zalidan quvib chiqarilganiga qaramasdan bir payt T.Qodirov yana sud zalida paydo bo'lib qoladi. Uning kirib kelganligini sezib qolgan bo'lishsada, ketayotgan protsessga xalaqit qilmaslik va so'z berilganlarni chalg'itmaslik maqsadidda unga unchalik ham e'tibor qilishmagan ko'rinadi.

Sudya janoblarining Sobira Bo'ldievaga sizga nisbatan sodir etilgan hatti-harakatlarni  nimalar, qanaqangi dalillar bilan tasdiqlaysiz degan savoliga javob berolmasdan dovdirab qolishini ko'rgan Qodirov To'ra yana o'zini bosolmasdan gapga ikkinchi marotaba ham qo'shilib ketadi. Sababi o'tkazilgan sud-med ekspertizalarning tegishli xulosasi S.Bo'ldievaning  da'vosidagi biror bir hatti-harakatlarni tasdiqlagan emasdi.

Shundan sudda raislik qiluvchi firibgar To'raning bu navbatdagi sapchib turib bosh suqishlariga chek qo'yish maqsadida uni nafaqat zaldan, balki sud binosidan butunlay tashqariga chiqarib tashlashga qaror qiladi. Shu qaror asnosida militsiya xodimlari T.Qodirovni binodan tashqariga olib chiqib qo'yishadi. Bu bilan u sudda oddiy ishtirokchi yoki kuzatuvchi bo'lishdan ham mahrum bo'ladi.

Bu yoqda esa Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani ichki ishlar boshqarmasi tergovchisi Sanjar Mirsoatov sarsoni chiqib uni kun-u tun qidirish bilan ovora. Unga ham dumini tutqazmaydi. Qodirov qurg'ur ham nima qilsin? Bir amallab kun ko'rishi kerak-da. Ha, aytmoqchi uning yonida advokatligini tasdiqlovchi muddati o'tib ketgan hujjat bilan birgalikda uning nechanchidir guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjati ham bor. Huquq-tartibot organlariga kirib biror kor-hol ro'y berib o'zining qing'ir hatti-harakatlari yoki hujjatdagi soxtakorligi, firibgarligi fosh bo'lib do'ppisi tor kelib qolsa xuddi o'sha nogironligini tasdiqlovchi guvohnomani taqdim qilish bilan jonini qutqarib qolish yo'llariga o'tib olish ehtimoli ham yuqoriligini e'tibordan soqit qilmaslik lozim. Eng qizig'i, To'ra Qodirovning hamma ishlari qalbaki, telba-teskari bo'lgani kabi nogironligini e'tirof etadigan hujjat ham Navoiy viloyati shifoxonasida ishlaydigan qizi tomonidan bir amallab to'g'irlab berilgan soxta guvohnomaligini esdan chiqarmasligimiz zarur.

05.02.2015 y.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar