O’zbekiston Xalq Harakati

Eski va yangi donishmandlar

Eski va yangi donishmandlar
21 Mart 2017 - 8:00 'da yuklandi va 1016 marta o'qildi.

Mahmudxo'ja BEHBUDIY

MAQOLALAR
(64)

ESKI VA YaNGI DONIShMANDLAR

Er va osmon to'g'risig'a ilgaridagi yunoniy ulamolari ila hozirgi Ovrupo donishmandlarini arosig'a farq ko'bdur. Yunoniy va rumiylar barcha osmonlar Erni atrofig'a aylanadur. «Er — markazi olamdur» deb qaror berib edilar.

Alarni ba'zisi Erni yalpoq va oxiri yo'q, atrofi Qof degan tog' ila ihota bo'lgan, erni to'rtdan birig'a odam turaturg'on joy bor, baqiyasi noma'lum va ul tarafi jin va parilarg'a teyishli deb aytarlarki, yunoniy va ibroniylarni shul tariqa so'zu hikoyatlari hammag'a yoyilg'andur.

Eski odamlar erni etti iqlim sanar edilar. O'shal qadima qoidalarig'a qaraganda iqlimni adadi yuzg'a turmay o'tadur. Oxirgi vaqtlarg'a boshqa qoidalar yuzasidan iqlimlarni taqsim qilib yurmoq befoyda chiqdi.

Eski hukamolar hozirgi katta besh bo'lak quruq erdan ikki parchasini aslo bilmay, hatto, bilaturgon uch parchani ham ba'zi joylarini bilib, chetlarini aslo bilmas edilar. Bovujud, shul eski yunoniy va hindistoniy hukamolar er yalpoqdur, oxiri yo'q, fil yo ho'kiz ustig'a deb har xil so'zlarni aytib ekanlar.

Bir qo'lg'a eski yunoniy va ibroniylar Qafqoz, ya'ni hozirgi Qafkoz tog'ini sharqi tarafidan bexabar va shul tog'ni muhiti olamlarni bilar ekanlar. Erni sokin va doim turg'uvchi gumon qilganlaridan ko'z ila ko'runguvchi besh sayyorani, Oy va Oftobni «sab'ai sayyora» deb atar, har birig'a bir osmon va yurmaydurgon yulduzlarg'a alohida bir osmon va yana bu sakkiz falakni ustig'a yulduzsiz bir falak bor deb, jam'i to'qquz falak yo to'qquz osmon qaror berib, osmonlar nihoyat tezlik ila o'zlarig'a yopishgan yulduzlar ila birga Erni olti jihatidan yigirm to'rt soatg'a bir martaba aylanib bo'ladur, deb hukm qilib ekanlar.

Shul toifani «ahli hay'ati mutaqaddimin»[1] ataladurki, alarni kattasi Batlimus hakimdur. Bizni kitoblarg'a «to'qquz falak — na toq, na ravoq» deb yozilgan, to'qquz falakni ilgaridagi yunoniy, rumiy odamlari taxmin va e'tiqod qilgandurlar. Va ham ushbu osmonlarni «qattig' nimarsa — salb» deb aytur ekanlar.

Ammo biz musulmonlarni e'tiqodimizg'a osmon ettidurki, Qur'oni sharifg'a «sab'i samovot» xabar berilg'andur (agarda qavli* hakim hech kerak bo'lmasa musulmon udabo va shuarolari na uchun «to'qquz falak va toq…» deb kitoblarni to'ldirdilar). Ahli hay'ati mutaoxirin[2] Er, osmon va yulduzlar to'g'risig'a butun boshqa bayon va dalil keltiradur. Qadima hukamoni e'tiqod va taxmini beasboblik va er yuzini hama joyini ko'rmagonlikdan butun «g'alat»*tur, deb yuzlar, minglar ila dalil ko'rsatadurlarki, hay'at va jug'rofiya ilmidan xabardor yuz minglar ila musulmon va milyo'nlar ila g'ayri musulmong'a ma'lumdur.

Yangi, ya'ni besh yuz yildan beri paydo bo'lgan hukamolar xoh musulmon va (xoh) g'ayri musulmon bo'lsun, aytadurki, Erni yumaloqligi va havog'a muallaq turub yumalamog'i oftobdek ma'lum va shubha yo'qdur, ani bilmog'i jug'rofiyai riyoziy ilmini o'qumoq ila bo'ladur. Biz bu kitobg'a andan ozgina bayon qilarmiz.

Hozirgi musulmon ulamolari Erni harakati lo'nda va muallaqligi dini islom dalillarig'a zarar kelturmaydur, deb arabiy, turkiy tillarig'a bir necha kitoblar tasnif qilgandurlarki, «Ma'rifatnoma» («Tahofat ul-falosafa»…), «Tanqid al-osor» «Hay'ati jadida usulini nususi shar'iyyag'a tadbiq» va boshqa kitoblar shu jumladandur.

Xulosa, yangi hukamolar eski hukamolarni bir necha so'z va e'tiqod va qarorlarini g'alat va noto'g'rilikg'a chiqordilar. Darvoqe', xilofi nafs ul-amr[3]dur. Oni uchun bizni ba'zi kitoblarimizni so'zi yo mo''tabar kitoblarimizg'a hukamoni qavlu istidlol* idin yozilgan sharh va tamsilu hikoyatlar «naql astki, rivoyat kardaanki, ovardaan-ki, va-qiyl, guftaandki»[4] degan sarlavhalar ila yozilgan so'zlar, ya'ni hay'at, hikmat, tarix kitoblaridan olinib, musulmoniy kitoblarg'a yozilgan jumlalardan ba'zisi xilofi zohir va yalg'on chiqib qoladur. Bularni yalg'on chiqishi qadima hay'at, hikmat, jug'rofiyani ba'zi joyi tag'yir topilganidandur…

Bir necha asrdurki, yangi asbob va ilmlar paydo bo'lib, ilm va fan taraqqiy qildi. Durbin, xo'rdabin, bolun*, paraxo'd, tilgirof, simsiz tilgirof, dengiz ichig'a cho'kib ketaturgon, havo yuzig'a uchib ketaturgon kemalar, minglar nav hikmat moshinalari va boshqalari ijod qilindi. Bu asboblar ila ahvoli Er va osmon va ajrom* avvalgi asridan ko'ra yaxshiroq bilin di.

Eski hukamo zamonig'a nishonsiz asboblar chiqdi. Oni uchun eski hukamo sahvini ochiq-ochiq bildiradur. Yangi hukamolar Erni sayyor, ya'ni oftobni atrofig'a yurguvchidur, oftob bo'lsa «Va-sh-shamsi tajarril mustaqar liha» oyatini xabarig'a muvofiq o'z mehvarig'a mustaqarrig'a aylanguvchidur.

Yulduzlar va Er Oftobii o'zig'a nishon tutub, oni atrofig'a aylanadur va shul hisob yuzasidan Oftobni mag'ribdan chiqishi durustdur, deb qoyil bo'ldilar. Bu olam yo'q ekan, so'ngra xalq bo'lib, boz yo'q bo'ladur. Faqat Er emas, boshqa yulduzlar ham yo'q va fano bo'ladur deb «Hudusi fano»g'a iqror bo'ldilar. Bovujud shul bularni ham ba'zi so'zlari dinimizg'a bahs etkuradur, ani uchun ulamomizg'a lozimdurki, hozirgi hukamo so'zini bilib, din tarafidan javob va kitob tayyor qilsunlar, hamchunonky eski hukamolarni javobig'a raddig'a o'tran ulamoyi dinimiz javob va kitob tayyor qildilar. Bukung'i hukamog'a eski hukamo uchun tayyor bo'lgan javoblarni ba'zisi raddiya tushmaydur.

Shul vajhdan ulamomizni bilmoqlari uchun yangi ahli hay'at va hukamolarni ba'zi so'zini ushbu kitobg'a yozdim. Hammasini yozmoqg'a agarchi, biz roqimi huruf, hikoyatchi bo'lsam ham. Yana takfir* toshlaridan qo'rqub yozmadim. Ham birdan yozib bo'lmaydur…..

(Davomi bor)

*
Qavl – so'z
G'alat – noto'g'ri
Istidlol – dalil keltirish
Bolun – havo shari, aerostat
Ajrom – osmon jismlari
Takfir – kofirga chiqarish

[1] Ahli hay'ati mutaqaddimin — qadimiy astronomlar.
[2] Ahli hay'ati mutaoxirin— so'nggi davr astronomlari.
[3] Xilofi nafs ul-amr — mohiyatan zid.
[4] «Aytadilarki, rivoyat qiladilarki, keltiradilarki va shunday deydilarki».

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar