O’zbekiston Xalq Harakati

Bir surat tarixi

Bir surat tarixi
20 Mart 2017 - 19:41 'da yuklandi va 1247 marta o'qildi.

Ustoz Shukrullo shu tobda Rauf Parfini Eski shahar somon bozorining Dodosidan boshlab Vazirgacha birma-bir tanishtirib, yarim kechasi erkatoy shogirdini uyiga olib kelib birpas uxlatib, so'ng tongda yuvib-tarab, nonushta qildirib to'g'ri Vazirning huzuriga kuzatib qolganini, Vazir unga o'zidan kam olmaydigan maosh tayinlab vazifa berganligi, lekin haftaning juma kuni kech soat 17 da yangi she'rlarini o'zidan eshitishni majburiy taomil etib qo'yganini, bunday “jabr-zulm” evaziga Rauf Parfi besh oydan so'ng Oqtepadan uch xonali kvartira bilan ta'minlanganini maroq bilan gapirib berardi. Qo'lida turgan yangi she'rlarini o'qib berishni ham esidan chiqarib yuboradi ustoz.

“Vazir kim edi?” deb so'rayman kula-kula.

“Azizxon edi, – deydi ustoz,- Aziz Qayumov – kinochilarning vaziri edi”, deb izoh beradi.

Ana shunaqa voqealar ham bo'lgan ekan “la'nati” sho'rolar zamonida. Hovva.

Nabijon Boqiy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar