O’zbekiston Xalq Harakati

Haq-nohaqdan mol qozonib…

Haq-nohaqdan mol qozonib…
19 Mart 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1036 marta o'qildi.

MAXDUMQULI

Birinchi kitob

 

Shol topsa

Egasiga ixlos etgan chin mardon,
G'oli havasini etmas shol topsa.
Dunyo moli uchun kimlar sargardon,
Ko'ngli yorishadi ortiq mol topsa.

Chin jo'mardlar yo'ldoshiga suyanar,
Xavfli erda yotgan – tez-tez uyg'onar,
Qaroqchilar karvon ko'rsa quvonar,
Kema ko'rmaganlar suvda sol topsa.

Yaxshi so'z – bir gavhar, ko'ngilning bog'i,
Qariga armondir yigitlik chog'i,
Eshak to'qimga qul, xushi – ayili,
Bechora cho'ponlar yoqut, la'l topsa.

Jon xavfidan bo'lmas oqillar hayron,
Ilon hindu ko'rsa, qolar bezabon,
Sher siyoqush ko'rsa, fillar karkidon,
Daraxtga qurt tushsa, ko'ngil hol topsa.

Marddan tilak etgan noumid qaytmas,
Nomardga tushgan ish hech qachon bitmas,
Parvona o't ko'rsa, o'lmay, ayrilmas,
Simob tillo topsa, maska bol topsa.

Tarbiyat istagan – qizil yuz uchun,
Ishratga o'rgangan – o'g'il-qiz uchun,
Kimlar pul yig'adi qora kun uchun,
Xush bo'larlar qizil, yashil, ol topsa.

Maxdumquli, yuz ming ko'ylar, ko'chalar,
Aytadirlar: “Davron bizlardan kechar”,
Haq-nohaqdan mol qozonib nechalar,
Sarf etarga joyin topmas mol topsa.

*****

(davomi bor)

Turkmanchadan Maqsud Qurbon o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar