O’zbekiston Xalq Harakati

M. Solihning hibsdan ozod bo'lganidan so'ng “Ozodlik” radiosiga bergan intervyusi

M. Solihning hibsdan ozod bo'lganidan so'ng “Ozodlik” radiosiga bergan intervyusi
21 Mart 2017 - 6:00 'da yuklandi va 1295 marta o'qildi.

(Suratda: Muhammad Solih Ivan Tolstoy va “Ozodlik” radiosi xodimlari bilan (Pragadagi Pankras turmasidan chiqqanidan so'ng “Ozodlik” radiosi binosida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida olingan rasm), Praga, 12 dekabr, 2001)

Hasanjon: Bugun dasturimizning asosiy qismini shu kunning muhim voqeasi, amiqroq aytadigan bo'lsak, o'zbek muxolifati lideri, ERK Demokratik partiyasi liderining qamoqdan ozod etilgani haqdagi ma'lumotlar bilan boshlaymiz. Avvalgi eshittirishimizda xabar qilganimizdek, 11 dekabr kuni Chex rasmiylari sud qaror chiqarmagunicha mamlakat hududini tark etmaslik sharti bilan ERK partiyasi raisi Muhammad Solihni qamoqdan ozod qildi. Shundan so'ng Muhammad Solih Ozod Evropa-Ozodlik radiosi bosh qarorgohida mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun matbuot konferentsiyasi o'tkazdi. Ko'p sonli jurnalistlar bilan savol-javobdan so'ng Muhammad Solih o'zbek studiyasi mehmoni bo'ldi, hamkasblarimiz bilan qisqacha muloqatda bo'ldi.

Zebuniso: Hurmatli Solih aka, mana, siz qariyb ikki hafta davom etgan tutqinlikdan so'ng xalqaro jamoatchilikning katta bosimi ostida ozodlikka chqdingiz va to'g'ri “Ozodlik” radiosiga keldingiz. Ozodlikka chiqib, birinchi aytmoqchi bo'lgan fikrlaringiz?

Muhammad Solih: Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Birinchi navbatda, albatta, Ollohga shukr aytaman, bu voqea yaxshi xulosanlandi va ikkinchi navbatda shu ishning yaxshi xulosalanishida bizga yordam bergan, to'g'rirog'i, menga yordam bergan tashkilotlar, jumladan, “Ozodlik” radiosiga va Human Rayts Votch, Amnesti International va shunga o'xshgan barcha inson haqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga va albatta, men buni ta'kidlab aytmoqchiman, menga boshpana bergan Norvegiya hukumatiga va ayni zamonda bizning ishimizga hayrihohlik ko'rsatgan Buyuk Britaniya va AQSh hukumatlariga, bu davlatlarga va tashkilotlarga o'zimning tashakkurimni bildiraman.

Zebuniso: Solih aka, siz xorijga chiqqaningizdan keyin o'tgan mana shu 8 yarim yil mobaynida G'arb jamoatchligi ichida ancha-muncha shuhrat topgan edingiz, ammo hozir mana shu qamoqqa olinganingizdan keyingi vaziyatda, bu voqea ERK partiyasi va umuman, O'zbekistondgagi demokratik harakatlar uchun qanday o'zgarishlar olib kelishi mumkin?

Muhammad Solih: O'ylaymanki, bu voqea yaxshi bir narsaga sabab bo'ladi, 8 yarim yil ichida chekilgan – faqat mening shaxsiy iztiroblarim emas, surgunning azob-uqubatlari emas, bu 8 yarim yil ichida chekilgan xalqimnizning chekkan azob-uqubatlarining ham bir aks-sadosi bo'lishi mumkin. Bu voqea yaxshi bir narsalarga vasila bo'ladi, deb umid qilaman.

Bek Normuhammad: Solih aka, bu mamalkatga siz birinchi marta kelayotganingiz yo'q, bu erga siz 1969 yilda ham kelgansiz. O'shanda siz bu erga o'z ixtiyoringiz bilan emas, Moskvadagi rasmiylarning irodasi bilan va G'arbdan emas, Sharqdan, samolyotda emas, tankda bu erga kelgansiz. O'sha davrda 19 yoshli sovet armiyasi askari Bratislava ko'chalarida qanday xayolda va qanday his-tuyg'ularda bo'lgan-u, va hozir siz shu haqda nima deb o'ylaysiz?

Muhammad Solih: O'sha paytda bir okkupatsion armiya tarkibida mening Cheoslavakiyaga kelganim – o'shanda Chexoslavakiya edi – va bugun men bir g'aroyib bir shaklda bu erga kelib, “Ozodlik” radiosi taklifi bilan kelib, ammo “Ozodlik”ka emas, to'g'ri turmaga borganimda, albatta, irratsional bir bog'lanish ko'raman, o'ylaymanki, bunda ham Ollohning bir hikmati bor. O'sha paytda men ilk daf'a Chexoslavakiya xalqining sovet interventsiyasiga qarshi mardona kurashiga guvoh bo'lganman va bugun men bu xalqning o'z hurriyatiga erishib, yangi bir demokratik davlat qurayotganini ko'rdim. Agar bu davlat avtoritar bir davlat bo'lganida, balki, bu erda siz bilan gaplashib o'tirmagan bo'lardik. Bu xalqning, chex xalqining kelajakda tom ma'noda eng ilg'or Evropa davlatlari erishgan taraqqiyotga erishishishini tilayman.

Zebuniso: Sizning ozod etilishingizda xalqaro hamjamiyat va xalqaro inson haqlari bilan barobarida, balki, ko'proq ma'noda, Chexiya Prezidenti, sobiq dissident, yozuvchi Vatslav Havel katta rol o'ynadi, u bevosita sizning taqdiringiz bilan bog'liq bo'lgan bir necha tadbirlarni amalga oshirdi va u sizning qo'yilayotgan ayblardan ozod bir inson ekaningizga ishonch bildirdi va qamoqdan ozod etilishingiz uchun shaxsan o'zi kafolat berishini bildirdi. Ertaga, yaniy, chorshanba kuni, sizni Vatslav Havel Praga Qasrida qabul qilmoqchi, siz bilan uchrashmoqchi, ertaga siz u bilan nimalarni gaplashmoqchi edingiz?

Muhammad Solih: Vatslav Havel 20 asrdagi men eng katta hurmat bilan qaralgan liederlardan biri. Vatslav Havel va Nelson Mandela – bu ikkita lider siyosatni va yuksak axloqni o'zida birlashtirishga muvaffaq bo'lgan liderlardandir. Yuksak ahloq va siyosatni birlashtirish juda qiyin ish, chunki, siyosat va ahloq tabiatan bir-biriga zid narsalar va u shu iki narsani o'zida maksimum darajada birlashtirgan shaxs, shuning uchun ham Havelni men juda qattiq hurmat qilaman va u bilan ertaga uchrashish men uchun katta sharaf.

11.12.2001

(87)
Muhammad Solihning 2013 yilda Istanbulda chop etilgan “Turkiston shuuri” kitobidan. (253-255-sahifalar.)

(davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar