O’zbekiston Xalq Harakati

Prokuror bilan Mustafo nega tunda uchrashdi?

Prokuror bilan Mustafo nega tunda uchrashdi?
19 Mart 2017 - 9:50 'da yuklandi va 2710 marta o'qildi.

Narzullo Oxunjonov 

MAMLAKATNI KIM BOShQARAYaPTI?
(qirq beshinchi maqola) 

PROKUROR BILAN MUSTAFO NEGA TUNDA UChRAShDI?

Ko'pchilik hayron bo'lishi turgan. Kim ham o'ylaydi, tuman prokurori tun yarmidan so'ng bir milliarder bilan uchrashadi, deb. Kechasi maza qilib uxlab damini olmaydimi? O'zi uchun ayni vaqtda binoyidek yaratib qo'yilgan sharoitda olsa oladiganini kunduzi chaqirib ham bir imo-ishora bilan undirib-do'ndirib qo'ya qolishi mumkin-ku. Kimsan, prokuror. Yo'q, bu safar uning aqlu-hushi joyida. Kallasi ishlab qoldi. Chunki, masala jiddiy. Qolaversa, nima qilib bo'lsada, bo'lmaydigan ishni bo'ldirib, bor ilojini qilib imkon qadar uni maromiga etkazib ayblab berishi shart. Bu boradagi masalani o'z xonasida yoki umuman, o'z idorasida o'zaro gaplashish juda ham xavfli bo'lishi mumkin. Sababi bo'lmaydigan ishni bo'ldi qilishning o'zi bo'lmaydi, axir. Devorning ham qulog'i bor. Xuddi shuning uchun ham bu muhim uchrashuvning tunda bo'lishiga katta ehtiyoj va zarurat bor edi.

Bundan tashqari, yana bir gap. Buni alohida qayd etib qo'ymasa bo'lmaydi. Bizga o'z ismining oshkor etilishini istamagan manbaning ma'lum qilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani prokurori Abduqahhor  To'xtaboev har oyda  mablag'ning-“ko'ki”dan belgilangan stavkasidagisini ishlamasa uxlashi umuman, mumkin emas. Buni u ba'zan har oy oxirlashib borayotganida va kun-daqiqa sanab asabiylashganida sal bo'lmasa, bosh prokurorning topshirig'i ekanligini ham ochiq-oydin aytib yuborishiga bir bahya qoladi. Shunday ekan, nima qilib bo'lsa-da ushbu “zadaniya”ni bajarishi shart. Chunki bu poytaxtdagi nufuzli tumanlardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa u tinmay ter to'kishi kerak. Kunduzimi yoki tun yarmisidami uning bunga farqi yo'q. Nima qilib bo'lsa ham ushbu jamg'armani to'plashi shart va zarur. Aks holda ish teskarisiga aylanib ketib qolishi mumkin. Buni u juda yaxshi biladi. Axir Rashitjon Qodirovga tegishli bo'lgan bankni kimdir, kimlardir to'ldirishga va o'z ulushi-hissasini qo'shib turishga harakat qilishi shart va lozim-ku.

Sobiq bosh prokurorning o'sha paytda vaqti bo'lganmi? Qaydam? Albatta, yo'q. Boshqa bundan-da kattaroq bizneslari bor uning, axir. Respublika bo'ylab har bir tuman, shahar va viloyatlardan yig'ilganlarni sanab uning hisobini qilishning o'zi bo'ladimi? Buning uchun o'tirib jiddiy ishlashi va bosh qotirishi kerak bo'ladi. Aks holda hisobdan adashib ketib qolishi hech gap emas. Aynan shuning uchun ham unga tegishli yangi zamonaviy bank binosi qad ko'targan va samarali faoliyat olib bormoqda. Hechqisi yo'q. Ishdan ketgan bo'lsa-da, uni o'sha o'zining banki joylashgan erga yaqin bo'lgan ishxona-Konstitutsion sudga o'tqazib qo'yishdi-ku. Shuning o'zi katta baxt, unga.

Bosh prokurorlik vaqtida R.Qodirovning oshig'i olchi edi. U keyingi vaqtlarda O'zMTRK raisi eski hamkasbi A. Xodjaev bilan tez-tez uchrashib turardi. Yana qaerda deng, teleradiokompaniyaga tegishli bo'lgan Navoiy ko'chasida qad ko'targan hashamatli uylardan ikkitasidan bittasi bo'lgan ishratxonasida. Uning birini Alisherboy haqiqatdan ham o'zining maishatxonasiga aylantirib olganligi haqidagi gap-so'zlar allaqachon kompaniya uzra tarqab ulgurgandi. Hattoki, islovotxonaga kimlar kirib-chiqib turishigacha bo'lganlar haqidagi minima'lumotlar ham o'z xodimlari qulog'igacha etib borgandi.

Konstitutsion sud esa aynan shu uylarning qarshisida joylashgan. Ammo R.Qodirov ishdan urilibmi-surilibmi ketganidan keyin Xodjaev uni taklif qilmay qo'yibdi. Sababi uning odati shunday. Axir, kimsan bosh vazir bo'lgan qudasi A.Oripov ishdan ketganidan keyin uni uyiga chaqirish tugul, o'sha kunning o'zida qizini, ya'ni kelinini uyidan haydab solgan odamdan nimalarni ham kutish mumkin. Shuning uchun endi Rashid Qodirovga uning uyiga mehmon bo'lib borishiga yo'l bo'lsin. Yo'q, u bostirib borsada, aslo uni ichkariga yo'latmaydi ham. Chunki unda endi lavozim yo'q. Qolaversa, prokuratura tomonidan telekanallar tekshirilishini to'xtatish uchun ketgan mablag'ni hisobini o'ylasa, kompaniya rahbarining tepa sochi tikka bo'lib uning Qodirovga nisbatan g'azab o'ti kuchaysa kuchayadiki, aslo pasaymaydi.

Shuning uchun ham Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani prokurori Abduqahhor To'xtaboev o'zining o'rinbosari “qudratli”lardan bo'lgan Abdulla Qodirovni tunda bo'lsa-da, milliarder Mustafo Bo'ldiev bilan uchrashib masalani hal qilish uchun zimdan topshiriq beradi. Unga iloji boricha bahoni, narxni yuqori darajada belgilashi lozimligi obdon tushuntiriladi. Birinchidan, deydi prokuror o'z muoviniga “o'zing haqingdagi materiallar ham yig'ilib ancha pishib maromiga etib qoldi” deb ruhiy zarbani berasan.

Ikkinchidan, “jurnalistga bu tuhmatni uyushtirishdagi bevosita ishtirokingni tasdiqlovchi hujjatni o'zing gapirib-laqillab qo'ygan audioyozuvda chiroyli qilib bekamuko'st etib dalillab qo'yibsan” deb aytasan.

Uchinchidan, “xuddi o'sha yozuvda O'zbekiston bosh prokuroridan tortib MXX raisi Inoyatovgacha, mamlakat ichkarisi va tashqarisdagi mafiya va mafiozlar nomini tilga olib hamda ular bilan qanday aloqang borligini aytib-fosh qilib jiddiy xatoga yo'lga qo'yganingni o'zi ahvolingni yanada og'irlashtiradi. Ayniqsa, Bosh prokurorga uning odamlari orqali arzimagan dollarni qanday qilib berganligingni og'zingdan gullab qo'yganing bu seni ulkanroq jazoga loyiq ekanligingni ko'rsatadi” degan gapni albatta, Mustafoning qulog'iga qo'rg'oshindek quyaasan.

To'rtinchidan, singling Nodira Bo'ldievaning o'g'li bo'lgan o'z jiyaning bir necha marta qo'l jangi va kikboksing bo'yicha O'zbekiston va Osiyo chempioni Behzod Rahimboevga uyushtirilgan fitnaning tashabbuskori sen ekanligingni tasdiqlovchi holat aniqlanib fosh bo'lganligidan xabaring bo'lsin. Chunki, bu haqda MXX podvalida qon siyib yotgan Mirzo Ulug'bek tumani ichki ishlar boshqarmasi tergov bo'limi boshlig'i Olim Hamidov ko'p dalillarni sayrab-gullab bo'ldi. Shu boisdan ko'p ham xomtama bo'lmasdan biz nima desak, hammasini a'lo darajada bajarishing shart. Aks holda ish nima bilan tugashini senga tushuntirib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak” degan ishorani qilasan.

Beshinchidan, teleradiokompaniyada ishlaydigan yana bir singling-Sobira Bo'ldievaning yaqinda o'zining rahbari bo'lgan O'zMTRK raisi A.Xodjaevning qabulida bo'lganligi va undan senga etkazilishi zarur bo'lgan ish yuzasidan qanaqangi topshiriq olganligidan ham juda yaxshi xabardormiz. Biz hozircha sening qing'irlikka asoslangan qilmishlaringning yuzdan bir qisminigina aytdik, xolos. Hozircha shuning o'zi etarli bo'lsa kerak. Biz sening jinoyatlaringni fosh etuvchi boshqa daliliy ashyolar borasida aytib gapni ko'p cho'zmaylikda, yaxshisi uni qisqa qilib o'zing bilganday amaliy faoliyatga o'taylik” degan mujdani aniq qilib oqizmay-tomizmay etkazasan.

Oltinchidan, “O'zini “qudratli” Qodirovlardanman deb maqtanib yuradigan soxta advokat-Qodirov To'raga nima uchun naqd o'n ming dollar(10000 ming) berganliging va buncha mablag'ni nimaning evaziga, ya'ni yana qandayin jinoyatlaringni yashirish hisobiga unga qo'shqo'llab uzatganliging xususida ham inkor etib bo'lmaydigan daliliy ashyolar borligini yodingdan chiqarma” deya unga shipshitib qo'ysang, shuning o'zi etarli unga. Shugina gapni eshitiboq u o'zining kerakli joyini ho'llab qo'yadi.

Tuman prokurori Abduqahhor To'xtaboev ana shu gaplarni o'zining o'rinbosari Abdulla Qodirovga aytdi-yu, ammo qattiq o'yga toldi. “Bu alkash-aroqxo'r muovin qovun tushirib qo'ysa nima qilaman? Chunki bu muovin haqiqatdan ham o'lgudek bo'zaxo'r edi. Shuning uchun undan biroz gumonsiradi. Kel yaxshisi, o'zim ham birga boraman. Faqat men mashinada o'tirib turaman” deya uchrashuvni 2013 yilning 17-avgustidan 18 avgustga o'tar kechasi tun yarmidan o'tganda soat 01.30 ga belgiladi. Prokuror janoblari tomonidan “Buyuk ipak yo'li” metrosidan “akademshaharcha”tomon – O'rol Tansiqboevgacha bir bekat yurilganda birinchi chap tomondagi ilgarigi 20 poliklinikaga ketadigan yo'l, “Do'stlik” mahalla guzari tarafga ketadigan ko'chaning shundoq boshlanishidagi taksichilar “pitag”i ularning tungi uchrashuv joyi ekanligi ma'lum qilindi.

Aytilganidek va kelishilganidek, har ikkala tomon ham tungi soat  01.30 da kelishdi. Prokuror o'tirgan mashinadan uning o'rinbosari Abdulla Qodirov va ikki nafar kishi tushishdi. Mustafo Bo'ldiev esa go'yo bir o'zi edi. Uni keltirgan shofyor esa mashinadan tushgani yo'q. Faqat u ham A.To'xtaboevga o'xshab mashinadan tushmasdan uchrashuv qanday kechishini zimdan sinchkovlik bilan kuzatayotganligini sezish qiyin emasdi. Negaki, uning alang-jalang bo'lib qarashlari nimalardandir xavf borligini eslatardi. Sababi prokuror o'rinbosarining yonidagi ikki kishi prokurorning yaqin kishilaridan bo'lgan MXX xodimlari edi. O'yin g'irromlikka aylanib ketmaslik uchun oldindan “straxovka” qilish amali urfga aylanganligini esdan chiqarmaslik kerak. Chunki ba'zi hollarda katta chiqim qilishni xohlamagan tarafdan kutilmagan holat, ya'ni boshqa bir organga “mendan falon narsa talab qilayapti” degan xabar berilib tutib berishlaridan bu prokurorlar biroz cho'chib ham qolishganini ta'kidlash joiz. Ana shunday usul bilan bir necha prokuror, militsiya xodimlari qo'lga tushgan va uzoq muddatga qamalib ham ketgan.

Mirzo Ulug'bek tumani prokurorining o'rinbosari Abdulla Qodirov bilan Mustafo Bo'ldiev o'rtasidagi suhbat kamida yarim soatga cho'zilib ketdi. Ish pishdi, shekilli tomonlar oldi-berdi masalasini qaerda va qanday amalga oshirilishi kelishilib yaxshi kayfiyatda xayr xo'shlashishdi.

Ammo Mustafo bundan ko'ngli to'lmagani bois bosh prokuraturadagi  o'zining “zemlyagi” Botir Norov bilan uchrashib bu boradagi masalaning tagiga yanada chuqurroq kirib uning o'zi uchun xatarlilik taraflarini o'zicha o'rganishga harakat qilib ko'rdi. Ma'lum ma'noda bunga erishdi, ham. Bu bilan u uzatilayotgan summa beiz va bejiz ketmayotganligiga amin bo'lib va bunchalik yirik miqdordagi mablag' bo'lsada, uning bu ish uchun arziydiganligiga yana bir bor ishonch hosil qildi. Xullas, o'sha puliga achinmaydigan bo'ldi, go'yo. Lekin bu haqdagi to'la tafsilotlarni bo'y basti bilan o'z singlisi Sobira Bo'ldievaga batafsil aytib qo'yganligi chatoq bo'ldi-da. Sababi bu singilsining eski “kasali” qo'zg'ab uning bu haqdagi gaplarining barchasini diktafonga yozib oldi-qo'ydi. Endi bir kun kelib “Men Mirzo Ulug'bek tumani prokuroriga falon ming dollar bergandim” deb aytgan gaplari va bu boradagi barcha ma'lumotlar o'ziga qarshi ishlashi mumkinligini sodda aka Mustafo bir necha daqiqaga unutgandi. U singlisining bunaqangi odatini juda yaxshi bilardi. Sobiraning bu kabi amaliyotga qo'l urishi tajribada juda ko'p marotaba sinalgan. Nimaga bu oldi-berdilarni og'zidan gullab qo'ydi, buni o'zi ham anglamay qoldi. Ana shu tariqa shu ishni tinchitishga bo'lgan urinishlarining qanday kechganligi bilan bog'liq barcha tegishli ovozli yozuvlar “O'zbekiston” radiosi to'lqinlarida yangramasa ham undan-da erkinroq bo'lgan ovoznigorlarda bir kunmas bir yangrashiga shubha-yu gumonlar bo'lishi aslo mumkin emas.

07.03.2015 y.

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar