O’zbekiston Xalq Harakati

Navro'zi olam muborak!

Navro'zi olam muborak!
18 Mart 2017 - 12:38 'da yuklandi va 1044 marta o'qildi.

Assalomu-alaykum qadrli vatandoshlar

Hurmatli do'stlar, akalar-ukalar, opa-singillar!

3000 yildirki Navro'z dunyo bo'ylab millionlab odamlarning umid lahzalari bo'lib keladi. Biz orziqib kutadigan bahor, yasharish va yangilanish ramzi Navro'zi olam qutlug' qadam ila o'lkamizga kirib kelmoqda.

Navro'z barchamiz uchun azal-azaldan avvalo tabiat uyg'onishi, sharqona Yangi  yil debonchasi, eng qadimiy asl  milliy bayram sifatida mo''tadil fursatdan foydalanib, munavvar kunlarda ona tabiatdan baxra olib, sumalak, halim, go'ja va ko'ksomsa kabi bahoriy ne'matlar tortilgan dasturxon artofiga Navro'z quvonchlarini o'z yaqinlari, arazlashgan do'stu-yorlar, opa-singillar, aka-ukalar shu bahonada yarashib bahoriy nematlardan barham ko'rishlarini OLLOHIMdan so'rab qolaman. Barchangizga  sixat-salomatlik, tinch-totuvlik tilab xurmat va extirom ila…

Keng olamga gullar sochib,
              sahiy bo'lib, kelar Navro'z,

Tong saharda sabo bo'lib,
              qirlar oshib, elar Navro'z!   

 Xarir liboslar egnida,
             kelinchakdek nozlanadi,

Butun borliq – tabiatni
             gullar bilan bezar Navro'z!

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar