O’zbekiston Xalq Harakati

Chanoqqal'a zafarining 102 yilligi

Chanoqqal'a zafarining 102 yilligi
18 Mart 2017 - 10:31 'da yuklandi va 1317 marta o'qildi.

Bugun Chanoqqal'a zafarining 102 yilligi. Shu kun 102 yil avval Birinchi jahon urushi chog'ida, 1915-1916 yillar ichida davom etgan Evropaning bir necha ittifoq davlatlari va Turkiya o'rtasidagi dengiz va quruqlikda kechgan jangda turklar o'z tarixlaridagi buyuk g'alabalardan biriga erishgan edilar. Bu zafar nafaqat Turkiya turklarining, balki butun turklarning, TURK DUNYoSINING ZAFARIDIR.

E'tiboringizga Chanoqqal'a janggi bilan bog'liq bir xotirani havola qilamiz:

G.C._18_March_1915_Gallipoli_Campaign_Article

“Agar otang kelsa, onam seni kutayapti degin…”

Baliqasirda Ali Suririy boshlang'ich maktabining qarshisidagi ochiqlikda… Eski poyafzal ta'mirlovchisi… Qishloqlik, uzun mo'ylov qo'ygan bir chol… Javdat bobo bor edi. Bir kuni oqshom vaqti suhbat chog'ida Chanoqqal'a mavzusi ochildi. Otaxon yig'lay boshladi va davom etdi… “Rahmatli otam Hafiz Ali… Chanoqqal'ada shahid bo'lgan vaqtda… men onam qornida etti oylik bo'lgan ekanman. Uni hech ko'ra olmadim… Bir dona surati ham yo'q edi… U kunlar… Juda og'ir kunlar edi. Safarbarlik muammosi, Milliy kuchlar vaqti, ishg'ol yillari… Qutulish, yo'qlik, muammo.

Bolaligimiz bir burda nonga muhtojlik bilan kechdi, ammo onam bolaligimdanoq har safar ko'chaga chiqishidan avval, qaerga ketmoqchi bo'lsa ham yonimga kelardi va .. – O'g'lim men bozorga ketayapman, otang kelsa darrov meni chaqir xo'p!…

–Men xolanglarnikiga ketayapman. Otang kelsa meni darrov chaqir xo'p!..
Men qo'shnilarnikiga chiqayapman. Otang kelsa meni darrov chaqir xo'p!.. – der edi.
Onam otamni kutishdan to'xtamadi…
Ulg'aydim, do'kon ochdim…
Onam yana har bir erga ketishda…
Do'konga kelar, ketmoqchi bo'lgan joyini aytar va otang kelsa, darhol meni chaqir xo'p!.. derdi.
Oradan yillar o'tdi, onajonim qaridi. Yana hassasiga tayanib mening oldimga kelar va “Otang kelsa meni chaqir xo'p!..” deya ogohlantirardi…
Bir kun kelib ahvoli og'irlashdi…
O'lim to'shagida biz bilan vidolashdi… “Menga yaxshi qaradingiz, haqqingizni halol qiling”- dedi.
Men tarafga qarab sekin “Agar otang kelsa, unga onam seni kutdi, degin, xo'pmi” dedi.
Shu vaqt to'satdan hayrat ichida eshikka qaradi va kulimsiradi: “Xush kelding begim, xush kelding!…, – dedi va jonini taslim etdi!…”

Chanoqqal'adagi shahidlarimizning shafoatlarini nasib qil bizga yo Alloxim!

O'XH xabarlar bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar