O’zbekiston Xalq Harakati

Umr – yo'qlik…

Umr – yo'qlik…
20 Mart 2017 - 7:00 'de eklendi ve 919 kez görüntülendi.

Komil O'tar

XAYoL ETMAS MANZILLAR

Yaxshi bo'ldi

Men adashib tug'ilmaganda,
Zerikarli bo'lardi dunyo.
Hech joyda qayd etilmaganda…
Umr – yo'qlik dayri fanoda.

Shu yo'qlikni dehqondek, haydab,
Tuxum sochgan yutadi, barbir.
Kimdir, tag'in o'zini aldab,
Hayotidan undirar, jabr.

Kim nimani eksa, o'radi,
Bu so'zning xo'p siyqasi chiqqan.
Beshak, barcha bir-bir o'tadi,
Bu so'zni dil bezavol tuqqan.

Yo'qlik aro yo'q bo'lmaydi hech,
Kutib olib, kuzatib qo'yar.
Na g'araz bor, na unda bir o'ch,
Anglagan bor, emasdan to'yar.

Yaxshi bo'ldi, shu so'zga eshman,
U me'damga tegmas, zo'r taom.
Ko'pda, o'zdan-o'zim qochaman,
Bir shu so'zdan, olaman orom.

* * *

(davomi bor)

Etiketler :
HABER HAKKINDA GÖRÜŞ BELİRT

SON DAKİKA HABERLERİ
İLGİLİ HABERLER